2-§. Naslchilik faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari
CHorvachilikda mahsuldorlikka erishish ko‗p jihatdan seleksiya-
naslchilik ishlarining nechog‗li to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilganiga bog‗liq. Shu
bois mamlakatimizda jahonning ilg‗or tajribalarini qo‗llagan holda, chorva
mollarining mahalliy zotlari genofondini saqlash, ko‗paytirish hamda
sermahsul zotlarini yaratishga jiddiy e‘tibor qaratilayapti. Shundan kelib
chiqib qishloq xo‗jalik faoliyatining alohida turlaridan yana biri bu
naslchilik hisoblanadi.
Naslchilik - seleksiya maqsadida nasldor hayvonlarni urchitish, naslli
mahsulot (material) etishtirish va undan foydalanish. Nasldor hayvonlar -
qoramollar, qo‗ylar, echkilar, otlar, tuyalar, cho‗chqalar, shuningdek
parrandalar, baliqlar, asalarilar, ipak qurti, yovvoyi hayvonlar (bundan
buyon matnda hayvonlar deb yuritiladi) va ularning naslli mahsuloti
naslchilik ob‘ektlari hisoblanadi.
Quyidagilar naslchilikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hayvonlarning nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini yaxshilash
maqsadida naslchilik resurslarini yaratish, saqlash, takror ko‗paytirish va
ulardan oqilona foydalanish;
seleksiya jarayonida foydalaniladigan naslchilik resurslarining kelib
chiqishi aniq hisobga olinishini, mahsuldorligini, tipi va boshqa sifatlari
bo‗yicha baholanishini ta‘minlash;
yangi foydali genetik belgilarga ega bo‗lgan hayvonlar olish;
seleksiya ishida jahondagi eng qimmatli genofonddan samarali
foydalanish;
172
muayyan joyga xos va mamlakatimizdagi yo‗q bo‗lib borayotgan
zotlar genofondini saqlab qolish;
mahsulot etishtiriladigan podalarda hayvonlarning nasldorlik va
mahsuldorlik sifatlarini oshirish hamda sermahsul hayvonlarni jadal
ko‗paytirish;
butun chorvachilik tarmog‗ining iqtisodiy samaradorligi va
raqobatbardoshligini oshirish.
Naslchilik ishi bilan shug‗ullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari,
korxonalar
va
xo‗jaliklar,
seleksiya
markazlari,
ippodromlar,
immunogenetik nazorat laboratoriyalari, nazorat-sinov stansiyalari,
embrionlarni ko‗chirib o‗tkazish (transplantatsiya) markazlari hamda
boshqa yuridik va jismoniy shaxslar-naslli mahsulot egalari naslchilik
sub‘ektlari hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat
majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta‘minlanishi ustidan nazorat qilish
inspeksiyasining naslchilik sohasida vakolatli organ hisoblanadi.
Ushbu inspeksiyaning vakolatlari quyidagilar:
Naslchilik zavodlari, naslchilik xo‗jaliklari va naslchilik fermalarini
davlat attestatsiyasidan o‗tkazadi;
Zotli mollardan oqilona foydalanilishi, hayvonlar va ularning
urug‗lari eksport va import qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Chorvachilikda naslchilik ishlarining hisobi yuritilishi ustidan
nazoratni amalga oshiradi;
davlat, idoraviy va xususiy sektorlardagi chorvachilikda naslchilik
ishlari bo‗yicha mutaxassislar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi,
ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
qishloq xo‗jaligi hayvonlarini zoti bo‗yicha rayonlashtirish
rejalarining bajarilishini tekshiradi;
nasldor hayvonlarning, naslchilik xo‗jaliklarining va podalarning
davlat ro‗yxatidan o‗tkazilishini, seleksiya jarayonida foydalanadigan
naslchilik resurslarining kelib chiqishi, mahsuldorligi hisobga olinishining,
turi va boshqa sifatlari bo‗yicha baholanishining ishonchliligi
ta‘minlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
chorvachilikda naslchilik ishlari xo‗jaliklariga er uchastkalari
ajratilishi va ulardan samarali foydalanilishi, omuxta em korxonalari
tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifat ko‗rsatkichlari
ustidan nazoratni amalga oshiradi;
173
naslchilik mahsulotini (materialini) etishtirish va uning texnologik
jarayonlarini tashkil etish muvofiqlashtirilishi ustidan nazoratni amalga
oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |