1.4. Masalaning qo‘yilishi Online buyurtma ma’lumotlar bazasini tizimining asosiy vazifalari online buyurtma darajasini yaxshilashni amalga oshirish, sarf-xarajatlarni kamaytirish hisob-kitoblarni kamaytirish hamda mijozlarga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatishdan iborat. Buning uchun sifatli va yaxshi loyixalashtirilgan ma’lumotlar bazasi talab qilinadi. Yaratiladigan baza foydalanuvchilarga har tomonlama qulaylik tug‘dirishi zarur. Ushbu online buyurtma ma’lumotlar bazasi tizimi xodimlar ishini bir necha barobar osonlashtiradi. online buyurtma ma’lumotlar bazasi va dasturiy ta’minoti hodimlar ishlarida aniqlikni oshirish va oshiqcha vaqt talab etadigan qog‘ozbozlikni oldini olish, hodimlar ish samaradorligini oshirish va baholash, mijozlarning qay darajada xizmat olayotganliklari va ularning doimiy ahvolini nazorat qilish, ombordagi buyurtmalar miqdorini oson va tez aniqlash imkonini beradi.Ish samaradorligini oshirish va oshiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish maqsadida shu kabi online ma’lumotlar bazasi tizimlari nafaqat barcha joylarda, balki yurtimizdagi barcha davlat va nodavlat tashkilotlar, ishlab chiqarish sektori va hukumat organlarida joriy etilishi maqsadga muvofiqdir. Agar tizim to‘g‘ri tashkil etilmasa tizimda xatoliklar va tushunmovchiliklar bo‘lishi tabiiy xol. Kamchiliklar va xatoliklar kelib chiqmasidan ularning oldini olishimiz va tizimni har bir bosqichini qadamma qadam o‘rganib chiqishimiz kerak. Oddiy holda loyixa yagona diagrammadan tashkil topishi mumkin, lеkin bu amaliyotda qo‘llanilishi qiyin, chunki qoidaga ko‘ra aloqa - jarayonlari juda murakkab va juda ko‘p vaqt talab qiladi. Jarayonlarning bunday modеli o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
− Ob’еktlar va jarayonlar. Ob’еktlar jarayonlarda foydalaniladigan
rеsurslarni ifodalaydi.
− Axborot tizimini modеllashtirish maqsadlari quyidagicha shakllantiriladi: Kelgusi yillarda o‘rnatiladigan va kelgusida yaratilishi kerak bo‘lgan barcha dasturiy vositalarning bu tizimga to‘laqonli javob berishi shart. Loyiha ishidan maqsad yuqoridagi qo‘yilgan talablar va kadrlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda yurtimizdagi aholi uchun kerakli bo‘lgan avtomatlashgan tizimni yaratish va shu bilan birgalikda ularga yetarli darajada qulayliklar yaratish. Bu tizim hozirda qulaylik va samaradorlilik darajasi bo‘yicha yuqori bo‘lib turgan Postgresql da yaratilgani ham bu tizimning qanchalik ahmiyatli ekanini isbotlaydi deb aytsak hech ham adashmagan bo‘lamiz.