O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Ommaviy va xususiy huquq.
Ta’kidlash joizki, jahon yuridik fanida huquq 
xususiy va ommaviy huquqqa ajratiladi. Xususiy huquq alohida shaxslarning ehtiyojini 
qondirish va manfaatini himoya qilishga qaratilgan bo’lsa, ommaviy huquq esa davlatning 
umumiy manfaatlarini muhofaza etadi. Xususiy va ommaviy huquqning shakllanishi 
qadimgi Rimga borib taqaladi. Unda jus publicum va jus privatum ajratilgan bo’lib, ularga 
Rim yuristlari tavsif berishgan. Masalan, Ulpianning fikriga ko’ra, ommaviy huquq Rim 
davlatining holatiga, maqomiga taalluqli «ad ststum rei Romanae spectat»; xususiy huquq 
esa alohida shaxslar foydasiga taalluqlidir: «ad Singulorum itilitatem» (qarang: 
I.B.Novitskiy. Osnovm Rimskogo grajdanskogo prava. M., «Yur.lit». - 1972). Huquq 
himoya etadigan manfaatlar mazmuni, xarakteri xususiy va ommaviy huquq sohalarini 
ajratishning mezoni hisoblangan. Ommaviy huquq doirasiga davlat manfaatini muhofaza 
etuvchi huquqiy normalar kirgan, xususiy huquq sohasiga esa alohida shaxslar manfaatini 
himoya qiluvchi normalar kirgan. Shunisi e’tiborga molikki, Rimda ommaviy va xususiy 
huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning xarakteriga ko’ra ancha farqlangan. 
Xususan, ommaviy huquq uchun jus publicum priyoatorum pactis mutari non protest, ya’ni 
ommaviy huquq normalari alohida shaxslarning kelishuvi bilan o’zgartirilishi mumkin emas, 
degan tamoyil xos bo’lgan. Bunday normalar impertiv normalar, deb atalgan. Ya’ni, so’zsiz, 
majburiy, hokimiy-buyruq xarakteridagi normalar. 


175 
Xususiy huquq uchun esa vakolat beruvchi normalar xos bo’lgan. 
Moddiy va protsessual huquq. Huquq tizimidagi tarmoqlar moddiy va protsessual 
(jarayoniy) huquqqa ham bo’linadi. Konstitutsiyaviy, ma’muriy, moliya, yer huquqi, 
fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi va mehnat huquqi moddiy huquqqa kiradi va ular 
insonlararo, ularning xilma-xil tuzilmalariaro real tarkib topadigan munosabatlarni tartibga 
soladi. Bu munosabatlar mulk shakllari, mulkka egalik qilish, undan foydalanish, tasarruf 
etish, mulkni olish va sotish, davlat boshqaruvi sohasidagi munosabatlar, fuqarolarning 
mehnat va siyosiy faoliyatlari, huquq va erkinliklarining amalga oshirilishi bilan bog’liq 
holda vujudga keladi. 
Protsessual huquq tarmoqlariga esa jinoyat-protsessual va fuqarolik-protsessual 
huquq tarmoqlari kiradi. Ular turli nizolar, kelishmovchiliklarni hal etish, jinoyat va boshqa 
huquqbuzarliklarning tergov qillinishi va sudda ko’rilishining taomiliy, tashkiliy masalalarini 
tartibga soladi. Masalan, jinoyat huquqi normalari qanday qilmish jinoyat ekanligini va shu 
xatti-harakat yoki harakatsizlik uchun beriladigan jazoning umumiy asoslarini belgilab 
bersa, jinoyat protsessual huquqi uni tergov qilish, sudda ko’rish kabi qator masalalarni o’z 
normalarida mustahkamlaydi. Moddiy huquq bilan protsessual huquq o’rtasida uzviy 
bog’liqlik borligi yaqqol ko’rinib turibdi. Ular bir-birini taqozo etadi va uzviylikda bir butun 
yaxlitlik kasb etadi. 
Shunday qilib, huquq tizimi - huquqning ob’yektiv ravishda shakllangan ichki tuzilishi 
bo’lib, u harakatdagi, o’zaro bir-biri bilan bog’langan barcha yuridik normalar, institutlar va 
huquq tarmoqlarini o’z ichiga oladi, ichki uzviylik va ayni paytda, tartibga soladigan 
munosabatlarning xususiyatlaridan kelib chiqadigan farq bilan xarakterlanadi. 
Huquq tizimi tarkibidagi eng yirik tuzilma - huquq tarmog’idir. Huquqni huquq 
tarmoqlariga ajratish ikki mezon, ya’ni huquqiy tartibga solishning predmeti va huquqiy 
tartibga solishning usuli (metodi) orqali amalga oshiriladi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish