6-§. O’zbekistonda davlatchilikni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari
Ma’lumki, 70 yil mobaynida O’zbekistonning taqdiri va farvonligi sobiq Ittifoq qo’lida
bo’lib keldi. Respublikadan mahsulrtlar va xom ashyoni tashib kyetishar, respub-likamizga
esa, bu yerda istiqomat qiluvchilardan so’rab-netmay, maslahatlashmay, o’zlari lozim
topgan narsalarnigina keltirishardi.
O’zbekistonda amalga oshiriladigan boshqaruv tizimi joylarda ham, tarmoqdarda
ham, ishlab chiqarish sohalarida ham va taqsimotda ham markazga qat’iy tobelik asosida,
u belgilab bergan chiziqtsan tashqariga chiqmay olib borilardi.
Shuni mamnuniyat bilan qayd yetish kerakki, O’zbekiston o’zining chinakam
mustaqillikka erishish maqsadini birinchilardan bo’lib e’lon qildi. U sobiq Ittifoq respublika-
93
lari o’rtasida birinchi bo’lib boshqaruvning prezidentlik shaklini joriy etdi, keng miqyosli
islohotlar, jamiyatdagi tub o’zgarishlar va yangilanishlar yo’lini tanladi.
1991 yilning 31 avgust kuni o’zbek xalqining o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi
amalga oshdi - O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Respublika
butun ko’pmillatli aholining irodasi «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining
asoslari to’g’risida»ga konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlandi hamda umum-xalq
referendumida yaqdil tasdigini topdi.
O’zbekiston Respublikasi hududi va iqtisodiy salohiyati bo’linmasligi, uning
chegaralari esa daxlsiz bo’lib, davlat himoyasida ekanligi tamoyili qaror topdi.
Mustaqillik qo’lga kiritilishi bilan darhol respublikada demokratik huquqiy davlat
asoslari vujudga keltirila boshladi. Buning uchun oldingi totalitar tuzum illatlarini tagtomiri
bilan qo’porib tashlashga keskin kiri-shildi. Ko’ppartiyaviylik, g’oyalar va fikrlar xilma-xilligi
bilan murosa qilish hayotiy voqelikka aylandi. Bir mafkura hukmronligiga barham berildi.
Umuminsoniy qadriyatlar, jahon tan olgan chinakam demoqratiya, inson er-kinliklari va
huquqlari normalarini qaror toptirish vazifasi qo’yildi.
Respublikada so’zda emas - amalda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijroiya va
sudlov hokimiyatlariga bo’linish tamoyili amal qilmoqda. O’zbekiston xalqi davlat hokimiya-
tining chinakam manbaiga aylaqdi va bu hokimiyatni ham bevosita, ham o’z vakolatli
vakillari - deputatlar korpusi orqali amalga oshirmoqda. Bularning hammasi qonun
chiqaruvchilik ishini faol yo’lga qo’yishni taqozo etdi. Uni respublika parlamenti - Oliy Majlis
muvaffaqiyatli olib bormoqtsa. Oliy Majlisning butun salohiyati bugungi kunda yosh
mustaqil davlatimizni har tomonlama huquqiy ta’minlashga yo’naltirilgan.
Davlat boshqaruvining yangi, Yanada zamonaviy hamda yangi sharoitlarga tez
moslashadigan tizimini shakllantirish bo’yicha ishlar zudlik bilan boshlab yuborildi.
Boshqaruvning prezidentlik shakli bu tizimning o’zagi bo’lib qoldi.
Joylarda boshqaruv tizimini qayta tashkil yetish vazifasi qo’yilib, muvaffaqiyatli
udtsalandi - viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlik tuzilmalari joriy etildi. Qonunlar
ustuvorligini, ular oldida mamlakat barcha fuqarolari tengligini ta’minlovchi sud
hokimiyatini qayta tashkil yetish ishlari faol olib borilmoqda. TSivilizatsiyalashgan fuqarolik
jamiyatining ushbu tarkibiy qismlari qonunchilik va huquq-tartibotning, qat’iy intizom va
mas’uliyat-lilikning asosi bo’lib xizmat qiladi.
Respublika oldida o’z taraqqiyot yo’lini tanlashdek jiddiy vazifa ko’ndalang turardi.
Uning zarurligi respublikamiz Prezidentining quyidagi so’zlarida yaqqol ifodalangan: «Jahon
tajribasi shundan dalolat beradiki, o’z davlat-chiligini qo’lga kiritish, milliy va ijtimoiy
ozodlikka erishish hech qayerda yengil va osonlikcha bo’lmagan. Mustaqillikka erishgan har
bir mamlakat o’z taraqqiyot yo’lini izlaydi, yangi jamiyat barpo yetishda o’z andozasini
ishlab chiqishga intiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o’rtasida tarkib
topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan diniy e’tiqodi, ruhiyati va xulq-
atvor normalari shuni taqozo etadi»
22
.
Davlatimiz boshlig’i, shuningdek, jahonda ijtimoiy taraqqiyotning turk, shved,
janubiy koreys va boshqa turli xil ko’rinishlari mavjudligini ham ta’kidladi. Bir qator
musulmon davlatlari va yangi sanoati rivojlangan mamlakatlar tajribasi, ikkinchi jahon
urushidan keyin xalq xo’jaligini tiklash bo’yicha Ovrupo mamlakatlari va YAponiya amaliyoti
namunalari mavjud. Biroq, deya ta’kidlaydi Prezident, «O’zbekiston boshqa davlatlar
taraqqiyoti jarayonida to’plangan va respublika sharoitiga tatbiq qilsa bo’ladigan barcha
ijobiy va maqbul tajribalardan shak-shubhasiz samarali foydalanadi»
23
.
Bunda gap, albatta, u Yoki bu maftunkor va ijobiy samarasi yuksak andozadan
22
Каримов И.А. Узбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиѐсат, мафкура. 1-tom. Т., ««O’zbekiston”», 1996. 40-bet.
23
O’sha yerda.
94
oddiy nusxa ko’chirish ustida borayotgini yo’q.
Prezidentimizning quyidagi fikrlarida ushbu masalaga bo’lgan qat’iy nuqtai nazar o’z
ifodasini topgan: «Jahon va o’zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani
rad etmagan holda o’z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo’limizni tanlab olish
respublikaning qat’iy pozitsiyasidir. Bu - o’tmish yillarning xatolarini, davlat tuzilishining
shakl va usullariga nis-batan mavjud qarashlarni idrok yetish natijasidir. Bu - tarkib topgan
ijtimoiy voqelikka berilgan real bahodir. Bu - O’zbekiston xalqining ijtimoiy taraqqiyotga,
munosib turmush sharoitiga intilishidir»
24
.
1992 yilning 8 dekabrida O’zbekistonda shonli voqea sodir bo’ldi - O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. U respublikamiz mustaqil va erkin ta-
raqqiyotining huquqiy asoslarini yaratib berdi.
O’zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi shakli Konstitutsiyamizning «Ma’muriy-
hududiy va davlat tuzilishi» deb nomlangan to’rtinchi bo’limining XVI - XVII boblarida o’z
ifodasini topgan. Jumladan, 68-moddada shunday deyilgan: «O’zbekiston Respublikasi
viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloklar, ovullar, shuningdek Qora-
qalpog’iston Respublikasidan iborat». 70-modda esa, Qoraqalpog’iston Respublikasi
maqomiga bagishlangan. Unda: «Suveren Qoraqalpogiston Respublikasi O’zbekiston
Respublikasi tarkibiga kiradi», deb ta’kidlanadi.
Amalga oshirilayotgan islohotlar, O’zbekiston kelajagi uchun ularning ahamiyati
to’g’risida gapirib, yurtboshimiz shunday dedi: «Biz juda katta qiyinchiliklarni boshdan
kechirdik. Oldinda Yana qanchadan-qancha sinovlar turibdi. Bugungi murakkab vaziyatda
tanlab olingan va azaliy mil-liy manfaatlarimizga, xalqimizning tabiatiga, ongiga ma’qul
bo’lgan yo’ldan adashmaslik choralari haqida, O’zbekis-tonning porloq istiqbolga yetish yo’li
xususiyatlari to’g’ri-sida gaplashib olishimiz zarur deb o’ylayman»
25
.
24
O’sha yerda.
25
O’sha yerda. 200-bet
95
Do'stlaringiz bilan baham: |