O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi



Download 369,2 Kb.
bet151/192
Sana15.01.2022
Hajmi369,2 Kb.
#369363
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   192
Bog'liq
AKADEMIK YOZUV majmua 2021-22 tayyor (2) 14372

Halollik gigiyenasi

Dasturxonimizga tortiladigan taom masalliqlarini xarid qilishdan to uni tayyorlab, pishirib, suzib keltirguncha ularning ozodaligiga e’tibor qilamiz. Muzxonada saqlaymiz, chang-g‘ubordan muhofazalash uchun doka-sochiqlar yopib qo‘yamiz. Nihoyat, ovqatlanishga o‘tirishdan avval qo‘llarimizni yuvamiz; qoshiq va sanchqilarni qayta-qayta artishdan erinmaymiz.

Uncha-buncha ozodalik gigiyenasiga odatlanganimiz bois, mikrobdan qo‘rqamiz, biroq ozodalik gigiyenasidan ilgariroq keladigan, ehtimol mikrobdan dahshatliroq bo‘lgan halollik gigiyenasini xayolimizga keltirmaymiz.

Dasturxonimizga tortilayotgan masalliqlarni, tanovul qilayotgan noz-ne’matlarni halollab topdikmi? Qayerdan keldi ular ro‘zg‘orimizga? Qaysi mehnatlarimiz evaziga qozonimizga solyapmiz ularni? Birovlarning haqidan urib qolganimiz hisobiga emasmi? Kimlarnidir qon qaqshatish hisobiga orttirmagan edikmi ularni? Boshiga og‘ir musibat tushgan bechoradan tama yo‘li bilan undirib olgan poralarimiz hisobiga emasmi?..

Nopok va harom yo‘llar bilan topilgan taomni jig‘ildonga tiqishtirayotib ozodalik gigiyenasiga har qancha rioya qilmaylik, bu bilan luqmamiz poklanib qoladimi?

Bozor munosabatlarining tinimsiz toblanishi, o‘tish davrining shiddati va behalovat turmush tarzi odamlarni shu qadar komiga tortib ketdiki, bunday nozik savollar haqida o‘ylashga, mulohaza yuritishga fursat yetmayapti. Eng dahshatlisi shundaki, mana shunday taqchillikka ko‘nika borganimiz sayin o‘zimizni savolga tutish, o‘zimizni o‘zimiz tergash odati ham unutilib ketmoqda.

Ehtimol, bandasining tabiatida, fe’1-atvorida mana shunday bosar-tusarini bilmay qolish odati mavjudligi uchun ham Alloh taolo hikmatlarga boy Ramazon oyini yaratgan chiqar! Kundalik behalovatliklar orasida ma’naviy poklanmoqlik uchun namoz fursatlari joriy etildi, yillik behalovatliklar ichra nafas rostlamoqlik uchun esa ro‘za oyi belgilandi.

Nafasni rostlashni nafsni rostlash deya talqin qilsak ham yanglishmasmiz.

Tirik jon bor ekan, nafsiga quloq osmay iloji yo‘q, zero, hech bir banda Payg‘ambarimiz alayhissalom singari go‘daklik kezlari nafs pardasidan xalos etilgan emas. Bu yorug‘ olamning boqiy jumboqlaridan biri shuki, nafs bandalarining insoniylik martabasi, halolligi, diyonat va imon maqomi nafsini tiya olish-olmaslik bilan belgilanadi.

Yaxshiyam, jamiyatimizda ijtimoiy muhofaza siyosati barqaror, aks holda shataloq otayotgan, imoniy nafsini bozoriy nafsga ikki qo‘llab almashlab yuborayotganlar yana qanaqangi «karomatlar» ko‘rsatmas edi! Shuning uchun ham barchamiz «Halollik gigiyenasi»ga rioya qilaylik!

Download 369,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish