O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
5-§. Yuridik faktlar 
Barcha ijtimoiy hayot hodisalari singari huquqiy munosabatlar ham dialektik 
qonuniyatlarga itoat etadi. Insonlar o’rtasidagi aloqalarning yuridik shakli bo’lmish huquqiy 
munosabatlar paydo bo’lib, o’zgarib, barham topib turadi. 
Huquqiy munosabatlar yuridik normalar asosida kelib chiqadi. Biroq huquqiy 
normalar o’z-o’zidan, bevosita huquqiy munosabatlarni paydo qilmaydi. Normalar faqatgina 
huquqiy munosabatlar vujudga kelishining shartlarini, holatlarini va mezonlarini belgilab 
beradi. Huquqiy munosabatlarning mavjud bo’lishi yuridik faktlar, deb ataluvchi muayyan 
hayotiy hodisalar bilan bog’liq. Yuridik faktlar huquqiy munosabatlarning zaruriy sharti, 
konkret talabi sifatida maydonga chiqadi. 
Xo’sh, yuridik fakt degani qanday hodisa? Turmushdagi barcha voqeliklar mana 
shunday hodisalar hisoblana oladimi? Chamasi, yo’q. Hayotda turli-tuman faktlar, holatlar, 
shart-sharoitlar bor. Ammo ularning hammasi ham yuridik fakt maqomiga ega 
bo’lavermaydi. Muayyan hodisa va holatlarni yuridik fakt, deb e’tirof etish davlatning 
xohish-irodasiga bog’liq. Yuridik fakt huquqiy munosabatni keltirib chiqaradi, tomonlarda 
huquq va majburiyat tug’diradi. Huquqiy normalar ta’sirida u yoki bu hayotiy holatlar 
yuridik faktga aylanadi. 
Demak, 
yuridik faktlar 
- huquqiy normalar asosida huquqiy munosabatlarni 
vujudga keltiruvchi, o’zgartiruvchi va barham toptiruvchi hayotiy hodisalardir. 
Yuridik faktlar huquqiy tizimda, huquqiy tartibga solish mexanizmida muhim rol 
o’ynaydi va katta ahamiyat kasb etadi. Ular huquqiy norma bilan konkret huquqiy 
munosabat o’rtasidagi bog’lovchi bo’g’indir. 
Yuridik faktlar huquqiy normalar va huquqdorlik (huquq sub’yekti), sub’yektiv huquq 
va yuridik majburiyat bilan mushtaraklikda huquqiy munosabatlarning zaruriy sharti 
hisoblanadi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga muvofiq, 


169 
har kim bilim olish huquqiga ega. Fuqaroning oliy o’quv yurtiga kirib o’qish huquqi amalga 
oshishi uchun u balog’at yoshiga yetganlik hamda muomala layoqatiga egalikdan tashqari 
tegishli yuridik fakt mavjud bo’lishi lozim. Bu yuridik fakt - kirish imtihonlarini 
muvaffaqiyatli topshirish va buyruq bilan o’quv muassasasiga qabul qilinishdir. Ana 
shundagina talaba bilan o’quv yurti ma’muriyati o’rtasida huquqiy munosabat kelib chiqadi. 
Yuridik faktlar huquq normalarida nazarda tutiladi, mustahkamlanadi. Aytaylik, 
nikohni FXDYo (ZAGS) idoralarida ro’yxatdan o’tkazish fakti yuridik faktdir, chunki bu holat 
Fuqarolik kodeksi va Oila kodeksida mustahkamlangan. Ayni vaqtda, masjidda ham nikoh 
o’qitish faktlari (urf-odati) mavjud. Biroq, bu fakt qonunda nazarda tutilmagan. Shu bois u 
yuridik fakt bo’la olmaydi. 
Yuridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo’linadi. 
1) Yuridik faktlar ular keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlarga qarab: 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish