Webmoney.uz O’zbekistonda rasmiy faoliyatini boshladi
WebMoney Transfer-1998 yilda tashkil etilgan xalqaro hisob-kitob tizimi bo’lib, tarmoqda biznes yuritish uchun qulay muhit yaratadi. Xozirgi paytda tizimga 39 milliondan ortiq kishi a’zo bo’lgan.
WebMoney Transfer Xalqaro hisob-kitoblar tizimi 2019- yilning yozidan boshlab O'zbekiston bozoriga kirganini e'lon qildi va o'zbek so’mida WMY-hamyonini taqdim etdi.
WMY nom belgilaridan foydalanib siz mobil aloqa, internet, kommunal xizmatlar, onlayn o'yinlar va boshqa xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
WMY-hamyonni UzCARD bank kartalari, OSON to'lov tizimi va PAYNET.UZ mobil ilovasi, shuningdek, naqd pul bilan PAYNET va bankomatlarni, qabul qilish punktlari orqali to’ldirish mumkin.
Hamyondan mablag’ni UZCARD kartalariga yoki bank hisobiga chiqarish mumkin. O’zbekiston bo’ylab, Webmoney hamyonni to’ldirish yoki, yechib olish punktlari manzili va web saytlarini manabu yerda ko’rishingiz mumkin.
Bundan tashqari, WMYni tizimdagi har qanday boshqa valyuta nomlariga almashtira olasiz. Va butun dunyo bo'ylab 100 mingdan ortiq onlayn-do'konlarda to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Mahsulotlarni eksport qilishdan manfaatdor bo'lgan o'zbek tadbirkorlariga WebMoney tizimi xorijiy mijozlardan dollar, yevro, rubl va boshqa valyutalarda to'lovlarni qabul qilish imkonini beradi.
O'zbekistonda WebMoney tizimining garanti maqomini, OSON to'lov tizimini ishlab chiquvchisi sifatida tanilgan «Brio Group» MCHJ kompaniyasi oldi.
Webmoney elektron hamyoni qanday ochiladi ?
WebMoney elektron hamyonini ochish, uning rasmiy web sayti, yoki, mobil telefonlar uchun, WebMoney Keeper ilovasi orqali amalga oshiriladi. Keling, hozir men sizga birinchi navbatda, uning rasmiy web sayti orqali ochish va “formalniy attestat”ini olishni, rasmlar ketma-ketligida ko’rsatib o’taman va keyin, WebMoney Keeper ilovasi orqali telefonimizda qanday ochishni ko’rib chiqamiz.
WebMoney rasmiy web saytida ro’yxatdan o’tish va “Formalniy attestat” maqomini olish
Buning uchun manabu https://webmoney.uz/ rasmiy saytiga kiring va quyidagi rasmda ko’rsatilgan raqamlar ketma-ketligidagi vazifalarni bajaring:
Agar sizga rus tilida tushunish qiyinchilik tug’dirsa, “1” raqami bilan ko’rsatilgan joydan sahifa tilini o’zgartirishingiz mumkin.
Ro’yxatdan o’tish tugmasiga bosing
O’z mamlakatingizni tanlang
Telefon raqamingizni kiriting
Suratdagi belgilarni quyidagi katakchaga kiriting
“Davom etish” tugmasini bosing.
V a sizning telefoningizga tasdiqlash kodi yuboriladi, siz u kodni quyidagi rasmda ko’rsatilgan katakchaga kiriting va “Davom ettirish” tugmasiga bosing:
S izga quyidagi oyna ochiladi:
Ishinchli parol o’ylab toping va “1” raqami bilan ko’rsatilgan katakga kiriting
Birinchi katakga kiritgan parolingizni, ikkinchi katakga qayta kiriting
Katakchani belgilang
Katakchani belgilang
“Davom ettirish” tugmasiga bosing.
Va shu bilan ro’yxatdan o’tish jarayoni tugadi hisob, lekin, siz hamyoningizdan foydalanishingiz uchun, shaxsiy kabinetingizga kirib, o’zingizning shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritishingiz, o’zingizga kerak bo’lgan valyutadagi hamyonlarni ochib olishingiz kerak bo’ladi.
WebMoney elektron hamyonini, telefonlar uchun, WebMoney Keeper ilovasi orqali ochish
Hamyonni ochish uchun, Android, yoki, IOS tizimli telefoningizga, Webmoniy Keeper ilovasini, “Googly Play”, yoki, “App Store”idan foydalanib, yuklab olasiz va ro’yxatdan o’tasiz.
Bu yerda hamyon ochish uchun sizga faqatgina telefon raqamingiz kerak bo’ladi. Unga kelgan kodni kiritib xohlagan hamyoningizni ochishingiz mumkin.
Ilovani yuklab olganingizdan keyin, telefon menyusida, Keeper rasmi ustga bosasiz va quyidagi rasmda ko’rsatilgan amallarni bajarasiz:
Sizga quyidagi oyna ochiladi, bu yerda, telefoningizga kelgan kodni kiritasiz va “Далее” tugmasini bosasiz:
Sizga yana keyingi oyna ochiladi va unda ko’rsatilgan raqamlarni, quyidagi katakchaga kiritasiz va “Далее” tugmasini bosasiz:
Tamom. Shuning bilan siz, tizimda ro’yxatdan o’tdingiz hisob. “Настройка”bo’limiga kirib, to’rtta sondan iborat bo’lgan parol o’ylab topib, yozib, saqlab qo’ying. Va har safar ilovani ochganingizda, shu to’rttalik parolni kiritishingiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |