Dialog o`zaro almashinib keluvchi replikalarning ifodasi ekanligini ta`kidlab o`tdik. Replikalar mazmunidan kelib chiqqan holda dialoglarning savol-javob, xabar, baxs –munozara xarakteridagi dialoglarga bo`linishi mumkin.
So`rash surushtirish dialoglari.
Murojaat replikasi savolni, javob replikasi esa qo`yildan savolining javobini ifodalab keladi. Qayta so`rash dialogida esa javob replikasi murojaat replikasi mazmunini echiishga xizmat qiluvchi savolni ifodalab keladi. Masalan:
Sen Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanini o`qidingmi?
Yo`q hali. Roman nima haqida?
Muqaddas dargohda namunaviy kishilar haqida.
Intervyu. Xarakteridagi dialoglar savol - javob diologlariga misol bo`ladi. Intervyu muxbirning suhbatdoshi bilan axborot olish maqsadida o`tkazadigan muloqotidir. Intervyu gazeta, radio televideniye uchun mo`jallangan bo`ladi. Intervyu o`tkazishdan oldin suhbat mavzusi bitiladigan savollar tayyorlab qo`yiladi.
Xabar dialoglari.
Ta`kidlab o`tkanimizdek, kishi fikri yoki maqsadini ikkinchi bir kishiga so`zlar vositasiga yetkazib, o`zaro fikr almashadi, aloqada bo`ladi, kayfiyatni ifoda etadi. Dialogik nutq buning yaqqol namunasidir. Fikr almashuv, aloqa bog`lash dialogning xabar turiga kiradi.
Xabar dialoglarida har bir replika o`zidan oldingisi uchun javob o`zidan keyingisi uchun murojaat replikasi bo`lib xizmat qiladi. Xabar dialoglarida murojaat va javob replikalarida biror voqea hodisa, narsa to`g`risida xabar beriladi,tinchlantirish, kechirish ma`nolari ifodalanadi.
Axborot – almashuv dialoglari.
Bunday dialoglarda suhbatdoshlar o`zaro axborot almashadilar, o`z hissiyotlarini bayon etadilar, insonlar, voqea – hodisalarga baho beradilar.
Bahs - munozara dialogi.
Bunday dialogda murojaat replikasi savol yoki xabarni, javob replikasi esa qarama – qarshi nuqtan nazar bayon etilgan e`tirozni ifodalaydi.
Alohida bir kishiga taalluqli bo‘lgan nutq monologik nutq sifatida baholanadi. Bu nutq ikki xil ko‘rinishga ega: ochiq nutq va ichki nutq.
Ochiq nutq jamoaga qaratilgan bo‘ladi va turli xarakterdagi yig‘ilishlarda – qurultoylarda, sessiyalarda, ilmiy anjumanlarda, dars jarayonida, hisobot yig‘ilishlarida, har xil jamoalarning majlislarida, uchrashuvlarda, bayramlarda, to‘y-tomoshalarda, tug‘ilgan kunlar, do‘stlar uchrashuvi singari kichik davralarda, motam mitinglarida so‘zlanadi. Bu yig‘ilishlarning mazmuni turlicha bo‘lganligi sababli ularda so‘zlanadigan monologik nutq xarakteri ham bir-biridan farq qiladi. Masalan bayramlar, uchrashuvlar, to‘y-tomoshalar, tug‘ilgan kunlar tantanali tarzda kechadigan yig‘inlar bo‘lganligi tufayli ularda so‘zlanadigan nutq ham tantanali ruh asosiga qurilgan bo‘ladi. Hisobot yig‘ilishlari va jamoalarning (ishlab chiqarish, rejalashtirish) majlislari rasmiy xarakterda bo‘ladi. Qurultoy va sessiyalar keng qamrovli yig‘ilishlar bo‘lganligi tufayli ularda rasmiylik ham, norasmiylik, va tantanavorlik ham bo‘ladi. Mavzuga qarab har xil faktlar, raqamlar keltiriladi. Motam mitingida so‘zlanadigan nutq esa yuqoridagi nutqlarning barchasidan tubdan farq qiladi.
Demak, har bir monologik nutqiy vaziyat so‘zlovchidan alohida bir munosabatni va mas’uliyatni talab qiladi. Ayni paytda, ularning barchasi uchun, avvalgi mavzularni yori-
qacha aytganda, nutq so‘zlashdan ma’lum maqsad bo‘lishi va bu maqsad amalga oshishi zarur. Buning uchun tinglovchilarga ta’sir o‘tkazish, ta’sir o‘tkazish uchun esa tildan foydalanishning ham, o‘zini tutishning ham ta’sirchan vositalaridan foydalanish kerak bo‘ladi.
Xullas, bu har ikkala nutq ham qanday vaziyatda ijro etilishidan qat’iy nazar ular muallifning dunyoqarashi va maslagini, ma’naviyati va madaniyatini o‘zida mujassam qiladi. Insonning saviyasi qanday bo‘lsa, uning muomalasi ham shunday bo‘ladi. Bu har ikkala nutqning o‘ziga xos xususiyatlarini bilib olganimizdan keyin biz ham vaziyatga qarab so‘zlashimiz va har bir nutqiy vaziyatdan o‘z maqsadimizdan kelib chiqib unumli foydalanishimiz, bor imkoniyatimizni tinglovchilarning hurmat-e’tiborini qozonishga qaratishimiz lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |