O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


-§. Baliqchilik sohasini rivojlantirishni huquqiy tartibga solish



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

6-§. Baliqchilik sohasini rivojlantirishni huquqiy tartibga solish 
 
Yurtimizda baliqchilik, ayniqsa uni sun‘iy sharoitlarda yetishtirish 
katta iqtisodiy foyda manbaiga aylanib bormoqda. Jumladan, 2017-yil
1-may kuni O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyov 
tomonidan imzolangan ―Baliqchilik tarmog‗ini boshqarish tizimini 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi, 
hamda 
2018-yil
6-noyabrda ―Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‗shimcha 
chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi Qarorlari muhim ahamiyatga egadir. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-may qaroriga 
ko‗ra ―O‗zbekbaliqsanoat‖ uyushmasi tashkil etildi, uning tarkibiga 
joylarda baliqchilik tarmog‗i tashkilotlari ishlarini muvofiqlashtiruvchi
13 ta hududiy ―Baliqsanoat‖ mas‘uliyati cheklangan jamiyati kiradi. 
E‘tiborli tomoni ham shundaki, 2018-yil 6-noyabrda qabul qilingan 
―Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‗shimcha chora-
tadbirlar to‗g‗risida‖gi Qarori bir qator yangi talablar o‗z ifodasini topgan. 
Mazkur hujjatda, intensiv usulda baliq yetishtirish bo‗yicha ishlarga 
yetarli darajada e‘tibor qaratilmayapti, hududlarda baliqchilik tarmog‗ini 
rivojlantirishda yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish, baliqchilik 
xo‗jaliklarini qo‗llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar yetarli 
darajada emasligi, baliqchilik xo‗jaliklariga biriktirilgan suv havza 
maydonlaridan ilmiy yondashuv asosida samarali foydalanish, ularning 
meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek, resurs tejamkor texnologiyalar 
va innovatsiyalarni keng ko‗lamda joriy qilish ishlariga yetarlicha e‘tibor 
berilmayotganligi hamda, sun‘iy suv havzalari hosildorligini oshirish 
uchun baliqchilik xo‗jaliklarining mineral o‗g‗itlarga bo‗lgan talabi to‗liq 
qondirilmayotganligi va mineral o‗g‗itni boshqa muqobil o‗g‗itlar bilan 
almashtirish bo‗yicha ilmiy-tadqiqot ishlari etarlicha olib borish yo‗lga 
qo‗yilmayotganligi alohida ko‗rsatib o‗tildi. 
Qarorga asosan, tashkil etilayotgan baliqchilik klasterlarining yillik 
baliq etishtirish quvvati kamida 50 tonna bo‗lgan taqdirda ular 2019-yil
1-yanvardan boshlab dastlabki uch yil davomida barcha soliqlar va davlat 
maqsadli jamg‗armalariga majburiy ajratmalardan ozod etilganligi ham 
o‗ta muhimdir. 
Ushbu qarorga ko‗ra, 2021-yil 1-noyabrga qadar muddatda: naslli 
ona baliq, baliq uvildirig‗i, shuningdek, respublikada ishlab 
chiqarilmaydigan inkubatsiya, laboratoriya, intensiv usulda baliq 
yetishtirish, baliq ovlash, baliq mahsulotlarini qayta ishlash, muzlatish va 


182 
saqlash uchun zarur bo‗ladigan asbob-uskuna, anjom, mexanizmlar va 
ularning ehtiyot qismlari, muqobil energiya ta‘minoti uskunalari, 
melioratsiya ishlari uchun maxsus texnikalar va tirik baliq tashuvchi 
transport vositalari; chet el tashkilotlari va ularning sho‗ba korxonalari, 
firma do‗konlari, dilerlik tarmoqlari va tadbirkorlik sub‘ektlari tomonidan 
baliqchilik xo‗jaliklari ehtiyoji uchun chetdan keltiriladigan omixta yem va 
mineral o‗g‗it (ammofos) bojxona to‗lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi 
yig‗imlaridan tashqari) ozod etilishi ham alohida ko‗rsatib o‗tildi. 
Ayniqsa,―O‗zkimyosanoat‖ AJ baliqchiliq xo‗jaliklariga talab 
qilinadigan 30,7 ming tonna mineral o‗g‗it (ammofos)ning 2019 yil 
davomida ishlab chiqarilishi va birja savdolariga qo‗yib borilishini 
ta‘minlashga e‘tibor berildi. 
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Suv xo‗jaligi vazirligi
2019-yil 1-aprelga qadar muddatda prognozlashtirilgan suv miqdoridan 
kelib chiqib, o‗rnatilgan tartibda faoliyat yuritayotgan baliqchilik 
xo‗jaliklari bilan suvdan foydalanish bo‗yicha shartnoma tuzilishini va 
baliqchilik xo‗jaliklari uchun belgilangan suv miqdorining kafolatli 
etkazib berilishini ta‘minlash ham aniq ko‗rsatib o‗tildi. 
Qarorga ko‗ra, yana bir yangi holat, yangidan tashkil etiladigan 
sun‘iy suv havzalarida baliq yetishtirish loyihalariga yer uchastkalari: 
faqatgina intensiv usul va resurs tejamkor texnologiyalar qo‗llanganda; suv 
bilan kafolatli ta‘minlash va yerlarning meliorativ holatiga salbiy ta‘siri 
yo‗qligi bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi Suv xo‗jaligi vazirligining 
xulosasi asosida ajratilishi ko‗rsatib o‗tildi. 
Hujjatda baliqchilik xo‗jaliklari sun‘iy suv havza maydonlarida ichki 
kanal, melioratsiya va chuqurlashtirish bo‗yicha bajariladigan ishlar 
baliqchilik xo‗jaliklarining o‗z mablag‗lari;barcha kollektor va drenajlarda 
melioratsiya bo‗yicha bajariladigan ishlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Sug‗oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‗armasi 
mablag‗lari hisobidan amalga oshirilishi ham belgiladi. 
―O‗zbekbaliqsanoat‖ 
uyushmasi 
Baliqchilik 
ilmiy-tadqiqot 
institutining ilm-fan sohasini rivojlantirish, innovatsion g‗oyalar, ilmiy 
ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga 
joriy etish maqsadida 2019-yilda uyushmaning Baliqchilikni rivojlantirish 
jamg‗armasi hisobidan 1 milliard so‗m yo‗naltirilganligi ham bu sohani 
qo‗llab-quvvatlashga iqtisodiy asos bo‗ldi. 
Qarorda, O‗zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi 
fundamental, amaliy hamda innovatsion tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik 
dasturlarini shakllantirishda baliqchilik tashkilotlari suv havza er 


183 
uchastkalaridan samarali foydalanish bo‗yicha innovatsion ishlanmalar va 
zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqilishini nazarda tutuvchi ilmiy 
loyihalar kiritilishini ta‘minlashga ham alohida e‘tibor berildi. 
Eng asosiysi, O‗zbekiston Respublikasi suv xo‗jaligi vazirligiga 
baliqchilik xo‗jaliklari bilan suvdan foydalanish bo‗yicha shartnoma 
tuzilishi va ularga belgilangan suv miqdori kafolatli etkazib berilishi, 
O‗zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
davlat qo‗mitasiga-tabiiy suv havzalarini baliqlantirish ishlari, baliq 
resurslari muhofaza qilinishi va ulardan oqilona foydalanilishi hamda baliq 
ovlash qoidalariga rioya etilishi ustidan tizimli nazorat o‗rnatishga e‘tibor 
qaratish lozimligi ko‗rsatib o‗tildi. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish