TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR............................285
5
KIRISH
Bugungi kunda dunyoda aholi soni va hayot darajasi o‗sishi sababli
jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlariga talab va narx-navo oshib
bormoqda. Bunday sharoitda barcha imkoniyatlardan foydalangan holda,
qishloq xo‗jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‗paytirib, ichki bozorni
to‗ldirish va eksport hajmini oshirish o‗ta muhim vazifalardan biri
hisoblanadi.
Keyingi yillarda agrar sohada tub islohotlar, tarkibiy o‗zgarishlar
amalga oshirilmoqda. Sohada bozor munosabatlarini joriy etish, qayta
ishlash va eksport infratuzilmasini rivojlantirish bo‗yicha juda ko‗p ishlar
qilinmoqda. Fermer va dehqonlarning daromadini oshirish maqsadida
yangicha tizim joriy qilinib, ko‗plab dolzarb masalalar hal qilib
berilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi
bilan qabul qilingan ―2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning
beshta
ustuvor
yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar
Strategiyasi‖
1
da qishloq xo‗jaligini modernizatsiya qilish va jadal
rivojlantirish, tarkibiy o‗zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq
xo‗jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat
xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab
chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli
darajada oshirish va boshqa masalalarga alohida e‘tibor berildi.
Shuningdek, yurtboshimizning 2020 yil 24 yanvar kunidagi Oliy
Majlisga Murojaatnomasida ―Iqtisodiyotimiz rivojini, aholi bandligi va
daromadlari o‗sishini ta‘minlaydigan eng muhim sohalardan biri bo‗lgan
qishloq xo‗jaligini strategik yondashuvlar asosida taraqqiy ettirish
zarur....Qishloq
xo‗jaligini
davlat
tomonidan
qo‗llab-quvvatlash
jamg‗armasini isloh qilib, agrar sohaning boshqa tarmoqlariga ham arzon
kreditlar ajratish yo‗lga qo‗yiladi...Kelgusida Qishloq xo‗jaligi vazirligi
soha korxonalariga ko‗rsatma berish, resurslarni taqsimlash, reja belgilash
kabi eski ish usullaridan mutlaqo voz kechishi zarur. Buning o‗rniga
vazirlik servis tashkilotiga aylanishi, xususiy agrosanoat tashkilotlariga yer
holatini aniqlash, ekin turlari va urug‗ni to‗g‗ri tanlash, zararkunandalarga
qarshi kurashish, moliyaviy ko‗maklashish, mahsulot bozorini topish
bo‗yicha xizmat ko‗rsatishi kerak.‖,
2
-
deb ta‘kidlanganligi bu masalaga
jahon andozasiga mos e‘tibor qaratishni taqozo etadi.
1
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.
2
https://prezident.uz/uz/lists/view/3324
6
Shu sababdan ham, O‗zbekiston Respublikasida qishloq xo‗jaligi
alohida ahamiyatga ega bo‗lib, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi bilan
bog‗liq munosabatlarni chuqur o‗rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi
kunda
yurtboshimiz
tomonidan,
qishloq
xo‗jaligi
tarmoqlariga
investitsiyalarni,
ayniqsa,
to‗g‗ridan-to‗g‗ri
xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish zarurligi ta‘kidlandi. Yerni haqiqiy egasiga
berish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, urug‗chilikni
rivojlantirish, mineral o‗g‗itlar yetkazib berish tizimini takomillashtirish,
qishloq xo‗jaligi texnika parkini yangilash, mahsulotlarni qayta ishlash
sohasini rivojlantirish va boshqa yo‗nalishlarda dolzarb vazifalar belgilab
berilganligi hamda bosqichma bosqich amalga oshirilayotganligi katta
ahamiyatga egadir.
3
Endilikda agrar sohada bir qator yangi tarmoqlarni tashkil etilishi
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish
hajmini ko‗paytirish va ichki bozorni arzon mahsulotlar bilan to‗ldirishda
tomorqadan samarali foydalanish maqsadida 2019-yilda yangi tizim tatbiq
qilinib, ―Tomorqa xizmati‖ korxonalari tashkil etildi. Shuningdek, Fermer,
dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‗llab-quvvatlash
jamg‗armasi tashkil etildi.
Agrar sohada yuz berayotgan chuqur islohotlar tegishli qonun-
qoidalar va qishloq xo‗jaligini rivojlantirishga qaratilgan qonun hujjatlari
asosida amalga oshirilmoqda. Huquqiy zamin yaratilishi bilan birga ushbu
zamindan kundalik hayotda to‗g‗ri foydalanishni tashkil etish zarur.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
ta‘kidlaganidek, ―Biz uchun o‗ta muhim vazifa – qishloq xo‗jaligi uchun
yuksak bilim va malakaga ega bo‗lgan oliy va o‗rta maxsus ma‘lumotli
kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishimiz lozim. Bu borada
xorijdagi yetakchi oliy o‗quv yurtlari bilan birga qo‗shma fakultetlar
tashkil etish, yaqinda ish boshlagan ―El-yurt umidi‖ jamg‗armasi orqali
agro
soha
mutaxassislarini,
yosh
kadrlarni
rivojlangan
xorijiy
mamlakatlarda o‗qitishga alohida ahamiyat berishni zamonning o‗zi talab
etmoqda.
4
Shuningdek, yurtboshimiz alohida uqtirib ―Agrar sohada eng katta
muammo – fermerlarning qishloq xo‗jaligi sohasida yetarli bilimga ega
3
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31-oktyabr kuni qishloq xo‗jaligini kompleks
rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, mahsulotlar eksportini oshirish masalalariga
bag‗ishlangan yig‗ilishdagi nutqi.// Xalq so‗zi, 2018-yil - noyabr.
4
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning O‗zbekiston qishloq xo‗jaligi xodimlariga tabrigi.// Xalq
so‗zi, 2018-yil, 9-dekabr.
7
emasligidir. Fermerlar kengashi Qishloq xo‗jaligi va Suv xo‗jaligi,
Innovatsion rivojlanish vazirliklari bilan hamkorlikni kuchaytirishi,
fermerlarni o‗qitish va qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqishi
lozim‖
5
ligini ham ko‗rsatib o‗tdi.
Fikrimizcha, yuqoridagi g‗oyalar, yosh huquqshunos xodimlardan
agrar soha xususiyatlarini, bu sohadagi iqtisodiy munosabatlar va ularni
huquqiy tartibga solishning shakllari va usullarini puxta o‗rganishni,
bilishni va ushbu talablarni amaliyotda og‗ishmay qo‗llashlarini talab
etadi.
Umuman olganda, yuqorida fikr va mulohazalar hisobga olingan
holda mazkur darslikda, agrar sektorda bozor munosabatlariga o‗tishni
huquqiy tartibga solish, qishloq xo‗jalik faoliyatini davlat tomonidan
tartibga solish, qishloq xo‗jaligi faoliyati sub‘yektlari huquqiy holati, agrar
qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik, qishloq xo‗jalik kooperativlari
faoliyatini huquqiy tartibga solish, fermer xo‗jaliklarining huquqiy holati,
dehqon xo‗jaliklarining huquqiy holati, qishloq xo‗jalik faoliyatini alohida
turlarini huquqiy tartibga solish, qishloq xo‗jaligida tabiatdan samarali
foydalanishni huquqiy ta‘minlash, qishloq xo‗jaligidagi shartnoma
munosabatlari, qishloq xo‗jaligida mehnat munosabatlarini o‗ziga xos
xususiyatlari va xorijiy mamlakatlar agrar huquqini o‗ziga xos jihatlari
kabi masalalarni imkon qadar yoritib berishga e‘tibor berildi. Ushbu
darslik kitobxonlarga manzur bo‗ladi degan umiddamiz.
5
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.//Xalq so‗zi, 2018-yil
29-dekabr.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |