229
Odat huquqining tutgan o’rniga to’g’ri baho berish Afrika qit’asi huquqiy xaritasida
yuz berayotgan jarayonlarning qonuniyat ekanligani anglashda, Afrika davlatlari milliy
huquqining rivojlanishidagi tavsifiy belgi va an’analarni tushunishda yordam beradi.
Ko’pgina holatlarda «odat huquqi» atamasidan Af-rika xalqlarining mustamlakachilik
davrigacha mavjud bo’lgan an’anaviy huquqini ifodalash uchun foydalanilgan. An’anaviy
huquq, «qabila qonunchiligi»ning ancha kam sonli misollaridan tashqari, og’zaki ravishda
avloddan avlodga o’tkazib kelingan yozilmagan qoidalar majmuini o’zida ifodalagan.
An’anaviy huquqda huquqiy
va
axloqiy normalar tomonlar nizolarini echishda, yarashtirish
g’oyasi yo’riqlariga amal
qilgan holda, mustahkam aloqada bo’ladi.
Afrika xalqlari orasvdaga muhim farqlarga (avvalam-bor, - etnik va lingvistik nuqtai
nazardan, qardoshlik tizimidagi, oila turmush tarzidagi), ularning odat va odat huquqining
turli-tumanligaga qaramay Afrika huquqini yagona bir huquq sifatida ko’rilishi uchun etarli
asoslar bor. Afrika odat huquqi ivdivid emas, balki guruhiy yoki uyushma huquq
hisoblanadi.
Bunday tavsifiy belgilar deyarli har bir odat huquqi tarmokdarida ko’zga tashlanadi.
Odat huquqida nikoh shartnomasi o’zida ikki shaxsning ittifoqini emas, balki ikki
guruhning kelishuvini namo-yon qiladi hamda oilalarning roziligi bilangana ajralishi
mumkin. Erga xususiy mulkchilik huquqi ijtimoiy guruhlarga tegishlidir. Meros huquqida
mulk, qoidaga ko’ra shaxsga emas, balki oila yoki guruhga o’tadi.
Etkazilgan zarar bir shaxs tomonidan ikkinchi shaxsga to’lanmay, bir oila yoki urug’
tomonidan boshqa oila yoki urug’ga to’lanadi. Va nihoyat, Afrika jamoasidagi nizolar ham
qoidaga ko’ra, urug’ va guruhlar orasida kelib chiqqan.
Afrika jamoalarida sudlarning yoki bahslarni echish tizimining ikki asosiy turi amalda
bo’lgan. Ba’zan ular bir jamoatda bir vaqtning o’zida amalda ko’llanilgan.
Ularni yuridik
rasmiyatchilikka rioya etgan holda arbitraj va sud sifatida toifalash mumkin. Shu o’rinda
an’anaviy huquqning o’ta tabiiylik o’rnini ta’kidlash lozim.
Sud taomilida bu holat adolatni aniqdash uchun qasam ichishga majbur qilish va
«xudo sudi» tomonidan sinov o’tkazishda namoyon bo’lgan.
Odat huquqidagi yana bir holat - kishilar guruhi yoki jamoalarning mas’ulligi alohida
e’tiborga loyikdir.
Bu ikki yokdama:
a) oila yoki qarindoshlar guruhi tomonidan o’zlarining alohida a’zosi qilgan nojo’ya
xatti-harakat oldidagi javob-garligi (o’zganing aybini yuvish).
b) shaxsning sodir qilgan huquqbuzarligi guruh a’zolarining huquq va
majburiyatlariga daxldor bo’ladigan holat sifatida o’zini namoyon qiladi.
Bizning fikrmizcha, individualizm va undan kelib chiqadigan «sub’yektiv huquq»
tushunchasi an’anaviy odat huquqiga mos kelmaydi. U shaxsning huquqqa rioya qilishini
hech qan-cha ta’minlamay, uning guruh kishilari bilan munosabatini tartibga soladi.
An’anaviy huquq institutlari orasida oila, er mulki, meros alohida o’rin egallaydi.
Yuqorida qayd etilganidek, odat huquqi bo’yicha, nikoh avvalambor, shaxslar ittifoqi emas,
balki ikki oila guruhlarining kelishuvidir.
Ular nikohning har bir bosqichvda sezilarli rol o’ynaydi: kuyov va kelinni tanlashadi,
kelishishadi va sepini to’lay-dilar, er va xotin orasidagi kelishmovchiliklarni
barta-raf
etishadi, ularning faol ishtirokisiz ajralishning imkoni yo’q.
Shu bilan birga odat huquqi erkaklarning bir nechta xotin olish huquqi, ya’ni
poligamiyani tan oladi hamda «kelin uchun to’lov»ni belgilaydi, bularning tasdiklashicha,
odatga asoslanadigan nikoh xotinni sotib olishdan boshqa narsa emas.
Keng tarqalgan fikrlarga ko’ra, nikohni bekor qilish odat huquqvda juda ham kam
uchraydi, chunki ajralish uchun ruxsat olish katta mehnat evaziga bo’ladi. Oilalar ular
orasida amadda bo’lgan ittifoqning davom etishidan o’ta manfaat-dor bo’lganlar, negaki
230
nikohning bekor qilinishi so’zsiz to’lovlar qaytarilishini anglatar edi. Ajralish oilalar orasida
urug’ oqsoqollarini jalb qilgan holda hal qilinadi.
An’anaviy jamiyatlarda erga egalik
qilish huquqi shaxsga emas, balki guruhlarga
berilgan deb hisoblash qabul qilingan. Shaxs erdan foydalanish huquqiga ega bo’lsada,
oxir-oqibatda u jamoa yoki guruhga tegishli bo’lgan.
Erni taqsimlash, undan foydalanish va uni ajratib berish boshqaruvchilar (dohiylar)
yoki bo’lmasa urug’ yoki oila kabi ijtimoiy guruhlar nazorati ostida amalga oshirilgan.
An’anaviy jamiyatlarda meros huquqi faqat mulkning emas, balki marhum huquq va
majburiyatlarining jami merosxo’rga o’tishini nazarda tutadi.
Merosning juda xilma-xil turlari mavjud:
1) ota nasli yoki ona nasli bo’yicha:
2) merosxo’r (ma’lum yoki saylovli) vafotidan so’ng to’g’ridan-to’g’ri merosxo’r
saylanadi:
3) universal (faqat bir merosxo’r) yoki hamkorlikdagi (bir nechta merosxo’r).
Ma’lumki, butun Afrika, ba’zi istisnolarsiz, Ovrupo hukmdorlari tomonidan
mustamlaka qilingan edi.
XIX asrda hukmron mustamlakachilar - inglizlar, fransuzlar, portugallar, belgiyaliklar
metropoliyalarda amal-da bo’lgan o’zlarining sud tizimini Afrika mamlakatlariga tatbiq
etishga urindilar.
Har bir hukmdor mustamlakachi o’z huquqiy andozasini qo’l ostidagalarga o’tkazadi:
fransuz huquqi fransuz Afrikasi va Madagaskarga,
Belgiya huquqi - Kongoga, portugal
huquqi Angola va Mozambikka, umumiysi ingliz mustamlakalariga, roman-golland huquqi,
keyinchalik ingliz umumiy huquqi ta’siri ostida o’zgargan - Janubiy Afrikaga kiritildi.
Liberiyada Angliya va AQSHning ba’zi sud odatlari va umumiy huquqi amalda bo’ldi.
Mustamlakachilar o’z huquqiy institutlarini tatbiq etish bilan birga fikran uz
manfaatlariga zid kelmaydi-gan odat huquqi va Afrika sudlovining ayrim qismlarini sakdab
qolish siyosatini yurgazdilar. Shunday qilib, mustamlaka boshqaruvi natijasida huquqning
aralash tizimi paydo bo’ldi. U metropoliyalar kiritilgan huquq bilan odat huquqini o’zida
jamladi. Birinchisi imtiyozli ravishda ma’muriy huquq, savdo, jinoyat huquqini qamrab oldi.
An’anaviy soha - erga egalik, oila va meros huquqi (hayotligida mulkni, ba’zi fuqarolik
majburiyatlarini taqsimlash) - odat huquqining harakat doirasida qoldirildi.
Mustamlaka davrida odat huquqida yuz bergan to’rtga asosiy o’zgarishni qayd etish
mumkin: birinchidan, nizolarni tartibga solishning an’anaviy uslublaridan voz kechish, ya’ni
astalik bilan
sud tizimini tatbiq qilib, qabila tomonidan o’rnatilgan tartibdan burjua sud
qurilishi namunasiga o’tish;
ikkinchidan, mahalliy sudlarda, odat huquqi bo’yicha, sudlar tomonidan ishlarning
hal qilinishida qabul qilingan Ovrupo normalari qabul qilinishi;
uchinchidan, odat huquqini bekor qilmay, afrikaliklarga o’z huquqiy munosabatlarini
burjua huquqi asosida tartibga solish imkoniyatini beruvchi qonunlarning joriy etilishi;
to’rtinchidan, varvarlik deb tan olingan, masalan, qullik va jarohat etkazish kabi ba’zi
odatlarning to’g’ridan-to’g’ri taqiklanishi.
An’anaviy Afrika (huquqiy) odat huquqi,
shubhasiz, boshlang’ich ahamiyatini
yo’qotmokda, ba’zi hollarda ko’p qismini yo’qotgan ham. U o’zining sezilar qismida
tizimlashtirish va majmualashtirish ob’yekti bo’ldi. Odat huquqi keng ma’noda davlat
organlari, shuningdek sudlar tomoni-dan rivojlantirilgan huquq sifatida qaralmokda.
Arbitraj odat huquqiga xos bo’lsada, amaliyotda qo’llanmoqda va hatto ba’zi
mamalakatlar tomonidan bilvosita tan olinmokda, u hozirgi zamon rasmiy sudlari amal
qilayotgan huquq haqidagi sud protsedurasi g’oyalarining muqarrar ta’sirini boshidan
o’tkazmokda.
Milliy mustaqillik sharoitida huquq rivojlanishining asosiy an’analari
bir tomonidan
231
mustamlakachilikka barham berish, ikkinchi tomondan esa, milliy qonunchilikni qamrab
olgan ijtimoiy munosabatlarning kengayib borishi natijasida, odat huquqini tartibga solish
ahamiyatining chegaralanishi bilan tavsiflanadi.
Afrika davlatlarning huquqiy qurilish tajribasi shuni ko’rsatmokdaki, milliy
qonunchilik, dastlab tarixan vujudga kelgan odat huquqi normalari bilan birgalikda
«meros»lik aloqasini saqlab qolgan.
Afrika mamlakatlarida odat huquqi normalarini huquqiy tartibga solish sohasidan
siqib chiqarish juda og’ir va uzoq davom etadigan jarayondir.
Umuman olganda, yosh davlatlarda odat huquqi rivojlanishining asosiy yo’nalishi
huquqiy odatni tartibga solish ahamiyatining cheklanishi
hamda milliy qonunchilik
harakatini qamrab olgan ijtimoiy munosabatlar doirasining kengayishi bilan tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: