O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


Veterinariya-hayvonlarning hayoti va sog„lig„i



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

Veterinariya-hayvonlarning hayoti va sog„lig„i
muxofaza qilinishini, 
hayvonlar kasalliklari paydo bo„lishining, tarqalishining oldini olishni 
va ularni tugatishni, aholini hayvonlar va odam uchun umumiy bo„lgan 
kasalliklardan muxofaza qilishni, O„zbekiston Respublikasi hududini 
hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muxofaza qilinishini 
ta‟minlashga, hayvonlarga veterinariya xizmati ko„rsatilishini amalga 
oshirishga, shuningdek O„zbekiston Respublikasi hududining veterinar 
osoyishtaligini, 
davlat 
veterinariya 
xizmati 
nazorati 
ostidagi 
tovarlarning 
veterinariya, 
veterinariya-sanitariya 
xavfsizligini 
ta‟minlashga qaratilgan ilmiy va amaliy faoliyat sohasi tushuniladi. 


176 
4-§. Seleksiya faoliyatini huquqiy tartibga solish 
 
Bundan tashqari qishloq xo‗jalik faoliyatining alohida turlaridan 
yana biri bu 
seleksiya 
faoliyatidir.Seleksiya faoliyati jarayonida biologik 
xilma-xillikni saqlab qolish tamoyili o‗z mohiyatiga ko‗ra muhim 
ahamiyatga ega bo‗lib, bunda yangi nav va zotni yaratishga qaratilgan 
seleksiyaviy faoliyat o‗simlik va hayvonot dunyosining muayyan turlarini 
saqlashni va ularni o‗zgartishni ko‗zda tutadi. Masalan, O‗zbekistonda 
g‗o‗za seleksiyasi va urug‗chiligi bo‗yicha erishilgan yutuqlar aynan 
o‗zbek seleksiyachiligi maktabining yutuqlari bo‗lib, bugungi kunda 
mazkur sohadagi tadqiqotlar orqali g‗o‗za navlarini saqlash va ularning 
genofondini yaratish davom etmoqda.
 
Darhaqiqat, seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilishda ushbu 
asosiy qoidalar muhim rol o‗ynaydi. Mazkur tamoyillarning har biri 
seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilishning eng asosiy jihatlarini 
nazarda tutadi va ular seleksiya yutuqlarini yaratish jarayonidan boshlab 
uni amalga kiritish va undan kutiladigan natijalargacha bo‗lgan barcha 
ijtimoiy-huquqiy masalalarni qamrab olishga qaratiladi. 
Binobarin, 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining
55-moddasida er, er osti boyliklari, suv, o‗simlik va hayvonot dunyosi 
hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylik ekanligi, ulardan 
oqilona foydalanish zarur va bu boyliklar davlat muhofazasida ekanligi 
mustahkamlab qo‗yilgan bo‗lib, seleksiyaviy faoliyatni amalga oshirishda 
aynan ana shu jihatlarga e‘tibor qaratish lozim. SHu bilan birga, er 
resurslari seleksiya yutuqlarini, xususan, yangi nav va zotni yaratish uchun 
eng asosiy omil hisoblanishi hech kimga sir emas. O‗zbekiston 
Respublikasi Er kodeksining 2-moddasida ham er to‗g‗risidagi qonun 
hujjatlarining prinsiplarida erga nisbatan davlat siyosatining asosiy 
qoidalari nazarda tutilgan bo‗lib, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot erni 
asrash bilan uzviy bog‗liqlikda olib borilishi lozimligini anglatadi. Bunda 
asosiy e‘tibor qishloq xo‗jaligiga mo‗ljallangan erlarga qaratiladi. Zero, 
qishloq xo‗jaligida foydalaniladigan erlar seleksiya faoliyati olib borish 
uchun ham mo‗ljallanadi. 
Seleksiya faoliyati jarayonida biologik xilma-xillikni saqlab qolish 
tamoyili o‗z mohiyatiga ko‗ra muhim ahamiyatga ega bo‗lib, bunda yangi 
nav va zotni yaratishga qaratilgan seleksiyaviy faoliyat o‗simlik va 
hayvonot dunyosining muayyan turlarini saqlashni va ularni o‗zgartishni 
ko‗zda tutadi. Masalan, O‗zbekistonda g‗o‗za seleksiyasi va urug‗chiligi 
bo‗yicha erishilgan yutuqlar aynan o‗zbek seleksiyachiligi maktabining 


177 
yutuqlari bo‗lib, bugungi kunda mazkur sohadagi tadqiqotlar orqali g‗o‗za 
navlarini saqlash va ularning genofondini yaratish davom etmoqda. 
O‗simliklarning genofondini yaratish va saqlash munosabatlari 
O‗zbekiston Respublikasining ―Urug‗chilik to‗g‗risida‖gi Qonuni bilan 
tartibga solingan. 
Qishloq xo‗jaligi hayvonlari zotlarini yaratish munosabatlari 
O‗zbekiston Respublikasining ―Naslchilik to‗g‗risida‖gi Qonunida 
belgilangan. Bunda qishloq xo‗jaligi hayvonlarining nasllarini saqlash, 
ularning mahsuldor turlarini yaratish hamda naslchilik bevosita seleksiya 
yutuqlari bilan bog‗liqligi belgilangan.
Ta‘kidlash lozimki, yangi nav va zotni yaratishda seleksiyaviy 
faoliyatning yagona tashkiliy infratuzilmasini yaratish muhim o‗rin tutadi. 
Bu holat yangi nav va zotni yaratish, ularni amaliyotga joriy etish, qishloq 
xo‗jaligida yuqori hosildorlikka erishishda alohida ahamiyat kasb etadi.
O‗zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi seleksiya 
yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatining 
amalga oshirilishini ta‘minlaydi. 
Agentlik 
seleksiya 
yutuqlariga 
patentlar 
berish 
haqidagi 
talabnomalarni qabul qilib oladi hamda ko‗rib chiqadi, ular bo‗yicha 
rasmiy ekspertiza o‗tkazadi, O‗simlik navlari davlat reestrini hamda 
hayvon zotlari davlat reestrini yuritadi, seleksiya yutuqlariga patentlar 
beradi, talabnoma materiallari va O‗zbekiston Respublikasida ro‗yxatga 
olinib, muhofaza qilinayotgan seleksiya yutuqlari haqidagi ma‘lumotlarni 
rasmiy ravishda e‘lon qiladi, seleksiya yutuqlari to‗g‗risidagi qonun 
hujjatlarini qo‗llashga doir qoidalar qabul qiladi hamda tushuntirishlar 
beradi. 
Qishloq xo‗jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi, 
O‗zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat 
majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta‘minlanishi ustidan nazorat qilish 
inspeksiyasi (bundan buyon matnda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar deb 
yuritiladi) talabnomada ko‗rsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga 
layoqatliligini ekspertizadan o‗tkazadi. 
Seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilishda muhim axborot 
kafolati bu-seleksiya faoliyatini amalga oshirishning barcha bosqichlarida 
axborotning ochiqligi hisoblanadi. Ta‘kidlash lozimki, bugungi kunda 
seleksiya yutuqlarini yaratish biotexnologik uslublarni qo‗llash bilan 
bevosita bog‗liq. Bu esa, o‗z navbatida, noan‘anaviy xususiyatlarga ega 
bo‗lgan biologik ob‘ektlarning yaratilishiga olib keladiki, bunda axborot 
ta‘minotining kafolatlangani muhim ahamiyatga ega. Binobarin, yangi 


178 
seleksiya yutuqlari yaratilganligi to‗g‗risidagi axborot agrar ishlab 
chiqarish sohasidagi sog‗lom raqobat muhitini yaratishda muhim o‗rin 
tutadi. 
1998 yil mart oyida AQSHda "O‗simlik navining ekspress nazorati" 
deb nomlanadigan genetik texnologiya ro‗yxatga olingan. Mazkur 
texnologiyaning mohiyati shundaki, o‗simlik urug‗iga "gennisterillash" 
usuli qo‗llaniladi va olingan hosildan ajratib olingan urug‗dan ekishda 
qayta foydalanish mumkin bo‗lmaydi. Ya‘ni bunday urug‗lar faqatgina bir 
marta ekishga mo‗ljallanadi va shu urug‗ni qayta ekish uchun uni har safar 
sotib olish lozim bo‗ladi. Bunday texnologiya har qanday o‗simlikka 
qo‗llanilishi mumkin bo‗lib, bugungi kunda pomidor, makkajo‗xori, 
bug‗doy, paxta singari bir qancha o‗simlik urug‗lari ushbu texnologiya 
asosida sotiladi. 
Seleksiya yutuqlarining majburiy identifikatsiyasi tamoyili seleksiya 
yutuqlarining huquqiy maqomini belgilash va uni huquqiy muhofaza 
qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Binobarin, yaratilgan yangi nav va 
zot boshqa nav va zotdan ajralib turishi uchun uni identifikatsiyalovchi o‗z 
nomiga ega bo‗lishi lozim va seleksiya yutuqlarini fuqarolik huquqining 
o‗ziga xos ob‘ekti sifatidagi muhofazasini ta‘minlashda yordam beradi. 
Garchi, seleksiya yutuqlari mutlaq huquq ob‘ekti hisoblansada, o‗zining 
moddiy eltuvchisi bilan chambarchas bog‗liq ekanligi bilan ilmiy-ijodiy 
faoliyatning boshqa turlaridan ajralib turadi va bunda mulk huquqi 
ob‘ektlarini muhofaza qilish qoidalari ma‘lum ma‘noda qo‗llaniladi, degan 
xulosaga kelish mumkin. Shu bilan birga, seleksiya yutuqlarini
majburiy 
identifikatsiyalash 
fuqarolik 
muomalasi 
ishtirokchilarini 
shaxsiylashtiruvchi vosita (tovar belgisi, xizmat ko‗rsatish belgisi va tovar 
kelib chiqqan joy nomlari) vazifasini ham o‗taydi va muayyan nom orqali 
yangi nav va zot yaratilganini va unga nisbatan huquqlar muayyan shaxsga 
tegishli ekanligini ham anglatadi. Seleksiya yutug‗ini majburiy 
identifikatsiyalash tamoyili ―Seleksiya yutuqlari to‗g‗risida‖gi Qonunning 
13-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Seleksiya 
faoliyatida 
ilmiy 
salohiyatdan 
yuqori 
darajada 
foydalanishni rag‗batlantirish davlatning seleksiya sohasidagi siyosatining 
ustuvor jihatlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, seleksiya yutuqlarini 
yaratish va foydalanishni rag‗batlantirish, seleksiya yutug‗i muallifiga 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish