O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Huquqiy muomala layoqati 
jismoniy va yuridik shaxsning o’ziga tegishli huquqini 
o’zi bevosita amalga oshirish qobiliyatini anglatadi. Muomala layoqati qonunda belgilangan 


165 
shaxslar tomonidan o’z harakatlari bilan sub’yektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega 
bo’lish qobiliyatidir. Muomala layoqatining mazmuni, ko’lami va ro’yobga chiqarilish 
shartlari huquq normalari bilan belgilanadi. 
Demokratik jamiyatda huquq layoqati va muomala layoqati uni chindan ham amalga 
oshirish imkoniyatlari bilan ta’minlanadi. Umumiy qoidaga ko’ra, barcha fuqarolar huquq 
layoqatiga ega hisoblanadilar. Biroq, har bir fuqaro ham muomala layoqatiga ega 
bo’lavermaydi. Xususan, O’zbekistonda muomala layoqati balog’at chogi, voyaga yetish 
kunidan boshlab yuzaga chiqadi. Ayrim huquq tarmoq (soha)larida huquq layoqati va 
muomala layoqati bir vaqtda paydo bo’ladi. Masalan, davlat huquqi sohasida asosiy huquq 
va majburiyatlarga ega bo’lish o’n sakkiz yoshdan boshlanadi. 
Mehnat-huquqiy munosabatlarda huquq va muomala layoqati 16 yoshdan, nikoh-
oila huquqiy munosabatlarida 18 yoshdan (O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga ko’ra 
ayollar 17 yoshdan) qatnasha oladilar. Jinoiy-huquqiy munosabatlarda jinoiy javobgarlikka 
tortilish 16 yoshdan, ayrim jinoyatlarda huquq va muomala layoqati hatto 13 yoshdan 
paydo bo’ladi. 
Fuqarolik qonunchiligi me’yorlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda huquq 
layoqati va muomala layoqati har doim ham birga (bir vaqtda) vujudga kelmaydi. 
Fuqarolarning o’z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo’lish va uni amalga oshirish, 
o’zi uchun fuqarolik majburiyatlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala 
layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o’n sakkiz yoshga to’lgach to’la hajmda vujudga keladi. 
Ayni vaqtda, ta’kidlash lozimki, voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o’tgan 
fuqaro nikohdan o’tgan vaqtdan e’tiboran to’la muomala layoqatiga ega bo’ladi (Fuqarolik 
kodeksining 22-moddasi). Shuningdek, ushbu qonunda o’n to’rt yoshdan o’n sakkiz 
yoshgacha va o’n to’rt yoshga to’lmagan voyaga yetmaganlarning muomala layoqati 
ko’lami belgilangan (27 va 29-moddalar). 
Huquqiy munosabat sub’yekti o’z xatti-harakati, nojo’ya xulq-atvori va 
huquqbuzarligi oqibati uchun, shuningdek yetkazilgan zarar uchun javobgarlik o’tay olish 
qobiliyatiga ham ega bo’lishi lozim. Gap delikt layoqati haqida bormoqda. «Delikt» lotincha 
yeIsSht iborasidan olingan bo’lib, sodir etilgan huquq buzilishi, jinoyat uchun javob bera 
olish layoqatini anglatadi
7
. Mazkur layoqat sohibi hisoblanayotgan shaxs aqli raso, ruhiy 
jihatdan sog’lom bo’lishi va o’z xatti-harakatlari oqibati uchun to’la javobgarlikni ado 
etishga layoqatli, qodir bo’lishi lozim. 
Huquqdorlik tushunchasi tarkibida huquqiy layoqat muhim belgilovchi o’rinni 
egallaydi. Muomala layoqati bilan delikt layoqati esa undan kelib chiqadi. Zero, shaxs 
huquq layoqatiga ega bo’lmasa, huquqni amalga oshirishga oid harakat yoki u bilan bog’liq 
javobgarlik haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish