O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

jinoiy, 
ma’muriy, fuqarolik 
va
intizomiy huquqiy bo’lmagan harakatlarga 
bo’linadi. 
Huquqiy bo’lmagan harakat qonunga binoan yuridik javobgarlikni keltirib chiqaradi. 
Masalan, jinoyat sodir qilganlik uchun jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.
Huquqqa muvofiq harakatlar o’z navbatida ikki turga bo’linadi: 

yuridik aktlar; 

yuridik xatti-harakat. 
Yuridik aktlarda 
huquqqa muvofiq harakatlar muayyan huquqiy oqibatlarni 
vujudga keltirishini nazarda tutib, sodir etiladi. Bunday harakatlarda huquq va 
majburiyatlarni vujudga keltirish, o’zgartirish va barham toptirishga ongli ravishda 
qaratilgan xohish ifodalandi. Masalan, fuqarolik huquqiy bitimlari, ma’muriy aktlar shunday
aktlar sirasiga kiradi. 
Yuridik xatti-harakatlar kishilar tomonidan huquqiy oqibatlarga olib kelishini atayin 
ko’zda tutmagan holda sodir etiladi, biroq bunday oqibatlar qonunda nazarda tutilganligi 
tufayli kelib chiqadi. Masalan, ijodkor ilmiy yoki badiiy asar yaratdi, deylik. Bunda ijodkor 


170 
huquqiy oqibatlar vujudga keltirishni istagani yoki istamaganidan qat’i nazar, qonun 
mualliflik huquqiy munosabatlari paydo bo’lishini shart qilib qo’ygan. Demak, ijod 
mahsulining yaratilishi – yuridik faktdir. 
Yuridik aktlarning eng muhim xususiyati shundan iboratki, ularda yuridik 
ahamiyatga molik asosiy shart – yuridik oqibatlarni ko’zlab o’zicha ish ko’rishdir.
 
Ѕуєуєий вужудга 
келтирувчи 
Ѕуєуєни 
ўзгартирувчи 
Ѕуєуєни бекор 
єилувчи 
Юридик фактлар 
ѕодиса 
ѕаракт 
фаол ѕаракт 
ѕаракатсизлик 
Ѕуєуєєа мувофиє 
ѕаракат 
Ѕуєуєєа зид ѕаракат 
индивидуал 
актлар 
юридик хатти-
ѕаракатлар 
Жиноят 
маъмурий 
ножўя иш 
фуєаровий 
ножўя иш 
интозомий 
ножўя иш 


171 
Shunday qilib, yuridik faktlar huquqiy munosabatlar o’rnatishning muhim vositasi 
bo’lib xizmat qiladi. Ular, odatda, huquqiy munosabat sub’yektlarining manfaatlariga mos 
keladi. Yuqoridagi tahlillarga yakun yasab, quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: 
1. Huquqiy munosabatlar - ijtimoiy munosabatlarning alohida turi bo’lib, ular 
ustqurmaning tarkibiy qismi sifatida iqtisodiy tizim, ishlab chiqarish munosabatlari zamirida 
vujudga keladi va takomillashib boradi; 
2. Huquqiy munosabatlar, o’z navbatida, jamiyat hayotiga, ishlab chiqarish 
jarayoniga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin; 
3. Huquqiy munosabatlar huquq normalari asosida paydo bo’ladi (o’zgaradi yoki 
barham topadi) hamda o’z tabiatiga ko’ra irodaviy xarakterga ega bo’ladi; 
4. Faqat huquqiy normalargina ijtimoiy munosabatlarga qonuniy shakl baxsh eta 
oladi; 
5. Huquqiy munosabatlar - davlatli jamiyatga xos hodisa. Ular davlat siyosati, 
xohish-irodasi bilan chambarchas bog’likdir. Huquq vositasida davlat ijtimoiy 
munosabatlarni huquqiy tartibga soladi; zarur hollarda huquqiy munosabatlarni ro’yobga 
chiqarish, muhofaza etish uchun davlatning majburlash kuchi ishga solinadi; 
6. Demokratik jamiyatda huquqiy munosabatlar, asosan, ixtiyoriy, ongli ravishda 
amalga oshiriladi. Biroq shunday bo’lsada, huquqiy munosabatlar doimo davlatning 
madadiga (zo’rlik kuchiga) tayanadi; 
7. Huquqiy munosabatlar quyidagi to’rt unsurli tarkibiy tuzilishga ega: huquqiy 
munosabat sub’yekti, uning ob’yekti, huquqdorlik, yuridik majburiyat. 
8. Huquqiy munosabatlar vujudga keltiriladigan, o’zgartiradigan (rivojlantiradigan) 
yoki barham toptiradigan hayotiy hodisalar (shuningdek, tabiat hodisalari) yuridik faktlar 
hisoblanadi (chizmaga qaralsin); 
9. Yuridik faktlar hayotda huquqdan alohida, mustaqil holda bo’lib, davlat xohish-
irodasi tufayligina huquqiy ma’noga ega bo’ladi; 
10. Huquqiy munosabatlar ob’yektiv va sub’yektiv huquqni amalga oshirishning 
alohida shaklidir. 
Xulosa qilib aytganda, huquqiy munosabatlar fuqarolar, jamoat birlashmalari, davlat 
idoralari va boshqa yuridik shaxslar o’rtasidagi turli-tuman aloqalarni tartibga solish orqali 
jamiyatda qonuniylikni mustahkamlashga, qonun ustuvorligini qaror toptirishga, 
shuningdek, inson, jamiyat va davlat manfaatlarini huquqiy jihatdan uyg’unlashtirishga 
samarali xizmat qiladi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish