15-rasm. Ko‘p qatlamli yo‘l to‘shamasida avtomobillarning g‗ildiraklaridan hosil
bo‘ladigan kuchlanish
Qoplama yo‘lning transportdan foydalanish sifatlarini ta‘minlaydi.
Qoplama
- yo‘l to‘shamasining
yuqorigi,
eng mustahkam, odatda suv o‘tkazmaydigan,
eyilishga, zarbiy va siljituvchi yuklamalarga yaxshi qarshilik qo‘rsatadigan,
shuningdek iqlim ta‘siriga chidamli nisbatan yupqa qatlami.
Qoplama ancha
qimmat turadigan materiallardan yotqizilganligi uchun u ruxsat etiladigan minimal
qalinlikda bo‘ladi. Qoplama yo‘lning zarur foydalanish sifatlarini ta‘minlaydi
(sirtning tekisligi, shina bilan ilashish koeffiienti katta).
Do'stlaringiz bilan baham: