O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


Seliksiya yutuqlarini huquqiy muxofaza



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

Seliksiya yutuqlarini huquqiy muxofaza 
qilishda muhim axborot kafolati bu-
seleksiya faoliyatini amalga 
oshirishning barcha bosqichlarida axborotning ochiqligi hisoblanadi.
 
Ёдда тутинг! 


179 
beriladigan moddiy rag‗batlantirish miqdorini oshirib borish, ularga 
nisbatan turli imtiyozlarni belgilash hamda huquqiy muhofaza qilish 
seleksiyaviy faoliyatni rivojlantirishga, bu esa, o‗z navbatida, qishloq 
xo‗jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishga va mamlakatning qishloq 
xo‗jaligi ekinlaridan oladigan daromadini ko‗paytirishga xizmat qiladi. 
 
5-§. Asalarichilik faoliyatini huquqiy tartibga solish 
 
Bugungi kunda qishloq xo‗jalik faoliyatining alohida turlaridan yana 
biri bu asalarichilik faoliyatidir. Asalarichilik-qishloq xo‗jaligining 
tarmoqlaridan biri bo‗lib, asalarilarni asal, mum va boshqa mahsulotlar 
(asalari suti, asalari yelimi, asalari zahari va boshqalar) olish, shuningdek 
qishloq xo‗jaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun ularni changlatish 
maqsadlarida boqishdir. 
O‗zbekiston Respublikasida 154 ming asalari oilasi (kutisi) bor. 
Ixtisoslashtirilgan asalarichilik xo‗jaliklari tashkil etilgan. Qishloq va suv 
xo‗jaligi vazirligi tizimida 48 asalarichilik xo‗jaligi (88 ming asalari 
oilasi), shu jumladan, ―Asal‖ uyushmasi (1975-96 yillarda respublika IIB) 
bor 
(1998). 
Respublikadagi 
o‗rmon 
xo‗jaligi 
korxonalarida, 
―O‗zmevasabzavotuzumsanoatxolding‖ kompaniyasi tarkibida ham 
asalarichilik xo‗jaliklari bor. Asalarichilik bilan 20-50 (90%) yoki 50-150 
(10%) quti asalarisi bo‗lgan xususiy asalchilar ham shug‗ullanadi. 
Mavsumda ikki marta – may-iyun (bahorgi) va avgust-sentyabrda (yozgi) 
asal olinadi. 1996-yilda 17,1 ming t asal, 187 t mumlarda tayyorlandi. 
Respublikada yiliga 20 ming t dan ko‗proq asal tayyorlash imkoniyatlari 
bor. Asalarilar asosan ko‗chma usulda boqiladi. 
Asalarilardan qishloq xo‗jaligi ekinlarini (g‗o‗za, mahsar, kanop, 
urug‗lik beda va boshqalarni) changlatishda foydalaniladi. Asalarilar bilan 
changlatish g‗o‗za hosildorligini o‗rtacha 5,1-5,9 s/ga oshirishi aniqlangan. 
Mazkur sohani rivojlantirish maqsadida, O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining ―Respublikamizda asalarichilik tarmog‗ini yanada 
rivojlantirish 
chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi 16-oktyabr 2017-yilgi
PQ-3327 sonli qarori
52
muhim ahamiyatga egadir. 
Unga asosan, ―O‗zbekiston asalarichilari‖ uyushmasi (keyingi 
o‗rinlarda Uyushma deb ataladi) tashkil etildi va quyidagilar Uyushmaning 
asosiy vazifalari va faoliyat yo‗nalishlari etib belgilandi: 
asalarichilik tarmog‗ini rivojlantirishga qaratilgan normativ-xuquqiy 
bazani ishlab chiqishda ishtirok etish; 
52
Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 
(
www.lex.uz
), 2017-yil 17-okyabr. 


180 
asalarichilik tarmog‗ini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni 
muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnika, texnologik, investitsiya va 
eksport siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish; 
mahalliy 
ijro 
etuvchi hokimiyat 
organlari 
va 
manfaatdor
tashkilotlar bilan hamkorlikda asalarichilik xo‗jaliklarini o‗rmon fondi 
yerlariga, tog‗ va tog‗oldi hududlariga, tabiiy pichanzor va yaylovlarga 
hamda qishloq xo‗jaligi yerlariga joylashtirishni amalga shirish; 
asalarilar 
uchun 
sun‘iy 
ozuqalar 
ishlab 
chiqarishni 
markazlashgan holda tashkil etishga ko‗maklashish va ushbu tajribani 
keng qo‗llash hisobiga asalarichilik xo‗jaliklarining ozuqa bazasini 
mustahkamlash; 
asalari kasalliklarining oldini olish, davolash va tashxis qo‗yish 
bo‗yicha zamonaviy va ilg‗or usullarni joriy etish ishlariga ko‗maklashish; 
oliy va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi, shu jumladan, xorijiy 
muassasalarda 
asalarichilik tarmog‗iga kadrlar tayyorlash, qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish 
va muvofiqlashtirishda ishtirok etish. 
Uyushma raisi va uning o‗rinbosari muassislarning umumiy 
yig‗ilishi qarori bilan saylanadi va O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi; 
Uyushmaning ijro etuvchi apparati faoliyatini moliyalashtirish 
Uyushmaga 
a‘zo 
bo‗lgan 
tashkilotlarning 
a‘zolik 
badallari 
va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga 
oshiriladi; 
Uyushmani tashkil etish hamda uning faoliyati bilan bog‗liq barcha 
xarajatlar, Uyushmaning ―Apimondiya‖ xalqaro asalarichilik uyushmalari 
federatsiyasiga a‘zo bo‗lib kirish va a‘zolik badali to‗lovlari dastlabki uch 
yil davomida AT ―Aloqabank‖ mablag‗lari hisobidan ta‘minlanadi. 
2023-yilning 1-yanvarigacha belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‗yxat 
bo‗yicha ―O‗zbekiston asalarichilari‖ uyushmasiga a‘zo tashkilotlar 
tomonidan olib kelinadigan naslli materiallar (mahsulot), asalarichilik 
sohasida qo‗llaniladigan inventarlar va uskunalar, asalari uyalarini tashish 
uchun maxsus transport vositalari va tirkamalar, asalari kasalliklari va 
zararkunandalariga qarshi qo‗llaniladigan veterinariya dori vositalari va 
preparatlar, asalari uyalari ishlab chiqarish uchun yog‗och va zarur 
materiallar, penopoliuretan, ularga yordamchi uskunalar, butlovchi 
buyumlar va ehtiyot qismlari, mumparda va mum mahsulotlari bojxona 
to‗lovlaridan (bojxona yig‗imlaridan tashqari) ozod etildi. 


181 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish