O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Qonun normativ-huquqiy aktlar tizimida



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Qonun normativ-huquqiy aktlar tizimida
Normativ-huquqiy aktlar tizimida qonunlar asosiy o’rinni egallaydi. Qonun 
huquqning eng muhim va baobro’ shaqli bo’lib, unda huquqning hamma sifatlari 
mujassamlashadi. Albatta, «qonun» iborasi syerqirra va ma’nodordir
3
. Bu o’rinda so’z 
yuridik qonunlar xususida bormoqda. Qonun davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori 
yuridik kuchga ega bo’lgan aktidir. Konstitutsiya (Asosiy qonun) qonunlar orasida markaziy 
o’rinni egallaydi. Unda jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy asoslari, siyosiy tizimi 
mustahkamlanadi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv mexaniz»mi, fuqarolarning 
asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari belgilab byeriladi. Konstitutsiya jamiyat huquqiy 
tizimining, butun qonunchilikning o’zagini, yuridik zaminini tashkil etadi. Joriy qonunlarning 
barchasi konstitutsiya qoidalari va prinsiplari asosida hamda ularning ijrosi manfaati yo’lida 
chiqariladi. 
Qonun oliy yuridik kuchga ega. Bu sifat quyidagilarda namoyon bo’ladi: 
- qonunni uni qabul qilgan oliy vakillik organi dan boshqa hech kim o’zgartira 
olmaydi, bekor qila olmaydi yoki yangisini o’rnata olmaydi; 
- boshqa barcha normativ-huquqiy aktlar qonunga qat’iy muvofiq holda qabul 
qilinadi va amalga oshiriladi; 
- biron-bir qonunosti normativ-huquqiy akt qonunga zid bo’lsa, u qonunga muvofiq 
holga keltiriladi yoki bekor qilinadi; 
- qonun oliy yuridik kuchga ega bo’lgan akt bo’lganligi sababli uni qdbul qilgan 
organdan boshqa hech kim qo’shimcha tarzda tasdiqlashi va harakatdan to’xtatib qo’yishi 
mumkin emas. 
Qonun davlat nuqtai nazaridan eng muhim deb hisoblangan ijtimoiy munosabatlarni 
mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasidir. Unda mazkur munosabatlardagi 
qonunlarning normativ majburiy xarakteri va siyosiy huquqiy me’yori o’z ifodasini topadi. 
Qonunlar faqat siyosatning ifodasi, siyosiy chora bo’lib qolmasdan, beqiyos ijodiy va 
tarbiyaviy vazifani bajaruvchi katta ma’naviy boylik hamdir. 
O’zbekistonda qonun huquqning asosiy shaqli bo’lib, u davlat oliy hokimiyat vakillik 
organi tomonidan maxsus belgilangan tartibda qabul qilinadi. U davlat tomonidan 
muayyan holatlarga (munosabatlarga) tadbiq qilish uchun chiqariladigan, aynan o’xshash 
turdagi holatlarga takror-takror qo’llanadigan, barcha fuqarolar, mansabdor shaxslar, 
davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan 
umumiy qoidalarni o’z ichiga oluvchi normativ-huquqiy aktdir. 
Respublika qonunlarida yangilanayotgan ijtimoiy tuzumimizning, huquqiy davlat 
barpo etishning eng muhim prinsiplari, rivojlanishimizning yo’nalishlari va dasturiy 
vazifalari o’z aksini topadi. Bunday muhim prinsiplar, avvalo, O’zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida mustahkamlangan. Masalan: davlat suvyereniteti prinsipi, xalq 
hokimiyatchiligi prinsipi, inson huquqlarining ustuvorligi prinsipi, qonuniylik prinsipi
demoqratizm prinsipi, davlat bilan shaxsning o’zaro burchdorligi prinsipi, Konstitutsiya va 
qonunning oliyligi prinsipi, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi, ijtimoiy adolat prinsipi
qonun va sud oldida barchaning tengligi prinsipi, aybsizlik prezumpsiyasi, fuqarolarning 
3
«Qonun» kategoriyasi ijtimoiy va tabiiy fanlar tomonidan keng ko’llaniladi. Xususan, turli ilmiy adabiyotlarda «falsafa 
qonunlari», «iqtisodiy qonunlar», «tabiat krnunlari», «ijtimoiy taraqqiyot
qonunlari» kabi tushunchalar tez-tez uchrab 
turadi. SHular qatorida «yuridik qonunlar» iborasi ham ishlatiladi. Bular turli fanlarga taallutsli bo’lishiga qaramasdan
ularni birlashtiruvchi umumiylik mavjud. SHunga ko’ra «qonun»ning umumiy universal tarifini berish mumkin. Qonun -
tabiat va jamiyatdagi voqea, hodisa hamda jarayonlar o’rtasidagi munosabatdir, shuningdek ularning ichki eng muhim, 
zaruriy, barqaror va takrorlanib turuvchi aloqasi, boglanishi va o’zaro ta’siridir. Qonun - hodisalarning ichki aloqadorligi va 
o’zaro bir-biriga sababchiligi. Qonun tushunchasi mohiyat tushunchasiga ya’in turadi. Qonunni bbilsh hodisadan 
mohiyatga o’tishni nazarda tutadi. Qonun tasodifiyatning emas, balki zaruriyatning ifodasidir. Qonunlar ob’yekti 
xarakterga ega. Qonunlarni tabiatga insonlar emas, aksincha tabiat insoniyatga beradi. Ijtimoiy turmush, taraqqiyot 
qonunlarning asosiy manbaidir. «Qonun muhim munosabatdir», «mohiyatlarnshg munosabati yoki mohiyatlar o’rtasidagi 
munosabatdir». 


138 
mahalliy o’zini o’zi boshqarishi prinsipi va boshqalar.
Shunday qilib, qonun ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarining yuridik shakldagi tavsifini 
o’zida aks yetti rgan va eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, bevosita xalq 
irodasini ifodalovchi, belgilangan tartibda davlat hokimiyatining oliy vakillik organi
tomonidan yoki refyerendum yo’li bilan qabul qilinadigan va oliy yuridik kuchga ega bo’lgan 
normativ aktdir. 
Qonunning yuridik xususiyatlari ichida uning normativligi alohida ahamiyat kasb 
etadi. Normativlik qonunning muhim belgisi va xususiyati hisoblanadi. Huquqiy 
hujjatlarning boshqa shakllari ham normativ bo’lishi mumkin, biroq ular qonunchalik qat’iy 
kuchga ega bo’lmay, tezkor ijro etuvchi yoki huquqni muhofaza etuvchi bo’lishi mumkin. 
Qonun normativ akt ekanligi quyidagi ikki jihat bilan xaraktyerlanadi. Birinchidan, u qonun 
chiqaruvchi organning huquqiy qoida o’rnatish xususidagi amr-farmoyishini, irodasini
qarorini mustahkamlaydi:, ikkinchidan, real hayotga qat’iy va muntazam huquqiy ta’sir 
etish shaqli, vositasidir. Qonun normalarining mavjudligi normativ-huquqiy aktda namoyon 
bo’ladi. 
Qonunning normativligi deganda, shuningdek, uning barcha uchun umumiy-
majburiy qoida, davlat talabining ifodasi ekanligini ham tushunish lozim. Boshqacha qilib 
aytganda, qonunning normativligi uning bir xildagi qoidani barcha uchun norma, me’yor, 
mezon darajasiga ko’tarilishidadir. Qonunda mustahkamlangan qoida hamma o’xshash 
hollarda bir xildagi talab sifatida takror-takror amal qilavyeradi. Har qanday huquq amalda 
bir-biriga teng bo’lmagan har xil odamlarga bir xildagi masshtabni tadbiq qilishdir. Bu 
yerda «masshtab» so’zi «norma» so’zini anglatadi. «Norma» - grekcha so’z bo’lib, me’yor, 
andoza, masshtab, qolip demakdir. Uning umumiy va mavhum tabiati ham ana shunda. 
Normativlik esa muayyan harakat, faoliyat va munosabatning faqat norma talabi asosida 
amalga oshirilishidir. Qonunning normativligi unda ifodalangan davlat irodasining qat’iyligi, 
ustunligi va oliyligi bilan chambarchas bog’liqdir. Aynan shu irodaning impyerativ 
(bo’ysundiruvchi) mazmuni qonun vositasi bilan umumiy yurish-turish va xulq-atvor 
mezonlarini belgilaydi. 
Demak, qonunning normativligi: 1) uning davlat hokimiyat mazmunidagi oliy irodani 
ifoda etishligida; 2) eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilganligi va 
bunday tartibga solishning qat’iy chegarasini belgilashida; 3) hamma uchun bir xildagi 
umummajburiy harakat qoidasini o’rnatishida va lozim bo’lganda davlat majburlov kuchi 
bilan ta’minlanganligida; 4) maxsus vakolatli davlat organi tomonidan alohida belgilangan 
tamoyil asosida yaratilishidadir. 
2) 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish