Suv o‟tkazuvchi inshootlar. Suv o‘tkazuvchi inshootlarning asosiy turiga
kichik ko‘priklar va quvurlar kiradi. Avtomobil yo‘llari va temir yo‘llarida
quriladigan suv o‘tkazuvchi inshoatlarning katta qismini quvurlar tashkil etadi.
Ular avtomobillarni harakatlanish sharoitlarini o‘zgartirmaydi, chunki ularning
plan iva profilini har qanday uyunlikda joylashtirish mumkin. Ko‘priklar qurish
yo‘llarni bo‘ylama profiliga ancha katta talablar qo‘yadi. Ko‘priklarni vertikal va
gorizontal egriliklarda yoki katta bo‘ylama qiyaliklarda joylashtirish ularning
konstruktsiyasini murakkablashtirib yuboradi. Kuvurlarga oqib keladigan suvning
hammasini o‘tkazaolmaydigan xollardagina ko‘priklar quriladi.