O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. Yuridik tipologaya va tasniflash



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
2-§. Yuridik tipologaya va tasniflash 
«Tipologiya» va «tasniflash» tushunchalari aynan o’xshash emas. Tasniflashga 
nisbatan tipologiya kengroq tushuncha. U barcha bo’ganlari umumiy rivojlanish 
qonuniyatlariga ega bo’lgan sifatiy o’xshashlik yig’indisini e’tiborga oladi. Mohiyatan 
tipologaya bilan tasniflashning aloqasi umumiy va maxsus birlik sifatida ko’rsatilishi 
mumkin. Tipologaya tasniflashga tayanadi, mantiqan bilish jarayoni undan keyin keladi, 
uning kamchiliklarini bosib o’tadi, bu ma’noda uning to’g’ridan-to’g’ri davomi hisoblanadi. 
Dunyo miqyosidagi tipologiyada hozirga zamon huquqiy tizimlari huquqning ma’lum 
tarixiy tipiga tegishliligicha qarab aniqlanadi. Uning tuzilishi uchun ishlatiladigan mezon 
tegishli ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar tomonidan berilgan huquqiy tizimlar mohiyatini 
e’tiborga oladi. Shunday qilib, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzum tipologik mezon deb 
xisoblanishi va u hozirgi zamon huquqiy tizimlarining dunyo miqyosidagi tipologiyasi, ya’ni 
huquqning tarixiy tipla-rini tuzish uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. 
Hozirgi zamon huquqiy tizimlarining dunyo miqyosidagi tipologiyasi shu muhim 
narsani qayd qiladiki, busiz huquqning tarixiy tipi mavjud bo’lmaydi va bo’lishi ham 
mumkin emas. U huquqiy tizimlarni turli shakl va ko’rinishlarda bo’ladigan tegishli ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyalarning tarkibiy qismi deb ta’riflaydi. 
Yuridik tipologiya muammosi umumiy va maxsus munosabat-lar bilan hal etilmaydi, 
shuningdek oraliq sifatidagi daraja ham mavjud, usiz hozirgi zamon huquqiy tizimparini 
o’rganib bo’lmaydi. U hozirga zamon huquqiy tizimlarini umumiy va xususiy o’rganishda 
o’zaro aloqadorlik sifatida falsafiy tushunchalarni ko’llashni ko’zda tutadi. Bu erda so’z uch 
tomonlama aloqa, ya’ni huquqning tarixiy tipi - dunyo miqyosidagi tipologiya natijasi, 
huquqiy oilani tasnifyaash natijasi va muayyan milliy huquqiy tizim haqida boradi. Har bir 
milliy huquqiy tizimda, birinchidan, barcha huquqdy tizimparga, umuman, huquqqa tegishli 
huquqning umumiy belgilari; ikkinchi-dan, ularning ayrimlari bilan huquqning ma’lum bir 
tarixiy doirasida birlashuvchi xususiyatlar (tipologik belgilar), uchinchidan, huquq oilasi va 
huquq guruhi doirasida birlashuvchi xususiyatlar va nihoyat, faqat tegishli milliy huquqiy 
tizimlargagana xos bo’lgan xususiyatlar aniqlanadi. 
Yuridik tipologaya doirasida turli huquqiy tizimlarni muayyan-tarixiy, yuridik-
texnikaviy va boshqa xususiyatlari jihatdan tasniflash an’anasi mavjuddir. 
Ma’lumki, huquqiy tipologayaning ikkala turi uchun ham o’zaro aloqa, 
shartlashilganlik, bir-birini o’zaro to’ldirib turishlik xos bo’lsada, ular bir-biriga qarama-
qarshi qo’yilmasligi kerak. Bunda umumiy tipologaya uning ichidagi tasniflash uchun 
metodologik asos rolini bajaradi, oxirgisi esa konkretlashtiradi va u yoki boshqa huquqning 
tarixiy tipi doirasida huquqiy tizimlarning eng muhim umumiy belgilarini ma’lum ma’noda 
shakllantiradi. 
Tasniflash umumiy tipologiyaning o’ziga xos xususiyatlari bilan o’zaro aloqadorligini 
hisobga olmasligi mumkin emas, va aksincha. Umumiy tipologiya bilan huquqiy 
tizimlarning tasniflash birligidagina dunyo huquqiy xaritasi haqida umumiy tushuncha olish 
mumkin. 
Tasniflash huquqiy tizimlar darajasida ham, huquqning etakchi sohalari darajasida 


216 
ham bo’lishi mumkin.
Hozirgi zamon huquqiy tizimlari tasnifini huquq oilalari tizimi, huquq guruhlari va 
alohida milliy huquqiy tizimlar tuzilishi bo’yicha murakkab deb qaramoq lozim. Har bir 
huquq oilasi tarkibida yana ko’p mayda tasniflarni ko’rish mumkin va, o’z navbatida, ularni 
ham bir nechta huquq guruhlariga bo’lish mumkin. Masalan, roman-german huquq oilasida 
fransuz huquqi va german huquq guruhi, umumiy huquq oilasida ingliz huquqi guruhi va 
Amerika huquq guruhi ajratiladi. 
Akademik V.Knapp bunday tasniflashni keltiradi. Masalan, u roman-german huquq 
oilasida quyidagi huquq ti-zimlarini farqlaydi: fransuz huquqi, avstriya huquqi, german 
huquqi, shveytsariya huquqi, skandinaviya mamlakatlarining huquqi, huquqning aralash 
tizimi, kanonik huquq
1

Hozirgi zamon asosiy huquqiy tizimlarini tasniflashda yurist «etti o’lchab bir kes» 
qabilida ish tutishi kerak va, avvalo, huquqiy tizimlarning uncha ko’p bo’lmagan soni bilan 
chegaralanishi lozim. Agar kimda-kim tasniflashda butun er sharidagi huquqiy tizimlarni 
ishlatmoqchi bo’lsa, u empirik material ogarligani torta olmay qoladi. Bugungi kundagi 
hozirgi zamon huquqiy tizimlarining eng mukammal ro’yxati qiyosiy huquqning xalqaro 
qomusida keltirilgan. Biroq bu erda ham dunyodagi barcha huquqiy tizimlar qamrab 
olingan emas. 
Shunisi qiziqki, yurist, avvalo, huquqiy tizimlarning bosh bo’g’inini aniqlashi, so’ng 
ularning keyingi jugrofiy tarqalishini aniqlamogi lozim. Agar dunyo huquqiy xaritasiga nazar 
tashlansa, shuni ko’rish mumkinki, er sharining uchdan ikki qismi roman-german va ingliz 
umumiy huquqdaridan kelib chiqadigan huquqiy tizimlar asosida yashamoqda. 
Tasniflash asosi bo’lib birinchidan, ancha keng yoki aksincha juda tor ilk jug’rofiy 
doira xizmat qilishi mumkin. Ikkinchidan, mezonlar emas, balki tarixiy xarakterda ham 
bo’lishi mumkin. Va, nihoyat, bu vazifani yuridik ins-titutlar va huquq sohalari ham 
bajarishi mumkin. Umuman, hozirgi zamon huquqiy tizimlarini keng doirada tasniflashda 
ishlatiladigan mezonlar turli xil omillarni, ya’ni etnik, madaniy, jug’rofiy, diniy omillardan 
boshlab «huquqiy texnika», «huquq uslubi»gacha hisobga olishi mumkin. Shu bois, yurist 
olimlar qancha bo’lsa, tasniflashlar ham shunchalik ko’p. 
Hozirgi zamon huquqiy tizimlarini tasniflashni ikkita asosiy yo’nalishga bo’lish 
mumkin. Tabiiyki, shartli ravishda ulardan har biri o’z navbatida o’ziga xos ma’lum 
xususiyatlarga ega bo’lgan bir qancha turlariga ega.
Birinchi yo’nalish fransuz olimi R.Davidning asarlarida o’z aksini topgan. Uch tomlik 
asarida olim uchta «huquq oilasi» (roman-german, ingliz-sakson, sotsialistik)ni ajratib 
ko’rsatadi va ularga dunyo xaritasining beshdan to’rt qismini o’z ichiga oladigan va «diniy 
va an’anaviy tizimlar» deb nomlangan butun yuridik dunyo tutashadi
2

Bunday tasniflashga ikkita mezon, ya’ni mafkuraviy (bunga R.David diniy, falsafiy, 
iqtisodiy va ijtimoiy omillarni kiritadi) va yuridik texnika mezoni asos bo’ladi. O’z navbatida, 
ularning ikkalasini ajratgan holda emas, balki umumlashtirgan holda foydalanish zarur. 
Zamonaviy yuridik fanda R.Davidning tasniflashi mashhur. Masalan: fransuz 
universitetlarida «Hozirgi zamon asosiy huquqiy tizimlari» o’quv fanining o’qitilishi xuddi 
shu tasnif asosida olib boriladi. 
Ikkinchi yo’nalishning ko’zga ko’ringan vakili nemis yuristi K.TSvaygert hisoblanadi. 
Tasniflashga besh omil, ya’ni: 
1) huquqiy tizimning paydo bo’lishi va taraqqiyoti; 
2) yuridik fikrlashning o’ziga xosligi; 
3) o’ziga xos huquqiy institutlar; 
1
Qarang: В. Крупные системи права в современном мире. Сравнительное правоведение. М., 1978. 228-231 betlar. 
2
Давид Р. Основние правовые системи современности. М., 1988. 39-48-betlar. 


217 
4) huquq manbalari va ularni sharhlash usullari; 
5) mafkuraviy omillarni nazarda tutuvchi «huquqiy uslub» («huquq uslubi») mezon 
bo’lib xizmat qiladi. 
Shu asosda K.TSvaygert sakkizta «huquqiy doira»; roman - german, skandinav, 
ingliz-amerika, sotsialistik, islom huquqi, hind huquqini farqlaydi. 
Asosiy huquqiy oilalarni ajratish uchun bir-biri bilan o’zaro bog’liq uchta mezon: 
1) huquqiy tizimlarning kelib chiqishi; 
2) huquq manbalari tizimi; 
3) huquqiy tizimlar tuzilishi, etakchi huquqiy institutlar va huquq sohalari muhim 
hisoblanadi. 
Huquq asoslarining shakl, tizim va ierarxiyasi huquqiy oilaning holatini tavsiflaydi va 
ularni tasniflashning muhim mezonini o’zida ifodalaydi. Agar roman-german huquq oilasi 
yozma kodifikatsiyalashgan huquq, ya’ni qonunlarda o’z ifodasini topgan normalar 
yig’indisidan iborat bo’lsa, bunda doimiy va keng norma ijodkorligi qonunlarga 
birkitiladigan umumiy tamoyillarga yo’l topadi. Ingliz-amerika umumiy huquqi esa 
kontinental huquq tizimidan shu ma’noda farqlanadiki, uning asosida sud pretsedenti 
yotadi: u o’zida majmualashtirilmagan huquqiy tizimni ifoda etadi. 
Har bir huquq oilasi manbalari tizimi, avvalo, tari-xiy rivojlanishning o’ziga xosligi 
bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan skandinav huquqi asoslari alohida qiziqish 
uyg’otadi. Mana yuz yildan ortiq vaqt davomvda ko’pchilik qonunchilik aktlari bu erda 
skandinav davlatlari hamkorligi natijasida qabul qilinadi. Agar ilgari bu qonunchilik 
hamkorligi faqat xususiy huquqqa tegishli bo’lsa, endi u butun ommaviy huquq sohasini 
ham qamrab oladi. 
Huquq manbalari tizimining tarixiy rivojlanish xususiyatlarini yuridik fikrlash obrazi 
deb ataladigan holat ham belgilaydi. Masalan, roman-german yuristi uchun tushu-narli 
yondashish, tushunarli tuzilishga, hamma huquq sohalarini to’la tizimlashtirishga intilish va 
mantiqiy aloqalarni mantiqan ko’rib chiqish xosdir. Ingliz yuristi o’zini umumlashtirish va 
mavhumpashtirish bilan ovora qilib o’tirmaydi. U o’z tajribasiga asoslanib, o’z ishini yaxshi 
va muvaffaqiyatli tashkil qilishi mumkin. 
Huquqiy tizimlarni tasniflashda umuman huquq sohalari o’rnini, ayniqsa, 
konstitutsiyaviy, fuqarolik, savdo, jinoiy, protsessual kabi etakchi sohalarini e’tiborga 
olmog’i lozim. Bir xil huquqiy tizim huquqning qaysi sohasi mezon sifatida olinishiga qarab, 
turli huquq oilasiga kiritilgan bo’lishi mumkin. Masalan, xususiy huquq asosida ishlab 
chiqilgan tasniflashda Lotin Amerikasi davlatlari huquqiy tizimi ba’zi bir farqlanishi bilan 
roman-german huquq oilasiga mansubligi seziladi. Lekin konstitutsiyaviy huquq asosidagi 
tasniflashda bu mamlakatlarning ko’pchiligi umumiy huquq tizimidaga Amerika huquqi 
guruhdga kiritiladits 
Skandinav huquq tizimi esa roman-german huquq tizimiga mansub. Bu erda xususiy 
huquq bilan ommaviy huquq o’rtasidagi chegara ozroq aniqlikka egaligi hisobga olinsa, u 
holda u «umumiy huquq»qa yaqinrokdek tuyuladi. 
Shunday qilib, uchta o’zaro bog’liq mezonlar orasidan quyidagi sakkizta asosiy 
huquq oilasini ajratish mumkin: 
roman-german huquq oilasi, Lotin Amerikasi huquq oilasi, umumiy huquq oilasi, 
skandinav huquq oilasi, musulmon huquq oilasi, hindu huquq oilasi, odat huquqi oilasi, 
Uzoq Sharq huquq oilasi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish