O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


  3-§. Roman-german huquq oilasi



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 


218 
3-§. Roman-german huquq oilasi 
Roman-german huquq oilasiga Ovrupo qitasida Rim kanonik huquqi va mahalliy 
an’analar asosida yuzaga kelgan huquq tizimlari kiritiladi. U Rim huquqini italyan, fransuz 
va nemis universitetlarida o’rgatish asosida XII-XVI asrlarda Yustinian qonunlari to’plami 
asosida shakllangan, ko’pgana Ovrupo davlatlari uchun umumiy bo’lgan yuridik fanni 
o’rganish asosida yuzaga keldi. «Rim huquqi retsepsiyasi» nomini olgan jarayon yuz berdi. 
Boshida bu retsepsiya nazariy shaklda edi. Rim huquqi bevosita qo’llanilmasdan, uning 
mohiyati, rivojlangan tizimi, ichki mantiqi, yuridik texnikasi o’rganilar edi. Xuddi shu narsa 
Ovrupo davlatlarining huquqiy tizimlarida ma’lum bir o’xshashlikka olib keldi. Shu 
yo’nalishda kanonik huquqning ta’siri ham ko’zga tashlanadi. Milliy kodifikatsiyalash 
huquqqa aniqlik va ravshanlik berdi, uning amaliy ishlatilishini ancha osonlashtirdi va 
kontinental Ovrupoda vujudga keyagan huquq normasi va umuman huquqni tushunishning 
mantiqan tugallanishi bo’lib maydonga chikdi. Ular roman-german huquq oilasining bir 
butun holat sifatida shakllanishini tugalladi. 
Roman-german huquq oilasi uchun yozma huquqning mavjudligi, huquq 
asoslarining bir butun ierarxik tizimi, uning ommaviy va xususiy huquq sohalariga 
bo’linishi, shuningdek huquq tizimlarining sohalarga bo’linishi xosdir. Roman-german 
huquqi oilasidagi barcha mamlakatlar huquqi uchun uni tizimlashtiruvchi xususiyati - ozmi-
ko’pmi bir xil huquq tamoyillarining yakka tizimi umumiy sanaladi. Bu mamlakatlarning 
barchasida yozma konstitutsiyalar mavjud bo’lib, ulardagi normalar orqali oliy yuridik nufuz 
tan olinadi. Ko’pchilik davlatlarda bu nufuz odatdagi qonunlarning konstitutsiyaga mosligi 
yuzasidan sud nazoratini o’rnatish bilan mustahkamlanadi. Konstitutsiyalar turli davlat 
organlarining qonunchilik vakolatlarini belgilaydi va shu vakolatga muvofiq turli huquq 
manbalarini darajalashtirishni o’tkazadi. 
Roman-german yuridik nazariyasi va qonunchilik amaliyoti odatdagi qonunning uch 
turini farqlaydi: to’plamlar, maxsus qonunlar (davriy qonunchilik) va normalarning 
to’plangan matnlari. 
Ko’pchilik kontinental mamlakatlarda fuqarolik (fuqarolik yoki savdo), jinoyat, 
fuqarolik protsessual, jinoyat protsessual kodekslari va boshqa ba’zi bir qabul qilingan 
qonunlar amal qilayapti. 
Odatdaga qonunchilik tizimi ham ancha kengaytirilgan. Qonunlar ijtimoiy 
munosabatlarning alohida sohasini tartibga soladi, masalan, hissadorlik qonunlari. Har bir 
mam-lakatda ularning soni juda ko’p. Roman-german huquqi manba-lari orasvda qonunga 
binoan qabul qilingan aktlarning, reglamentlar, ma’muriy farmoyishlar, vazirlar dekretlari 
va hokazolarning roli katta va bu rol yanada ortib bormokda. 
Roman-german huquqi manbalari tizimida odat huquqi o’ziga xosdir: u faqat 
qonunga qo’shimcha sifatida harakat qilib qolmasdan, balki «qonundan tashqari» ham 
amal qila oladi. Shunday holatlar bo’ladiki, odatlar «qonunga qarshi» bo’lib qoladi. 
Masalan, Italiya navigatsiya huquqida dengiz odati fuqarolik kodeksi normasidan ustun 
kelib qoladi. Bugungi kunda odat ba’zi istisnolarni e’tiborga olmaganda, mustaqil huquq 
manbai xususiyatini yo’qotdi. 
Sud amaliyoti holatining ancha qarama-qarshi ekanligini ko’rish mumkin. Lekin 
shunga qaramay, sud amaliyotini yordamchi manbalar qatoriga qo’shish mumkin emas. 
Birinchi navbatda bu «kassatsion pretsedent» bilan bog’liq. CHunki kassatsion sud - oliy 
pogonadir, shunda «oddiy» sud qarori masalan, qiyoslash yoki umumiy tamoyillarga 
asoslangan, kas-satsion bosqichini o’tib, shunga o’xshash ishlarni hal qilishda boshqa 
sudlar tomonidan farqli pretsedent deb qaralishi mumkin. 
Roman-german huquqi tizimida, shu huquq oilasi qurilishining asosiy tamoyillarini 
ishlab chiqqan doktrina alohida o’rin egallaydi. Doktrina qonunni tayyorlash faoliyatida 


219 
ancha muhim rol o’ynaydi. U huquqni qo’llash faoliyatida qonunlarni sharhlash ham 
ishlatiladi. 
Halqaro aloqalarning rivojlanishi bilan milliy huquqiy tizimlar uchun xalqaro huquq 
katta ahamiyatga ega bo’lmokda. Ba’zi bir davlatlarda xalqaro shartnomalarga, ichki 
qonunlarga nisbatan, katta yuridik kuch berilmokda. GFR ning 1949 yildagi 
Konstitutsiyasida «xalqaro huquqning umumiy tamoyillari» qonunga nisbatan ustunlikka 
egaligi to’g’ridan-to’g’ri aytiladi. Shunday qilib, ierarxiya tizi-mining yagona chizmasi 
doirasida aksentlarning mohiyat aralashuvi bo’lsada, roman-german oilasiga kiruvchi 
davlatlar uchun bunday chizmalar xosdir. Xuddi shunday huquqiy tizim haqida uning 
sohalarga bo’linishini aytish mumkin. 
Roman-german oilasiga kiruvchi barcha davlatlarda huquqni ommaviy va xususiyga 
bo’lish tan olinadi. Bunday bo’linish umumiy xarakterga ega va oxirgi paytlarda o’zining 
avvalgi ahamiyatini yo’qotdi. Eng umumiy ma’noda shuni aytish mumkinki, ommaviy 
huquqqa davlat organlari maqomi va faoliyati tartibini belgilaydigan va individ bilan 
davlatning munosabatlarini belgilaydigan soha va insti-tutlar tegishlidir. Xususiyga esa, 
shaxslar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan soha va institutlar tegishli. Har bir 
bu ikki sohaga turli davlatlarda deyarli bir xil sohalar mos keladi. Lekin, masalan, GFRda 
ommaviy va xususiy huquq o’rtasidagi bo’linish, Fransiyadagiga nisbatan unchalik 
sezilmaydi, umumiy, ma’muriy va konstitutsiyaviy adliya organlarini tashkil qilish vakolatida 
Fransiyadagiga nisbatan boshqacha aksini topgan. 
Turli Ovrupo davlatlari huquqining roman-german huquq oilasiga mansubligi milliy 
huquqiy tizimlar o’rtasidagi ma’lum farqlarni istisno qilmaydi. Shuni eslatib o’tamizki, bir 
tomondan fransuz huquqi, ikkinchi tomondan german huquqi shu modelga xizmat 
qilishdiki, buning asosida roman-german huquq oilasi ichida ikkita huquq guruhi ajratiladi: 
roman guruhi; bunga Belgiya, Lyuksemburg, Niderlavdiya, Italiya, Portugaliya, Ispaniya 
kiradi, german huquq guruhi, unga Avstriya, Shveytsariya va boshqa davlatlar te-gashli. 
Roman-german huquqi oilasida fransuz huquqida eng kuchli deb tanilgan «rim (roman) 
huquqi» «german huquqi» guruhidan farq qiladi, «german huquqi»ga german huquqi fani 
ancha ta’sir ko’rsatgan. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish