O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini



Download 61,59 Kb.
bet1/5
Sana31.12.2021
Hajmi61,59 Kb.
#241239
  1   2   3   4   5
Bog'liq
oraliq pp


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI

RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI

UNIVERSITETI

Pedagogika va psixalogiya” fanidan




Oraliq nazorati


6 – variant

Bajardi: Safarov Samandar

Guruh: 711-18

Qabul qildi : Shohista Azimova



Toshkent 2021

Savollar


  1. Huquqiy tarbiya va uning mohiyati

  2. Muloqotda professional tinglash texnikasi

  3. Pedagogika fanining asosiy tarmoqlari va tushunchalari


Huquqiy  ta’lim-tarbiya  uzluksiz  jarayon  bo'lib,  yoshlikdan 

boshlab  berib  borilishi  lozim.  Bolalar  oilada,  maktabgacha  ta ’lim 

muassasalaridayoq  xulq-atvor  qoidalaridan  xabardor  bo‘lishi, 

ma’naviy  va  ba’zi  huquqiy  normalar  to‘g ‘risida  boshlangich 

tushunchalar  olishi,  kelgusida  bu  bilimlar  kengaytirilishi  va 

chuqurlashtirilishi  aniq  ifodalangan  huquqiy  xususiyat  kasb  etishi 

zarur. 
Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o'zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar  negizida  huquqiy  faoliyatni  tashkil  etish  borasidagi 

ko'nikma  va  malakalami  hosil  qilish,  unda  ijobiy  mazmundagi 

huquqiy  sifatlami  qaror  toptirish  va  huquqiy  madaniyatni 

shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi.  Shaxs 

huquqiy  madaniyatini  shakllantirish  huquqiy  ta’lim  va  tarbiya 

jarayoning muhim bosqichidir.

Huquqiy tarbiyani tashkil  etish jarayonida  quyidagi vazifalar hal 

etiladi:


-   o'quvchilarga  huquqiy  me’yorlar,  qonunlar  va  ijtimoiy- 

huquqiy  munosabatlar  mohiyati  hamda  ularning  ijtimoiy  hayotdagi 

ahamiyati to'g'risida ma’tumotlar berish;

-   o'quvchilarda huquqiy bilimlami  egallashga bo'lgan ehtiyojni 

yuzaga keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;

-   o'quvchilarda  huquqiy  faoliyatni  tashkil  etish  borasidagi 

ko'nikma va malakalami hosil qilish;

-   ularda ijobiy mazmundagi huquqiy  sifatlar (huquqiy tasawur, 

huquqiy  idrok,  huquqiy  tafakkur,  huquqiy  savodxonlik,  huquqiy 

mas’ullik, huquqiy faollik, huquqiy e’tiqod va huquqiy 

salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash;

-   o'quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy m e’yorlar, 

qonunlarning  ijtimoiy  hayotdagi  ahamiyatini  to'g'ri  baholash, 

harakat  va  harakatsizlikning  qonuniy  bo'lishiga  erishish,  davlat 

Konstitutsiyasi  va  ramzlarini,  shuningdek,  fuqarolik  huquq  va 

burchlarini  hurmat  qilish,  yuridik  xizmatlarga  nisbatan  ehtiyojni 

qaror  toptirish,  har  qanday  ko'rinishdagi  huquqbuzarliklarga  qarshi 

murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish.

Huquqiy  ong  huquq  va  qonuniylikka  munosabatdagi  e ’tiqodlar, 

tasavvurlar,  baholar,  his-tuyg'ular  va  ma’naviyatning  boshqa 

tarkibiy  qismlari  tizimidir.  Boshqacha  aytganda,  huquqiy  ong 

muayyan  jamiyatning  moddiy  hayot  tarzi  bilan  belgilanadigan 

tasawur,  idrok,  tafakkur  va  e’tiqodlar  tizimi  bo'lib,  ijtimoiy- 

psixologik  hodisa  sifatida  murakkab  tuzilishga  ega.  M a’lumki, 

huquqiy  ong  ikki  tarkibiy  qismdan,  ya’ni  huquqiy  mafkura  va 

huquqiy  ruhiyatdan  iborat.  Huquqiy  mafkura  huquqning  mohiyati, 

ahamiyati va talablari to'g'risidagi  g‘oyalar, qadriyatlami o'z ichiga
olsa,  huquqiy  ruhiyat  hissiyotlar,  kayfiyatlar,  kechinmalar,  y a’ni 

huquqning emosional qabul qilinishi bilan bog‘liq.

Huquqiy  munosabat  huquq  normalari  bilan  tartibga  solingan 

ijtimoiy  munosabatlardir.  Binobarin,  huquqiy  munosabat,  birinchi 

navbatda,  yuridik  normalami  amalga  oshirishning,  huquq  amal 

qilishining  natijasidir.  Aynan  huquqiy  munosabatlar  orqali  huquq 

«yashaydi», amal qiladi,

Huquqiy  faoliyat  -   huquqiy  m e’yorlar,  qonunlar  talablariga 

nisbatan  ongli  yondashish,  ularga  qat’iy  va  og‘ishmay  amal  qilish, 

qonunlami  hurmat  qilish,  ulami  shaxs  erkini  himoya  qilish  kafolati 

sifatida  e’tirof  etish,  huquqiy  munosabatlar  jarayonidagi  faol 

ishtirokni  tashkil  etishga  yo'naltirilgan  amaliy  xatti-harakatlar 

majmui.

Huquqiy  madaniyat  -   bu  kishilaming  huquqiy  bilim  darajasi, 


huquqqa nisbatan ongli  munosabati,  huquqni hurmat  qilish va unga rioya qilishdir. Huquqiy madaniyat murakkab, serqirra hodisa bo‘lib, u  eng  avvalo,  huquqiy   ongning  muayyan  darajasi,  ya’ni  huquqiy voqelikni  ongli  ravishda tushunib,   o ‘zlashtirishni;  umumiy madaniy asoslar,  yuksak  madaniylik  darajasi,  milliy   negizlari  va  manbalar, tarixiy xotira, urfodatlar va an'ana! ami; aholi tomonidan  qonunlami bilishning  tegishli  darajasi,  huquq  normalariga  hurmatning  yuqori 

darajasini,  ular  riufuzini;  huquqiy  faoliyat,  huquqiy  ijodkorlik, huquqni  muhofaza  etish,  boshqaruv  va  boshqa  organlar  ishining samarali  usullarini  hamda  fuqarolar  va  mansabdor  shaxslaming qonunga itoatkorligini talab etadi.



Muloqot odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi o`rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni — jamiyatda yashash va o`zini shaxs deb hisoblash bilan bog`liq ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati kattadir.

Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o`zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o`qish, o`yin, ijod qilish va boshqalar) o`zaro munosabat va o`zaro ta’sir shakllarini o`z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog`liqdir.

Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bo`lib, unga odam hayoti mobaynida o`rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi:

a) individlarning o`zaro ta’sir jarayoni;

b) individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;

v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;

g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni;

d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;

ye) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni».


Download 61,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish