O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tоshkеnt aхbоrоt tехnоlоgiyalari univеrsitеti
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TОSHKЕNT AХBОRОT TЕХNОLОGIYALARI UNIVЕRSITЕTI «Kriptologiya» kafеdrasi
INDIVIDUAL LOYIHA
Mavzu: Android qurilmalar uchun yuz tasviri asosida autentifikatsiyalash dasturini ishlab chiqish.
Bob. Android qurilmalarga tahdidlar va ularni himoyalash
texnologiyalari .......................................................................................... 5
1.1 Android qurilmalar xavfsizligi ahamiyati …...………………….……… 5
1.2. Android qurilmalarga tahdidlar …...………………….… 7
1.3. Android qurilmalarni himoyalash texnologiyalari va ularning ishlash prinsiplari .................................................................................................. 13
2. Bob. Android qurilmalarni ximoyalashda biometrik parametrlarni qo’llash va yuz tasviri asosida autentifikatsiyalash ……………… 18
2.1. Android qurilmalarni himoyalashda kriptografiyaning o’rni …… 18
2.2. Android qurilmalarni himoyalashda biometrik parametrlardan foydalanish 20
2.3. Android qurilmalarni himoyalashda yuz autentifikatsiyasidan foydalanish algoritmlari va bosqichlari ……………………………………………… 24
Xulosa…………………………………………………………………… 34
Kirish Mamlakatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va kundalik hayotga izchil joriy etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Internet tarmog’iga ulanish qamrovini kengaytirish va tezligini oshirish, dasturiy ta’minot, telekommunikatsiya sohasida yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan aloqa o’rnatish muhim vazifalardan sanaladi.
2018-yilda xalqaro tajribani, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanish tendensiyalarini inobatga olgan holda, “2018–2021yillarda ‘Elektron hukumat’ tizimini yanada rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqish, “Mirzo Ulug‘bek innovatsiya markazi” rezidentlari tomonidan ko‘rsatiladigan ishlar va xizmatlar hajmini kamida 2 barobarga hamda eksport hajmini 1,8 barobarga oshirish, rezidentlar uchun chet el kompaniyalari bilan hamkorlik qilishda va yangi bozorlarga chiqishda ko‘maklashish bo‘yicha maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, O’zbekiston Prezidenti 7-fevral kungi farmoni bilan 2017—
2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi. Unda har bir yillar kesimida rivojlantirish rejalari ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.
2019 yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nom berilgani investitsiyalar va tadbirkorlarga e’tiborni qay darajada ekanligini anglatadi.
Hisobotlarni elektron ko’rinishda almashish, ularni internetda saqlash va masofaviy ulanishlarni ta’minlash hozirgi asr talabi hisoblanadi hamda bunda mobil qurilmalarning roli juda kattadir. Shuning uchun axborot kommunikatsiya tizimlari va mobil qurilmalar xavfsizligini ta’minlash muhim va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Ishlash va hisoblash imkoniyatlaridan keng foydalanish natijasida hozirgi zamonaviy va yetuk mobil qurilmalar yuzaga keldi. Undan foydalanish asosida xavfsiz aloqani yaratish va xavfsizlikni saqlash muammolari vujudga keladi.
Individual loyiha ishining maqsadi: Mobil qurilmalarni yuz autentifikatsiya yordamida himoyalash hisoblanadi
Ishni bajarishda quyidagi vazifalarni bajarish lozim:
keltirilgan tahdidlar va xujumlardan ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash usullarini tahlillash;
mobil qurilmalarni xavfsizligini taminlashda kriptografiyaning o’rnini belgilash;
mobil qurilmalarni xavfsizligini ta’minlashda qo’llaniladigan kriptografik algoritmlarni tahlillash;
yuz ma’lumotlari asosida qurilmalarni himoyalash dasturini ishlab chiqish.
Individual loyiha ishi kirish, 2 ta qism, xulosa, adabiyotlar ro’yhati va ilovadan iborat.
1-qism: mobil qurilmalarni ximoyalash texnologiyalarini ishlash sxemalari, modellari va xizmatlari tadqiq etildi va keltirilgan tahdidlar va xujumlardan ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash usullarini tahlillandi.
2-qism: mobil qurilmalarni himoyalashda kriptografiyaning o’rnini aniqlandi va mobil qurilmalarni himoyalashda biometrik usullar tahlillandi. Mobil qurilmalarni yuz ma’lumotlari orqali himoyalash algoritmi tahlil qilindi hamda mobil ilov ishlab chiqildi.