O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. Sub’yektiv huquq va yuridik majburiyatlar



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
3-§. Sub’yektiv huquq va yuridik majburiyatlar 
Huquqiy munosabat uning ishtirokchilarida o’zaro sub’yektiv huquq va majburiyatlar 
mavjud bo’lishi bilan tavsiflanadi. Sub’yektiv huquq va yuridik majburiyatlar huquqiy 
munosabatlarning mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Zero, ularni o’zaro' bog’liqlikda tahlil 
etish orqali huquqiy munosabatning tabiati, maqsadi va yo’nalishi xususida tasavvur hosil 
qilish mumkin. 
Sub’yektiv huquq 
- huquqdor (vakolatli) shaxsning huquq normalari doirasida 
hamda konkret yuridik faktlar asosida vujudga keluvchi xatti-harakati, fe’l-atvorining 
me’yoridir. Shuningdek, sub’yektiv huquq - huquqiy munosabat ishtirokchilarining tegishli 
huquq normasiga asosan unda ko’zda tutilgan harakatni sodir qilishga haqli ekanini yoki 
7
Qarang: Краткий словарь иностранных слов. -М., 1952, 111-bet. 


166 
ulardan ma’lum harakatlarni amalga oshirilishini talab qilish vakolatiga ega ekanliklarini 
bildiradi. 
Sub’yektiv huquqning mazmunini aks ettiruvchi jihat 
huquqiy vakolat hisoblanib, u 
uch xil bo’ladi: 
a) 
o’z xatti-harakatlarini amalga oshirish yuzasidan bo’lgan huquqiy 
vakolatlar. 
Bunga misol: mulkdor o’ziga tegishli bo’lgan mulkka nisbatan egalik qilish, 
foydalanish va tasarruf etish huquqlariga ega ekanligidir (bular mulk huquqini tashkil 
etuvchi jihatlar hisoblanadi); o’z harakatlarini sodir etish huquqi huquq normalari yoki 
boshqa shaxslarning sub’yektiv huquqlari bilan cheklanishi mumkin; 
b) 
o’zgalarning xatti-harakatiga bo’lgan huquqiy vakolat. 
Bunda sub’yektiv 
huquq javobgar shaxs tomonidan muayyan harakatlar sodir etilgan taqdirdagina amalga 
oshadi. Masalan, qarz shartnomasi bo’yicha pulni qaytarishni talab etish huquqi; 
v) 
talab tarzidagi huquqiy vakolat. 
Bu vakolatli davlat idorasiga murojaat etib, 
muayyan majburiyatning bajarilishini talab etish imkoniyatidir. Masalan, sudga murojaat 
etib, aliment to’lanishini talab qilish huquqi. 
Shunday qilib, sub’yektiv huquqning amalga oshishi huquqiy vakolat egasi bo’lgan 
shaxsning ixtiyori, istagi va irodasiga bog’liqdir. 
Sub’yektiv huquq hamisha erkinlik (ozodlik) bilan uzviy talqin etiladi. U - erkinlik 
me’yori. Mabodo, erkinlikning bu me’yori nolga teng bo’lsa, har qanday munosabat o’zining 
huquqiy tabiatini yo’qotadi
8
. Basharti, sub’yektiv huquq o’zga shaxs yoki tashkilot 
tomonidan buzilsa, huquqiy vakolat sohibida zavol topgan huquqini muhofaza etilishini 
talab qilib, murojaat etish imkoniyati paydo bo’ladi. Mazkur vaziyatda davlatning 
qo’riqlovchi mexanizmi harakatga keltiriladi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish