Bog'liq 11 Kitob Dasturiy taminot qurilmasi va evolyutsiyasi 2022 oxirgi
Taxminqilinadigan metodologiya kelajakni atroflicha rejalashtirishga qaratiladi. Loyihaning butun muddatiga rejalashtirilgan masalalar va resurslar ma’lum. Jamoa bo’lishi mumkin o’zgarishlarni qiyinchilik bilan qabul qiladi. Reja ishlarning tarkibi va mavjud talablardan kelib chiqish bilan optimallashtirilgan. Talablarning o’zgarishi rejaning, shuningdek loyiha dizaynining sezilarli o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Ko’pincha loyihada faqat eng muhim talablar hisobga olinishi uchun “o’zgarishlarni boshqarish” bo’yicha maxsus qo’mita tashkil etiladi.
Adaptiv metodologiya talablarning kutiladigan to’laqonli emasligi va ularning doimo o’zgarishini yengib o’tish maqsadiga qaratilgan. Talablar o’zgarganida ishlab chiquvchilar jamoasi ham o’zgaradi. Adaptiv ishlab chiqishda qatnashadigan jamoa loyihaning kelajagini qiyinchilik bilan oldindan aytishi mumkin. Faqat yaqin vaqtga aniq reja mavjud. Uzoqroq vaqtga rejalar faqat loyihaning maqsadlari, kutiladigan harajatlar va natijalar haqidagi deklarasiyalarda mavjud bo’ladi.
SCRUM uncha katta bo’lmagan jamoalar (10 tagcha kishili) uchun metodologiya hisoblanadi. Butun loyiha har biri 30 kunlar davomiylikdagi iterasiyalarga (sprintlarga) bo’linadi. Navbatdagi sprint davomida ishlatilishi rejalashtiriladigan tizimning funksiyalari ro’yxati tanlanadi. Eng muhim shartlar
bitta iterasiyaning bajarilishi vaqtida tanlangan funksiyalarning o’zgarmasligi va hatto agar relizning chiqariliga barcha rejalashtirilgan funksionalni ishlatishga erishilmasa ham navbatdagi relizni chiqarilishi muddatlariga qat’iy rioya qilish hisoblanadi. Ishlanmaning rahbari scrum deyiladigan har kungi 20 minutlik kengashlarni o’tkazadi, ularning natijasi oldingi kunda ishlatilgan tizimning ma’lum funksiyalarini, yuzga kelgan qiyinchiliklar va keyingi kunga rejani aniqlash hisoblanadi. Bunday kengashlar loyihaning borishini doimo kuzatishga, yuzaga kelgan ma’lumotlarni tez aniqlash va ularga operativ harakat qilishga imkon beradi.
KANBAN – masalaga yo’naltirilgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqishni tez moslashuvchan uslubiyati hisoblanadi. Asosiy qoidalari: