O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. Xalq hokimiyati rejimini ta’minlashda qonunning roli



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

4-§. Xalq hokimiyati rejimini ta’minlashda qonunning roli 
Ilgari ta’kidlab o’tganimizdek, huquqiy davlatchilik uchta muhim tamoyilga: 1) 
qonunning ustuvorligi; 2) hokimiyatlarning bo’linishi; 3) davlat bilan fuqarolarning bir-
birlari bilan o’zaro majburiyatlar asosida boglanganligiga asoslanadi. Bu eng keng 
tarqalgan nuqtai nazar, lekin shunga qaramay, bu erda ham turli variantlar bo’lishi 
mumkin. 
Oldingi bo’limda biz huquqiy davlatda hamisha ham huquqqa mos kelavermaydigan 
qonun emas, balki huquq hukmronlik qiladi, degan nuqtai nazarni himoya qilgandik. Aslida 
ham bu juda to’g’ri. Biroq, biz buni huquqiy voqelikni falsafiy qtsrok etish zarur bo’lgan 
davlat va huquq nazariyasiga tatbiqan aytgan edik. Lekin faqat nazariya haqida 
gapirmaydigan, agar faqat nazariyanigana ko’zda tutmaydigan, ya’ni yuridik amaliyotga 
ham murojaat etadigan bo’lsak, bunda aynan qonunning o’ziga murojaat qilishimizga 
to’g’ri keladi. 
Ma’lumki, haqiqatan ham huquqiy davlatni shakllantirishda albatta: mamlakat xalqi 
umumiy irodasini qonunda aks ettirishni qanday ta’minlash kerak, qonunchilik faoliyatining 
o’zining qat’iy qonuniyligi va konstitutsiyaviyligani qanday kafolatlash; qonunlarning 
bajarilishi uchun mansabdor shaxslar mas’uliyatini qay yo’l bilan ta’minlash mumkin, - 
degan savollar tugaladi. 
Bular ogir savollar. Boshqaruv demokratik shakllarining yuzaga kela boshlaganidan 
boshlaboq insoniyatning eng donishmand vakillari umumiy manfaat va o’z fuqarolarining 
umumiy irodasini shakllantirishni ta’minlovchi vositalarni qanday topish ustida bosh qotirib 
kelganlar. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, butun xalq miqyosida yagona iroda 
ma’nosida umumiy iroda hech qachon mavjud bo’lmagan va bo’lishi ham mumkin emas. 
Bitta-bittadan qo’shilib, ko’p iroda hosilasi sifatidagi xalq irodasi - bema’nilikdan boshqa 
narsa emas. Lekin baravar amal qiladigan umumiy iroda to’la ma’noda bor gap. U 
demokratik rusum-qoidalar asosida namoyon qilinadi. Shu rusum-qoidalar tufayli umumiy 
iroda, ozchilikning irodasi o’z o’rnini topadi. Chunki ozchilik umumiy irodani shakllantirishda 
qat-nashgan va, ehtimolki, dastlabki variantning o’zgarishiga ta’sir qilgan hamdir. Aynan 
shunday iroda konkret qonun-larda aks ettiriladi, ularning qonuniyligi va ustuvorligani shart 
qilib qo’yadi. 
Biroq, qonun ustuvorligi faqat uning mamlakat xalqi umumiy irodasini ifodalashi 
bilangana taqozo etilmaydi. Qonunning qabul qilinishi taomili va uning amal qilish 
tamoyillarining o’zi uni barcha boshqa me’yoriy hujjatlardan yuqoriga ko’taradi, har qanday 
huquq tizimidagi uning alohida o’rnini belgilab beradi. Faqat referendumgina umumiy 
irodaning qonunda to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) ifodalanishini ta’minlay oladi. Parlament va 
unga o’xshash vakillik organlari ham, albatta, umumiy irodani ochib borishga qodir, lekin 
uni hamisha ham ta’minlay olmaydi. Ularning ichida va tashqarisida turli mexanizmlar 
(masalan, lobbizm) vujudga kelib, umumiy manfaatlarga qarama-qarshi o’laroq xususiy 
(guruhiy) manfaatlarni amalga oshirishga yordam berishi mumkin. 
Lekin referendum - murakkab, eng muhimi juda qimmatga tushadigan tadbir. 
Buning ustiga u qonun chiqaruvchilik faoliyatining tezkorligani ta’minlay olmaydi, 
parlament esa atayin shuning uchun tashkil etilgan. Shundan kelib chiqqan holda, amaliyot 
ma’lum darajada uning salbiy faoliyati ta’sirini kamaytirishga qodir qarama-qarshi tizimni 
yarat-di. Bu tizim nomma-nom ovoz berish, konstitutsiyaviy nazorat, Prezident, davlat 
boshligining faoliyatidan iborat. 
Yana bir narsa. Huquqiy davlatda qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar ularsiz 
ishlab bo’lmay qolgandagana qabul qilinadi. Zero, me’yoriy-huquqiy boshqarishdan xoli 
ijtimoiy hayot qanchalik keng bo’lsa, huquqiy davlat tayanchlari shunchalik mustahkam 
bo’ladi. Me’yoriy hujjatlar inflyatsiyasi (dadrsizlanishi) huquqiy emirilishga olib keladi, 


249 
qonunchilikni ko’zga qiyin tashlanadigan qilib qo’yadi. 
Qonunning kuch-qudrati fuqarolarning uning talablariga rioya etish zaruratiga 
ishonchlariga bog’liq. Biroq, me’yoriy farmoyishlar fuqarolar tomonidan hamisha ham avto-
matik suratda o’zgartirilavermaydi. Ular manfaatlariga mos keladigan huquqiy me’yorlar 
hammadan engal qabul qilinadi, huquqqa qarshi qaratilgan harakatlarga nisbatan tiyib 
turuvchi ta’sir ko’rsatadi yoki tashabbuskor ijobiy harakat-larga rag’batlantiruvchi xizmatni 
bajarishga qodirdir. Lekin shu bilan birga sub’yektlarning me’yoriy farmoyishlarni bajarish 
bo’yicha harakatlarini baholash qiyin bo’ladi. 
Qonun chiqaruvchi endilikda qonun taqdiri ustidan darhol hukm chiqarish 
imkoniyatidan mahrum. Hamma vakolatlar qonunni qo’llanish bo’yicha maxsus vakolatga 
ega bo’lgan muassasalar va mansabdor shaxslar ixtiyoriga topshiriladi. Shuning uchun 
huquqni qo’llanuvchi muassasalarda ijro intizomining yo’qligi qonunlarni samarali amalga 
oshirishda eng katta to’siq bo’lib qoladi. Qonunchilik talablarini bajarishdagi tang vaziyatlar 
ko’pincha sovuqqonlik, faoliyatsizlik, loqaydlik oqibatida undan ham ko’proq - mansabdor 
shaxslar sodir etadigan suiiste’molliklar natijasida yuzaga keladi. Xuddi shuning uchun ham 
Prezidentimiz Oliy Majlisning to’rtinchi sessiyasida so’zlagan nutqida mana shu muhim 
jihatga e’tiborni jalb etishni zarur deb topdi. Jumladan u shunday dedi: «... men bugun 
huquqiy davlatning eng asosiy talabi - davlatimizda qonunlarni amalga oshirishga, 
qonunchilikni ta’minlashga safarbar etilgan kishilarning ularni aniq va ogashmay ijro 
etishini talab qilish to’g’risida alohida gapirmoqchiman. Men hokimiyat tuzilmalari, huquqni 
muhofaza etish, sud va nazorat organlarini nazarda tutyapman ... 
Agar shunday bo’lmasa, agar o’sha organlar yoki mansabdor shaxslarning o’zlari 
qonunlarni oyoq osti qilsa, mazkur qonunlarning o’zi obro’sizlanadi, yanayam to’g’rirog’i, 
jamiyatning ma’naviy asoslariga putur etadi».
24
Turli sub’yektlarning taqtsim etilgan qonunlarga munosabatini bilish huquqiy davlat 
qonun chiqaruvchisi uchun juda muhim. Qabul qilinayotgan qonunlarga aholining 
munosabati to’g’risidagi axborot qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish uchun 
zarurdir. 
Qonunga nisbatan norozilikning jamiyatda keng tarqalgan quyidagi holatlari 
isbotlangan. Birinchidan, murakkab marosimlarni ko’zda tutgan me’yorlar amal qilgan 
holatda. Ikkinchidan, yangi qoidalar bilan faoliyati siqilgan shaxslar tor doirasining yangi 
qonun qoidalariga faol qarshiligi. Sobiq SSSRda 1985 yilgi alkogolga qarshi kampaniya 
bunga misol bo’la oladi. Uchinchidan, yangi me’yorlarga aholi ko’pchiligining qarshiligi eng 
jiddiy vaziyat bo’lib, bu holatda biz huquqiy nigilizmga duch kelamiz. Qonun chiqaruvchiga 
nisbatan xalq ishonchiga putur etishi hamda qonunlar o’zining sifati pastligi huquqqa 
nigilistik qarashlarning birlamchi sabablaridan hisoblanadi. Boz ustiga, qonun hujjatlari 
hajmining, hujjatlarning ko’p mikdorli qatlamlarining haddan tashqari shishirilishi hamda 
bir turli masalalarning huquqiy muvofikdashtirishdagi ziddiyatlar to’la tartibsizlikka yaqin 
chalkashlyklarni keltirib chiqaradi. 
Albatta, demokratik davlatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini poymol etuvchi 
konstitutsiyaga qarshi qonunlarning paydo bo’lish ehtimoli juda oz, bunday qonunlar paydo 
bo’lgan taqdirda ham ularning amal qilishiga konstitutsiyaviy sud tomonidan to’siq 
qo’yiladi. Lekin o’z-o’zidan puxta o’ylanmagan, shoshma-shosharlik bilan tayyorlangan 
qonun paydo bo’lishi mumkin. Natijada qonun hujjatlari matnlarida ochiq-oydin qarama-
qarshiliklar va anaxronizmlar hosil bo’ladi, ommaviy ongda esa, qonun chiqaruvchining 
maqsadlarini tushunish etishmaydi. 
Aynan shuning uchun Oliy Majlisning oltinchi sessiyasida «...talay muhim qonunlar 
tegishli qonun hujjatlari bilan mustahkamlanmagan, qabul qilingan huquqdi me’yorlar va 
24
Karimov I.A, Bunyodkorlik yo’lidan. 4-tom, T., «O’zbekiston» 1996. 184-bet. 


250 
kafolatlarni ro’yobga chiqarishning aniq mexanizmi etarli darajada ishlab 
chiqilmagan»
25
ligiga e’tibor qaratildi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish