O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


  5-§. Dehqon xo„jaligi faoliyatining asoslarini tartibga solish



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

 


164 
5-§. Dehqon xo„jaligi faoliyatining asoslarini tartibga solish 
 
Dehqon xo‗jaligi o‗z faoliyati yo‗nalishlarini, ishlab chiqarish 
tuzilishi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Dehqon xo‗jaligi 
qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining qonunlarda taqiqlanmagan har 
qanday turi, shuningdek qishloq xo‗jaligi mahsulotini qayta ishlash va 
realizatsiya qilish bilan shug‗ullanishga haqli.
Dehqon xo‗jaligi o‗zi yetishtirayotgan va realizatsiya qilayotgan 
mahsulot sifatiga oid amaldagi normativ va standartlarga, ekologiyaga, 
sanitariyaga oid hamda qonun hujjatlarida belgilab qo‗yilgan boshqa talab 
va qoidalarga rioya etishi shart.
Dehqon xo‗jaliklarining xo‗jalik faoliyatiga, shu jumladan ular 
tomonidan agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turlarini 
tanlashda, uning narxini va uni realizatsiya qilish yo‗nalishlarini 
aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va 
tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‗l 
qo‗yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Bu haqda O‗zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi
O‗RQ–328-son ―Tadbirkorlik faoliyati yerkinligining kafolatlari 
to‗g‗risida‖gi Qonunining 34-moddasida ham davlat organlari, boshqa 
tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati 
subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan 
faoliyatiga aralashishga haqli emasligi to‗g‗risidagi qoida belgilangan. 
Davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va 
tashkilotlarning, 
ular 
mansabdor 
shaxslarining 
va 
fuqarolarning 
g‗ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) natijasida, shuningdek bunday 
organlar, 
tashkilotlarning, 
ular 
mansabdor 
shaxslarining 
dehqon 
xo‗jaligiga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni 
lozim darajada bajarmasliklari oqibatida dehqon xo‗jaligiga yetkazilgan 
zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda O‗zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksining 14, 15, 324-339, 985, 989 va 990-moddalariga, 
O‗zbekiston Respublikasining ―Tadbirkorlik faoliyati yerkinligining 
kafolatlari to‗g‗risida‖gi Qonunining 38-moddasida belgilangan tartibda 
qoplanishi kerak.
Yuridik shaxs tariqasida ro‗yxatga olingan dehqon xo‗jaligi tashqi 
iqtisodiy faoliyatni boshqa shakllarda xo‗jalik yurituvchi korxonalar bilan 
teng shartlarda amalga oshiradi.
Dehqon xo‗jaligi o‗zi yetishtirayotgan mahsulotga bozordagi talab va 
taklif nisbatidan kelib chiqib mustaqil ravishda baho belgilaydi.


165 
Dehqon xo‗jaliklari ixtiyoriylik asosida, shu jumladan ulushli (pay) 
asosda mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, 
moddiy-texnika ta‘minoti, qurilish, texnikaviy, suv xo‗jaligi, veterinariya, 
agrokimyo, maslahat berish yo‗sinidagi va boshqa xil xizmat ko‗rsatish 
bo‗yicha kooperativlarga (shirkatlarga), jamiyatlarga, ittifoqlarga, 
uyushmalarga va boshqa birlashmalarga birlashish, kirish huquqiga ega.
Yuridik shaxs tashkil etgan holda tuzilgan dehqon xo‗jaliklari 
faoliyatni amalga oshirish uchun kredit olishlari, boshqa yuridik va 
jismoniy shaxslarning mol-mulki va pul mablag‗larini ixtiyoriylik asosida 
va shartnoma shartlarida, shu jumladan dehqon xo‗jaliklarini kreditni 
uzishning zarur garov, sug‗urta hamda boshqa kafolatlarini ta‘minlagan 
holda imtiyozli kreditlashga jalb etishlari, shuningdek xususiy kichik 
tadbirkorlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlarning barcha 
turlaridan foydalanishlari mumkin.
Dehqon xo‗jaligi o‗ziga qarashli va ijaraga olingan ishlab chiqarish 
vositalarining, qishloq xo‗jaligi ekinzorlarining (ko‗chatzorlarining), ko‗p 
yillik dov-daraxtlarning, yetishtirilgan mahsulotning, xom ashyoning, 
materiallarning yo‗qotilishi (nobud bo‗lishi), kam chiqishi yoki 
shikastlanishi xavfini, tadbirkorlik xavfini, shuningdek shartnomalarni 
buzganlik uchun o‗zining javobgarlik xavfini ixtiyoriylik asosida sug‗urta 
qildiradi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda 
sug‗urta tovoni oladi.
Davlat qishloq xo‗jaligi mahsuloti yetishtirish va uni realizatsiya 
qilish bilan shug‗ullanuvchi dehqon xo‗jaliklarining huquqlariga rioya 
etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Davlat 
organlari 
dehqon 
xo‗jaligini 
rivojlantirish 
va 
mustahkamlashga ko‗maklashishlari lozim.
Fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari dehqon xo‗jaligiga 
berilgan yerlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradilar hamda 
yerdan samarali va oqilona foydalanilishini ta‘minlash yuzasidan zarur 
choralar ko‗radilar.
Dehqon xo‗jaligi o‗z faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi.

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish