Elektron hamyonlarning afzalliklari
Elektron pullar boshqa bank mahsulotlaridan ajratib turadigan ko'plab afzalliklarga ega:
Elektron hamyon yaratish uchun , kompaniya ofisiga borib navbatda turishingiz shart emas , chunki, odatda bunday kompaniyalar, hamyon ochish va boshqa masalalarni hal qilishni, internet orqali, masofadan turib amalga oshirishni yo’lga qo’ygan bo’ladi.
Elektron hamyonlar odatda ma'lum bir mamlakatga bog'liq bo’lmaydi va dunyoning istalgan nuqtasida turib boshqarish mumkin.
E-hamyonni ochish va texnik xizmat ko'rsatish mutlaqo bepul. Istisno faqat, karta chiqarish, bo'lishi mumkin. Elektron to'lov tizimlari ham, banklarga o’xshab — bankomatlardan naqd pul olish imkonini beruvchi kartalar bilan o’z mijozlarini taminlaydi.
Foydalanish uchun haq olinmaydi. Elektron hamyoningizni ochib bo'lgach, siz bu haqda unutishingiz va faqat, kerak bo'lganda eslashingiz mumkin. Banklarda esa, hisob raqamni yopishni unutib, qarzga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq ko'plab muammolarga duch kelishingiz mumkin.
Elektron pullar orqali har qanday tovarlar va xizmatlar, shu jumladan ma'lum bir bankdan to'lash mumkin bo'lmagan narsalar uchun to'lovni amalga oshirishingiz mumkin. O’zbekistonning banklari G'arbiy bozorlarda ishlashga yaxshi moslanmagan, aksariyat hollarda elektron hamyonlar dunyoning istalgan nuqtasida mukammal ishlaydi.
Valyuta almashtirish — banklarga qaraganda ancha arzon.
Elektron hamyonga pul tashlash tez va oson amalga oshiriladi, bank kartasiga pul solish esa ko'p vaqt talab qilishi mumkin. Bank operatsiyalariga xos bo'lgan buyrokratik jarayonlar bu yerda yo’q. Ish kunlari, dam olish yoki, ta'til kunlari ham foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Webmoney attestat nima uchun kerak
Elektron hamyon ochganingizdan so’ng, siz dastlab taxallus (псевдоним ) attestatiga ega bo’lasiz. Bu webmoney tizimidagi eng past darajali attestatdir. Va bu, barcha imkoniyatlardan foydalana olmasligingizni anglatadi. Shuning uchun kamida “rasmiy” attestat olish kerak:
Rasmiy attestat nafaqat pul sarflash va pul o'tkazish, balki WebMoney Transfer tizimining barcha xizmatlaridan foydalangan holda onlayn rejimda ishlashni istagan biznes va ilg'or xususiy foydalanuvchilar uchun tavsiya etiladi.
Shaxsiy attestat tizimning boshqa ishtirokchilari tomonidan yuqori darajadagi ishonchni ta'minlaydi, chunki, pasport ma'lumotlaringiz asl nusxalarini (yoki notarial tasdiqlangan nusxalar) taqdim etgan holda tekshiriladi.
Shaxsiy attestat quyidagilarni bajarishga imkon beradi:
Hamyonlarni to'ldirish, boshlang'ich va rasmiy attestatlar egalari uchun cheklovli tizimdan pul olish;
Kredit birjasi faoliyatida ishtirok etish;
Merchant WebMoney Transfer xizmati interfeyslaridan foydalanib, xaridorlarning mablag'larini qabul qilishni avtomatlashtirish;
Escrow xizmatidan foydalanish — WebMoney Transfer tizimi ishtirokchilari o'rtasida xavfsiz tranzaktsiyalarni ta'minlash xizmati;
Tizimning turli saytlarida yangiliklarni joylashtirish;
Katalogning har qanday bo'limlarida internet resurslarini ro'yxatdan o'tkazish va boshqalar.
Xulosa
Elektron hamyonlar tizimi doimiy rivojlanmoqda. Inson hayotining barcha sohalari elektron to'lov tizimlariga jalb qilinyapdi. Virtual pul bilan to'lanadigan xizmatlar va tovarlar ro'yxati har kuni to'ldirilib borayapti. Ko'pgina to'lov tizimlarining rasmiy saytlarida siz ularning ro'yxatini ko'rishingiz mumkin.
Mana endi siz, bemalol o’z elektron hamyoningizni ochib, uning imkoniyatlaridan bemalol foydalanishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |