97
3-4 ta darslikni ko’rish kifoya.
Funksiyalarni tasniflash (guruhlarga, turlarga bo’lish) davlatning mohiyatini
chuqurroq anglashga, uning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaqqolroq namoyish yetishga
ko’maklashadi. Bunda davlat faoliyatining ma’lum bosqichdagi bosh yo’nalishlari (masalan,
iqtisodiy, ijtimoiy, tashqi va boshqa sohalar) belgilovchi asos qilib olinadi, albatta.
Ilgari, sovet davrida davlat funksiyalarini marksizmning davlatning tarixiy tiplari
to’g’risidaga ta’limotiga binoan tasniflash prinsipi hukmron edi. Quldorlik va feodalizm
tuzumida aholining bir qismi deyarli huquqsiz Yoki chegaralangan doirada huquqli bo’lgan.
Bu hol davlatlarning funksiyalarida o’z ifodasini topganligi tabiiy holdir. Insoniyat bosib
o’tgan asosiy davrlar dalat funksiyalarini tasniflash ularning muayyan mazmun va tizimini
chuqurroq anglashga imkon beradi
Quyida davlat funksiyalarini tasniflashga oid ikkita umumiy holatni ta’kidlab o’tmoq
darkor ikkita a) Davlatning ichki va tashqi funksiyalari mavjudliga hamma olimlar
tomonidan
tan
olinadi.
Tashqi
funksiyalar
ko’pincha ichki funksiyalarning davomi bo’lib ulardan kelib chiqadi, ularni to’ldiradi, ayrim
hollarda urush paytida ichki funksiyalar xam mamlakatni mudofaa qilishga xizmat qilishi
tushunarlidir.
b) Davlat taraqqiyotining barcha bosqich aholining hamma tabaqalari uchun
tabaqalari uchun tegishli bo’lgan "umumiy ishlar" davlat funksiyasi mavjud
etirof qilinmoqda
1[1]
. Bu funksiya ilgari sinfiy hukmronlik, zo’rlik ishlatish quroli deb
atalgan, quldorlik va feodal davlatlarida ham mavjud bo’lgan.
Jamiyat rivojlanishining kapitalistik va hohirgi demokratik bosqichlarida barcha
xozirgi ijtimoiy (sotsial) bazasi tubdan kengayib, aholining hamma guruhlarini o’z ichiga
oladi, ya’ni ular sinf emas, balki butun xalq, millat manfaatiga xizmat qiladi. Umuman
hamma funksiyalarga faqat sinfiy nuqtai nazardan qarash davlatning jamiyatdagi rolini
kamaytiradi va xolisona bayon yetishga halaqit beradi.
Davlatning umumiy ishlar funksiyasi mavjudligi sinfiylikni birinchi o’ringa ko’tarishga
imkon bermaydi. Bu funksiyaga mamlakatni mudofaa qilish, huquqiy tartibotnmi o’rnatish
va muxofaza qilish, shu jumladan jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurash, butun
millat, xalq manfaatlarini ko’zlab umumiy iqtisodiy , ijtimoiy-madaniy (g’oyaviy) ishlar olib
borish, Sharqda esa, bulardan tashqari, sug’orish inshootlarining davlat yordami bilan
bunyod etilishi kiritilishi mumkin.
L.I.Spiridonov mazkur funksiyani Yanada keng ma’noda olib, uning umuman
insonlarning hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga
qaratilganligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, bu funksiya tarkibiga kishilarning hayoti, soglig’i
va normal yashashi uchun zarur bo’lgan tabiiy sharoitlarni ta’minlash; ijtimoiy-madaniy,
iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlarni ta’minlash bilan bog’liq davlat faoliyati kiradi
2[2]
.
Umumiy ishlar davlatning bosh funksiyasi bo’lish imkoniyatiga ega. To’g’ri, mazkur
ishlar hozirgi zamonda davlatning boshqa funksiyalari mazmunida ham mavjud va ular
orqali ham amalga oshirilmoqda. Chunonchi, demokratik O’zbekiston Respublikasida
davlatning barcha funksiyalari ayrim sinflar uchun emas, balki butun xalqimiz manfaatini
ko’zlab amalga oshirilmoqda. Bunday natijaga uzoq rivojlanish oqibatida erishildi, albatta.
Do'stlaringiz bilan baham: