O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


-§. Agrar qonunchilik talablarini buzganlik uchun



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

 
2-§. Agrar qonunchilik talablarini buzganlik uchun 
intizomiy javobgarlik 
 
Agrar sohada mehnat intizomini mustahkamlash bu sohadagi 
qonunchilikni ta‘minlashning samarali usullaridan biri hisoblanadi. O‗z 
mehnat burchlarini qonunga nomuvofiq ravishda bajarmaslik yoki lozim 
darajada bajarmaganligi uchun aybdor bo‗lgan xodimga ta‘sir ko‗rsatish 
vositasi sifatida mehnat qonunchiligida intizomiy javobgarlik belgilangan. 
Intizomiy javobgarlikka tortish uchun xodim tomonidan sodir qilingan 
intizomga xilof nojo‗ya xatti-harakat asos bo‗ladi. 
Agrar soha qonunchiligini buzganlik uchun 
intizomiy javobgarlik – 
bu mehnat majburiyatlari agrar sohasidagi reja va tadbirlarini amalga 
oshirish bo‗yicha o‗z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada 
bajarmaganligi uchun, shuningdek, rioya etilishi mehnat shartnomasi yoki 
ichki mehnat intizomi qoidalarida belgilangan agrar soha talablari buzilgan 
taqdirda qo‗llaniladi.
Intizomiy javobgarlik 
obyekti 
agrar sohaga oid qoida va talablar 
hamda ichki mehnat tartibi bo‗lib hisoblanadi. Intizomiy javobgarlik 
faqatgina, xodimlarning o‗z mehnat faoliyatlari davomida o‗z mehnat 
majburiyatlarini bajarmaganliklari tufayli kelib chiqadi.


90 
Intizomiy javobgarlik ichki mehnat tartibi qoidalariga binoan 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, xodimlarning aksariyat ko‗pchiligiga 
tatbiq etiladi. Maxsus intizomiy javobgarlik belgilangan xodimlar toifalari 
bundan mustasno. Umumiy intizomiy javobgarlikda mehnat intizomini 
buzganlik uchun jazo choralari, ularning qo‗llanish tartibi, ular ustidan 
shikoyat qilish va jazoni olib tashlash tartibi Mehnat kodeksida (―Mehnat 
intizomi‖ bobi) hamda Namunaviy ichki mehnat tartibi qoidalarida 
belgilangan. Intizomiy jazo ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar 
(organ) tomonidan qo‗llaniladi. 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
Mehnat 
kodeksining
42
181-moddasiga muvofiq ish beruvchi mehnat intizomini buzganligi uchun 
xodimga quyidagilar intizomiy jazo choralarini qo‗llashga haqli:
1) hayfsan; 2) o‗rtacha oylik ish haqining 30 foizidan ortiq bo‗lmagan 
miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida o‗rtacha oylik ish 
haqining 50 foizidan ortiq bo‗lmagan miqdorda jarima solish hollari ham 
nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarimani ushlab qolish 
Mehnat kodeksning 164-moddasi talablariga rioya qilgan holda ish 
beruvchi tomonida amalga oshiriladi; 3) mehnat shartnomasini bekor 
qilish.Mehnat kodeksining 100-moddasiga ko‗ra nomuayyan muddatga 
tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli 
mehnat shartnomasini ham ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish 
asosli bo‗lishi shartligi belgilanib, quyidagi sabablar, ya‘ni xodimning o‗z 
mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi hamda xodimning o‗z 
mehnat vazifalarini bir marta qo‗pol ravishda buzganligi holatlari mehnat 
shartnomasini bekor qilishning asosli ekanligini bildiradi.
Intizomiy jazo qo‗llanilayotganda sodir etilgan nojo‗ya hatti-
harakatning qay darajada ekanligi, shu hatti-harakat sodir etilgan vaziyat, 
xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi. Har bir nojo‗ya 
xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‗llanilishi mumkin. 
Mehnat kodeksining 182-moddasida belgilangan intizomiy jazolarni 
qo‗llanish tartibiga ko‗ra, intizomiy jazolar qabul qilish huquqi berilgan 
shaxslar (organlar) tomonidan qo‗llaniladi. Intizomiy jazo qo‗llanishidan 
oldin xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim. 
Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan 
nojo‗ya hatti-harakati uchun jazo qo‗llashga to‗siq bo‗la olmaydi. 
Intizomiy jazo berilgani to‗g‗risidagi buyruq (farmoyish) yoki qaror 
xodimga ma‘lum qilinib, tilxat olinadi. 
42
O‗zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.-Toshkent: Adolat, 2017. 


91 
Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‗llanilgan kundan 
boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat 
ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb 
hisoblanadi. 
Intizomiy jazoni qo‗llagan ish beruvchi tashabbusi bilan xodimning 
iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari 
iltimosnomasiga ko‗ra, jazoni bir yil o‗tmasdan oldin ham olib tashlashga 
haqli (MKning 183-moddasi). Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib 
tashlash ish beruvchining buyrug‗i bilan rasmiylashtiriladi. Mehnat 
kodeksining 189-moddasiga muvofiq, intizomiy jazo ustidan yakka 
mehnat nizolari ko‗rish uchun belgilangan tartibda hal qilinishi mumkin. 
Intizomiy javobgarlik muayyan bir aniq sharoit va vaziyatlarda 
vujudga keladi. Masalan, qishloq xo‗jalik texnikasiga ehtiyotsizlik 
natijasida shikast yetkazish yoki yerlarni muhofaza qilish va ulardan 
foydalanish qoidalarini buzish, agar ushbu qilmish uchun O‗zbekiston 
Respublikasining Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risidagi kodeksda hamda 
Jinoyat kodekslarida javobgarlik nazarda tutilgan bo‗lmasa intizomiy 
javobgarlik qo‗llaniladi. 
Intizomiy javobgarlik ko‗pincha boshqa yuridik javobgarliklardan 
farqli ravishda samaraliroq hisoblanadi hamda bu bevosita agrar sohasida 
faoliyat yuritayotgan shaxslarni ma‘muriy va jinoiy huquqbuzarliklarni 
sodir etilishini oldini oluvchi chora sifatida ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish