O’zbеkistоn rеspublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


«Elektron hukumat» - xalq bilan muloqotning zamonaviy mexanizmi



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/34
Sana11.02.2022
Hajmi1,04 Mb.
#443439
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Bog'liq
axborot kommunikatsiya-texnologiya- larining elektron mobil lugatini yaratish.

«Elektron hukumat» - xalq bilan muloqotning zamonaviy mexanizmi 
Ta`kidlash joizki, “Elektron hukumat” atamasini an`anaviy hukumat 
tushunchasi bilan adashtirmaslik lozim. Mohiyatiga ko'ra, mazkur tizim mamlakat 
miqyosida ma`muriy tartib­taomillarni avtomatlashtiradi, davlat boshqaruvi 
samaradorligini oshirishga hamda ortiqcha sarf-xarajatlarning qisqarishiga zamin 
yaratadi. 
Elektron hukumat faoliyati uch yo'nalishda belgilangan. Ya`ni “davlat — 
davlat”, “davlat — biznes” va “davlat — fuqaro” yo'nalishlarini qamrab oladi. Bu 
tizim idoralararo darajada davlat muassasalari o'rtasida axborot almashish 
samaradorligini hamda joylarda rejalashtirish va boshqaruvning sifatini 
yuksaltirishga xizmat qiladi. Jamoatchilik fikrini muntazam monitoring etib borish 
hamda unga ta`sir ko'rsatish imkonini beradi. Davlat va biznes munosabatlarida esa 
ma`muriy tartib-taomillar avtomatlashtiriladi. Natijada biznesni ro'yxatga olish, 
soliq hamda statistika hisobotlarini, bojxona deklaratsiyalarini topshirishda 
tadbirkorlarning vaqti va mablag'i tejaladi. Elektron hukumat xalq bilan muloqot 
uchun qo'shimcha mexanizmlarni yaratish, davlat organlari faoliyatining 
samaradorligi, tezkorligi hamda shaffofligini ta`minlashga qaratilgan bo'lib, ijro 
intizomini yanada mustahkamlaydi. 
Aytish kerakki, davlat boshqaruvi tizimiga “yagona darcha” tamoyilini joriy 
qilish ham ustuvor vazifalardan sanaladi. 2013 yili mamlakatimizda Yagona 
interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushirildi. Joriy yilning mart oyiga kelib 
esa ushbu portalda 308 ta elektron xizmat joriy etildi. Bunda xizmatlar axborot 
(oflayn), yarimavtomat, avtomatlashtirilgan va interaktiv ko'rinishlarda taqdim 
qilinayapti. Portal Davlat soliq qo'mitasi, Davlat bojxona qo'mitasi, ID.UZ 
identifikatsiya tizimi, O'zbekiston Respublikasi Xalq banki axborot tizimlari 
hamda resurslariga, normativ-huquqiy hujjatlar ta`sirini baholash tizimi portali 
(https://regulation.gov.uz)ga hamda “Tadbirkorlik” tizimiga ulangan. Hozirgi 
kunda “yagona darcha” axborot tizimi, yagona identifikatsiyalash axborot tizimiga 
integratsiyalash bo'yicha ishlar olib borilayapti. 


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kelib tushgan murojaatlar 
to'g'risida to'xtaladigan bo'lsak, ular soni milliondan oshdi. Yana bir jihati, keyingi 
paytda portalda interaktiv davlat xizmatlari soni ort­gani ham murojaatlar 
ko'payishiga turtki bo'ldi. Bugungi kunda 2400 dan ziyod davlat va xo'jalik 
boshqaruvi organlari, shu jumladan, idoralar huzuridagi tuzilmalar ham Yagona 
interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xizmat taqdim qilib kelayapti. 
Xorijda bu qanday yo'lga qo'yilgan? 
Bugungi kunda elektron hukumat tizimi Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, 
AQSh, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Norvegiya, Kanada, Niderlandiya, 
Daniya hamda Germaniya singari mamlakatlarda samaradorligini ko'rsatmoqda. 
Ushbu mamlakatlarda juda ko'plab davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda, 
onlayn rejimida foydalanish mumkin. Davlat organlariga so'rovlarga javoblar, turli 
to'lovlar, rasmiy hujjatlarning namunasini olish, ularni to'ldirish, elektron imzo 
bilan yuborish, oliy o'quv yurtlarida masofadan turib tahsil olish, ichki ishlar 
idoralariga ariza bilan murojaat etish va boshqalar shular jumlasidandir. Masalan, 
Janubiy Koreyada shaxslar rasmiy sayt orqali o'zining murojaati ko'rib chiqilishi 
qaysi ­bosqichda ekanligini kuzatib borishi mumkin. 

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish