1.3. O’quv jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanishni tadbiq etish
O‘zbekiston Respublikasi ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ da ta‘lim
muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustaxkamlash,
o‘quv tarbiya jarayonini yangi o‘quv uslubiy majmualar, ilғor pedagogik
texnologiyalar bilan ta‘minlash, ta‘lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta‘lim
tizimini jaxon axborot tarmoғiga ulanadigan kompyuter axborot tarmoғi bilan
to‘liq qamrab olish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, dasturda kadrlar
tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti
istiqbollaridan,
jamiyat
extiyojlaridan,
fan,
madaniyat,
texnika
va
texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan xolda qayta qurish
nazarda tutiladi deb ta‘kidlangan.
Axborot
texnologiyalari
jaxonda
jadal
sur‘atlar bilan rivojlanib
takomillashib borayotgan sohadir. Bu sohaning rivoji uchun bizni buyuk
ajdodlarimizning ilmiy kashfiyotlari asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu xaqida
prezidentimiz I.A. Karimov o‘zining ―YUksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖
asarida quyidagi fikrlarni keltiri bo‘ladi:‖ … shu nuqtai nazardan qaraganda
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning
ibratli xayoti va ilmiy faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiyot kashfiyotlari bugun ham
jaxon abgor ommasini xayratga solayotganini ғurur bilan ta‘kidlash lozim‖. Ta‘lim
isloxotlari amalga oshirilayotgan xozirgi davrda har bir fanni o‘qitish mazmunini
qayta tahlildan o‘tkazish va buni tubdan islox qilish nuqtai nazardan yondashuv
zarur bo‘ladi. O‘qitish tizimida ―Axborot texnologiyalari va ulardan foydalanish‖
ning asosiy maqsadi – o‘quvchi va talabalarga axborotlarni qayta ishlash
texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlari xaqida puxta va ongli ravishda
13
o‘zlashtirish uchun bilim asoslarini berishni ta‘minlashdan, ularga o‘quv va ish
faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko‘nikma va malakalarini
berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz
taraqqiyotiga qo‘shadigan xissasi to‘ғrisida tasavvur xosil qilishdan iborat. Ta‘lim
tizimida axborot, innovatsion va pedagogik texnologiyalarni o‘rganishga ajratilgan
soatlarni talabalarga shunday yetkazish kerakki, ular bu kurslardan so‘ng bemalol
axborot kommnikatsiya texnologiyalari hamda pedagogik texnologiyalardan ishlab
chiqarish jarayonida foydalana oladigan bo‘lishlari lozim.
Talabalarga beriladigan bilim, ko‘nikma va malalkalar bazasida iloji boricha
nazariy qismi, ya‘ni ―Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va ularning turlari.
Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlari. Microsoft
Office dasturlaridan foydalanish hamda innovatsion axborot texnologiyalari hamda
yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishlarni ham nazarda tutadi. Mashғulot
(dars) o‘tish uchun zarur o‘quv materiallarni tayyorlash va qayta ishlash‖ va
―Ta‘lim jarayoni sifatini aniqlovchi dasturlar. Talabalar bilimini baxolash va
nazorat (test) dasturiy ta‘minot turlari va ulardan foydalanish metodikasi‖
mutaxassislar tomonidan ma‘ruza- suxbat tarzida o‘tiladi. Tayanch manbalar
bazasida o‘tiladigan axborot kommunikatsiya texnologiyalari to‘liғicha amaliy
mashғulot tariqasida o‘tilib asosan: fanda axborot kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish, ―MS Word ‖ dasturida elektron dars ishlanmalarini
yaratish, ―MS Excel‖ dasturi yordamida statistik ma‘lumot va materiallarni qayta
ishlash, ―MS Power Point ‖ dasturi yordamida dars (mashғulot) taqdimotlarini
yaratish texnologiyalarini, ―Paint ‖ dasturi yordamida har xil chizma va shakllarni
ishlab chiqish talabalarga to‘liq o‘rgatiladi.
Bu yerda asosiy maqsad talabalarga yuqorida nomlari keltirilgan dasturlarni
to‘liq o‘zlashtirgan xolda ishlab chiqarishda bu dastur materialllari va
ma‘lumotlaridan foydalanishlaridan iborat. Bu asosiy maqsad sifatida kun tartibida
doimiy
turadi.
Qachonki,
talabalar
kompyuter
texnikasidan,
axborot
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni mukammal o‘rganib, olgan
bilimlarini mustaxkamlashda, ulardan tegishli xulosalar chiqarishda, kompyuter
14
grafikalaridan foydalanishda, axborot kommunikatsiya materiallaridan o‘quv
jarayonida foydalanish tizimlarini o‘rganib olmagunlaricha. O‘zimizga ma‘lumki
xozirgi zamonda axborot kommunikatsion texnologiyalarisiz, yangi pedagogik,
innovatsion texnologiyalarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Oliy ta‘lim professor-
o‘qituvchilariga pedagogik texnologiyalardan foydalanish interfaol usullarda darsa
(mashғulot) o‘tishni o‘rgatishdan asosiy maqsad, pedagoglar bu usullarni o‘rganish
davomida pedagogik texnologiyalar bo‘yicha barcha o‘zlashtirgan innovatsion
texnologiyalarni (interfaol usullarni) mutaxassislik bo‘yicha o‘tiladigan fan
mavzulariga tadbiq qilgan xolda dars (mashғulot) olib borishga o‘rgatishdan iborat.
Bu o‘rinda Farғona politexnika instituti. Geodeziya, kartografiya va kadastr
yo‘nalishi talabalariga ta‘lim-tarbiya berishda kafedra professor-o‘qituvchilari
internet ma‘lumotlaridan,
GPS qurilmasi materiallaridan. elektron taxiometr yordamida amallar
bajarish bo‘yicha texnologik materiallardan keng ko‘lamda foydalanmoqdalar.
Kafedra professor-o‘qituvchilarning sa‘yi harakatlari natijasida talabalarda
mutaxassislikka nisbatan qiziqish rivojlanib bormoqda.Ta‘lim jarayoniga
pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarini kirib kelishi o‘z navbatida
ularda ma‘lumotlar olish, berish, jo‘natish tizimlarini mukammal o‘rganib
olishlariga olib keldi va bu xolat shu kunlarda ham davom etmoqda. YUqoridagi
kabi bu masala ham fan o‘qituvchilari va uquvchi-talabalar pedagogik
texnologiyalarni to‘liq o‘zlashtirib olmagunlarigacha kun tartibidan yechilmaydi.
Chunki, axborot, innovatsion, kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish uni
amaliyotda qo‘llashni o‘rganish shu kunning dolzarb masalalaridandir.
15
II BOB. DASTURLASH ASOSLARI FANIDAN “DASTURLASH
ASOSLARI. DASTURLASH TILLARI VA ULARNING
KLASSIFIKATSIYASI” MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI.
2.1. Camtasia Studio dasturi haqida tushuncha
Camtasia Studio dasturi o‗zining interfeysi, juda ko‗plab formatlari, video
fayllarga turli xil belgilar va izohlar qo‗yilishi, darslarga menyular hosil qilinishi
bilan ajralib turadi, shuningdek, bu dastur yordamida audio fayl? larni ham yaratish
mumkin. Dars yozish davo? mida ekranning kerakli joyini alohida ajratib
ko‗rsatish imkoni ham mavjud. Ana shu afzalliklari tufayli videodarslar yozuvchi
dastur sifatida Camtasia Studio tanlandi. Camtasia Studio dasturi to‗rtta yordamchi
qismlardan iborat: Camtasia MenuMaker, Camtasia Player, Camtasia Theater va
Camtasia Recorder. Dasturning asosiy qismi, shubhasiz, Camtasia Recorder
hisoblanadi. Barcha darslar aynan shu dastur yordamida yaratildi. Camtasia Studio
dasturi oynasining pastki qismida timeline deb nomlanuvchi ishchi stoli mavjud
bo‗lib, u orqali audio va video fayllar ustida turli xil amallarni bajarish mumkin.
Bular jumlasiga fayllarni bir-biriga bog‗lash, keraksiz qismlarni qirqib tashlash
kabilar kiradi. Asosiy oynaning markazida dastur ishlashi mumkin bo‗lgan fayllar
ro‗yxatini ko‗rsatuvchi «Корзина клипов» (Clip Bin) qismi joylashgan. Shu
fayllarni o‗ng tarafdagi videopleyerda ko‗rish mumkin. Bu kichkinagina Camtasia
Player dasturi faqatgina bitta vazifani bajaradi — AVI fayllarini namoyish etadi.
Ishning borishi
Dastlab qiladigan ishimiz Camtasia Studio dasturini ishga tushiramiz. Quida
uning ish stoli ko'rsatilgan.
16
Camtasia Studio ishchi paneli bilan tanishishni boshlaymiz.
Bu ikki bo'lim ekranda bo'ladigan jarayonlarni rasmga
tushirib , ovozini yozib ularni birlashtirib vidio fayl
yaratish uchun ishlatiladi. Ikkinchisi aynan
powerpointda bo'ladigan voqealarni yozib oladi.
Add panelidagi import media bo'limi yozib olingan vidio
faylni import qilish vazifasini bajaradi. Title clips
bo'limida vidio faylning kirish qismiga har xil yozuvlarni
chiqarish vazifasini bajaradi. Voice norration bo'limi
orqali yozilgan vidio faylimizni biron joyida ovozini defekti bo'ladigan bo'lsa biz
osha joyini oçhirib hamda o'chirmasdan ustidan to'g'rilab yozishimiz mumkin.
Record camera orqali biz web kameradan foydalanishimiz mumkin.
Edit panelidagi audio enhancements bolimida tovush
tebranishlarini to'g'irlaydi ya'ni undagi shovqinlarni
kamaytiradi. Zoom-n-pan bo'limi orqali kerakli joyini
yaqinlashtirib va o'z xoliga qaytarishimiz mumkin.
Callouts bo'limi orqali vidio fayl da qo'shimcha oyna hosil
qilishimiz mumkin. Transitions bo'limida har xil perexodlarni berishimiz
mumkin. Captions bo'limida vidio faylning tagiga o'zimizga kerakli bo'lgan
17
yozuvlarni chiqarishimiz mumkin. Flash quiz and survery bo'limi orqali biz vidio
faylimizga har xil savollarni, testlarni joylashtirishimiz mumkin.
Produce panelining Produce vidio as bo'limida biz yozib
olgan vidio faylimizni qanday qilib va qanday formatda
saqlashimizni tanlaymiz. Create CD menu vidio fayllarni
CD disklarga, Create web menu esa web saxifalarga menu
shaklida yozish uchun mo'ljallangan.
O'quv multimediyali ilovalar yaratish
Buning uchun biz yuqoridagi record panelidan foydalanishimiz mumkin yoki
bo'lmasa dastur ishga tushgan paytida quidagi oyna chiqadi. Shu oyna orqali ham
vidio ilovalarni yozishni boshlashimiz mumkin.
Record the screen bosadigan bo'lsak quidagi oyna chiqadi oyna chiqadi.
Bu oyna orqali biz ekranning qancha yoki qanday qismini vidioga olishimiz
mumkinligini tanlashimiz mumkin. Undan tashqari camera tugmasini bosish orqali
biz veb kamerani ishga tushirib undan foydalanishimiz mumkin. Audio tugmasi
esa ovoz bilan yozish yoki yozmaslikni tanlash imkoniyatini beradi. Rec tugmasini
bosishimiz bilan tasvirga olish jarayoni boshlanadi. Bu jarayonni to'xtatish uchun
f10 tugmasini bosish yetarli.
18
F10 tugmasi bosilgandan so'ng quidagi oyna chiqadi. Bu oyna orqali vidio faylni
oçhirish, saqlash , o'zgartirish kabi vazifalarni bajarishimiz mumkin.
Bunday saqlashda biz vidio faylni ikki xil formatda saqlashimiz mumkin: *.camres
va *.avi.
19
2.2. Ma'ruzaning texnologik xaritasi
Faoliyat
bosqichlari
Faoliyat mazmuni
Pedagog
Talaba
I. Kirish
(15 minut)
1.1. O`quv predmeti nomi bilan tanishtiriladi,
predmet xaqida dastlabki ma'lumotlar beriladi.
Mavzu nomi bilan tanishtiradi. O`tilayotgan
mavzu kirish ma'ruza tarzida tashkil etilishi e'lon
qiladi.
1.2.Semestr davomida ―Dasturlash asoslari‖ kursi
bo`yicha o`tiladigan mavzular, ularga ajratilgan
soatlar
va
talabalarni
shu
predmetni
o`zlashtirishdagi reyting tizimi (joriy, oraliq,
yakuniy nazorat ballari) bilan tanishtiriladi.
1.3. Bugungi mavzu nomi,
rejasi bilan tanishtiriladi va unga izox beriladi.
Eshitadilar.
Yozib oladilar.
Eshitadilar,
yozib oladilar.
Eshitadilar.
II.
Asosiy
bosqich
(55 minut)
2.1. ―Dasturlash asoslari‖ fanini predmeti,
maqsadi va vazifalari xaqida umumiy tushuncha
beriladi. Birinchi rejani «insert» texnikasi orqali
taxlil qilish topshiriladi va ma'ruza matni
tarqatiladi, «insert» texnikasidan foydalanish
tushuntiriladi. Talabalar bajargan ishlari taxlil
qilinadi.
2.1.
Dasturlash asoslari fanining asosiy
tarmoqlari xaqidagi ma'lumotlar bilan
talabalarni tanishtiriladi.
Eshitadilar,
taxlil qiladilar.
Matnni
ko`rib
chiqadilar
va
berilgan
belgilarni qo`yib
chiqadilar.
Yozib oladilar.
III.
Yakunlovchi
bosqich
(10 minut)
3.1.Mavzuni uchta rejasi asosida xulosa qilib, eng
muhim ma'lumotlarga talabalar diqqatini jalb
qiladi.
3.2. Muhokamada faol qatnashgan talabalarni
rag`batlantiradi.
3.3.Savollar
berish
orqali
bilimlar
mustahkamlanadi.
3.4.Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beriladi:
mavzuning
qolgan
ikkita
rejasini
mustaqil
o`rganish.
Tinglashadi,
savollar
berishadi.
Savol – javobda
qatnashadilar.
Yozib oladilar.
20
2.3. Dasturlash asoslari. Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi
mavzusi ma'ruza mashg'ulotlarni o'qitish metodikasi
Ma’ruza rejasi.
1. Dasturlash tili.
2. Dasturlash tillarining turlari: mashina tili, mnemonik (belgili) til va
yuqori darajali dasturlash tili.
3. Dasturlash tillarining asosiy elementlari.
Algoritmlarni dastur ko’rinishida yozilishi va bu
ko’rinishdagi
boshqa yozuvlar bilan qanday farq qiladi?
Algoritmlarni so‘zlar orqali yoki blok-sxema ko‘rinishida tasvirlash buyruqlar
yozilishida bir qancha ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladi.
Amaliyotda esa algoritm ijrochisi kompyuter hisoblanadi. Shuning uchun
kompyuter uchun to‘zilgan algoritm u «tushunadigan» tilda tasvirlanishi kerak.
Ijrochi (kompyuter) berilgan buyruqlarni aniq va to‘ғri bajarishi uchun unga
beriladigan buyruqlar yozilishi aniq va ijrochi tomonidan bir xil tushunilishi
lozim.
Shu sababli kompyuter tushunadigan til dasturlash tili, bu tilda yozilgan
algoritm esa kompyuter dasturi deyiladi.
Dasturlash tillarining yaratilish tarixi
21
Dasturlash tillari asosan 2-jahon urushidan keyin yaratila boshlandi. Ammo
uning tarixi ancha olis yillarga borib takaladi.
Arxeologik qazilmalarda topilgan sopol taxtachada bundan 3800 yil oldin
(eramizdan 1800-yillar) Vavilonda foiz (%) bilan boғliq murakkab amallar
algoritmi keltirilgan. Unda aniq masala ishlangan bo‘lib, agar bugdoy yilda 20%
dan oshib borsa, uning miqdori ikki marta o‘sish uchun necha yil va oy kerak
bo‘lishi algoritmi yozilgan.
XIX asr franso‘z kashfiyotchisi Jozef Mari Jakkard 1804 yilda yupqa mato
ishlab chiqish jarayonida stanoklar uchun perfokartani eslatuvchi tasma ishlatgan
va shu bilan perfokartaga asos solgan edi.
1836 yildan ingliz Charlz Bebbidj hozirgi kompyuterlarning bevosita avlodi
bo‘lmish analitik mashina ishlab chiqishga kirishdi va bu masalani nazariy hal
qildi. Bu mashinaning asosiy xususiyati uning dastur asosida ishlashi va hisob-
kitob natijalarini «eslab» qolishida edi.
1843 yilda ingliz matematigi Ogasta Ada Bayron (Lavleys) – shoir lord
Bayronning qizi – analitik mashina buyruqlar asosida ishlashi kerakligini
ta‘kidladi. U berilgan shartlar bajarilmaguncha qadamlar ketma-ketligini
ta‘minlovchi buyruqlarni yozdi. (Bu hozirgi kunda takrorlash (sikl) operatori
deyiladi). Bu bilan u dasturlash va uning tiliga asos soldi.
Mazkur va boshqa kashfiyotlar, kompyuter bevosita yaratilgach, unga zarur
bo‘lgan til yaratish talabini qo‘ydi.
Dunyo odamlari urtasidagi munosabatda yagona til bo‘lmaganidek, xilma-
xil kompyuterlarning yaratilishi va ularning turli sohalarda qo‘llanilishi, yagona
dasturlash tilini yaratish mumkin emasligini ko‘rsatdi.
Perfokarta Alan Tyuring
22
1955-1959 gg. Rossiyalik olimlar A.A. Lyapunov, S.S. Kamo’nin, E.Z.
Lyubimskiy, A.P. yershov, L.N. Korolev, V.M. Kurochkin, M.R. Shura-Bura
va boshqalar «dasturlovchi dasturlar», ya‘ni translyatorga o‘xshash dastur
yaratdilar. V.V. Marto’nyuk esa dasturlarni yaratish va otladka qilishni
tezlashtirish maqsadida belgili kodlar sistemasini yaratdi.
1955-1959 gg. dasturlash nazariyasi ( A.A. Lyapunov, YU.I. YAnov, A.A.
Markov, L.A. Kalujin) va sonli metodlarga ( V.M. Glushkov, A.A. Samarskiy,
A.N. Tixonov) asos solindi. Fikrlash mexanizmi sxemasini va genetika jarayonlari
modellashtirish, kasalliklar diagnostikasining algoritmlari ishlab chiqildi (A.A.
Lyapunov, B.V. Gnedenko, N.M. Amosov, A.G. Ivaxnenko, V.A. Kovalevskiy
i dr.).
Djon Bekus Niklaus Virt Dennis
Ritchi
1957 g. Djon Bekus Fortran tilining asoschisi.
1959 g. O‘zoq yillar mobaynida dasturlashtirish sohasida o‘ziga xos
standartga aylangan Algol tili yaratildi.
1965 g. Djon Kemeni va Tomas Kurslar (Dortmund kolledji, AQSh)
tomonidan Beysik dasturlash tili yaratildi.
23
1970 g. Shveysar olimi Niklaus Virt Paskal dasturlash tilini ixtiro qiladi.
1971 g. Franso‘z olimi Alan Kolmari mantiqiy dasturlash tili Prolog
(PROgramming in LOGic)ni yaratdi.
1972 g. Bell Laboratories xodimi Dennis Ritchi Si dasturlash tilini yaratadi.
Altair Bill Geyts i Pol Allen
1975 g. YOsh dasturchi Pol Allen i Garvard universiteti talabasi Bill
Geytslar Altair kompyuteri uchun Beysik tilini ixtiro qildilar. Keyinchalik esa ular
jahonda dasturlar ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik Maykrosoft (Microsoft)
firmasini to‘zadilar.
1979 g. SoftWare Arts firmasi VisiCalc (Visible Calculator) personal
kompyuterlar uchun dasturlar paketini yaratdi.
Dasturlash tillari yaratilishi bo’yicha uch guruhga bo’lish mumkin:
Dasturlash tili darajalari
Bugungi kunda yuzlab dasturlash tillaridan foydalaniladi. Har bir dasturlash
tili ma‘lum bir soha yoki yo‘nalishga oid masalalarni xal qilish uchun
mo‘ljallangan.
Dasturlash tillari
Quyi
darajadagi
O‘rta
darajadagi
Yuqori
darajadagi
24
Bizga ma‘lumki, har qanday algoritm – ko‘rsatmalar ketma-ketligi, va bu
ko‘rsatmalar bajarilgandan so‘ng ma‘lum bir natijaga erishiladi. Dasturlash tili
darajasi buyruq va ko’rsatmalarning maydalashganlik darajasi (detalizatsiya
darajasi) bilan belgilanadi - qanchalik (detalizatsiya) kamroq va soddaroq
bo’lsa, shunchalik tilning darajasi yuqoriroq bo’ladi.
Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita
boғliq bo‘lib, buyruqlar ularning kodlari yordamida yoziladi. Bu kabi buyruqlardan
tashqil topgan dasturlar katta hajmli bo‘lib, ularni tahrirlash ancha mushkul ish edi.
Dastlabki kompyuterlar (Eniak, MESM va boshqalar) ana shu tilda ishlar edi.
O’rta darajadagi dasturlash tillari buyruqlarida faqat raqamlar emas,
balki ba‘zi inson nutqiga yaqin so‘zlar ishlatila boshlandi va ular ko‘pincha
assembler tillari deb ham yuritiladi.
Mazkur tilning ijobiy xususiyati shundaki, ular yordamida to‘zilgan dastur
boshqa tillarda to‘zilganidan 10-15 marta tezroq ishlaydi. Unda boshqa darajadagi
tillarda bo‘lmagan amallar mavjud. Bunday tillarga AVTOKOD-BEMSh,
Do'stlaringiz bilan baham: |