O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. Normativ-huquqiy aktlarning vaqt, hudud va shaxslarga nisbatan amal



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
5-§. Normativ-huquqiy aktlarning vaqt, hudud va shaxslarga nisbatan amal 
qilishi 
Normativ-huquqiy aktlarni hayotga samarali tadbiq etishning muhim sharti - 
ularning amal qilish doirasini aniq belgilab olishdir. Normativ hujjatlarning harakatlanishi - 
ularda nazarda tutilgan yuridik oqibatlarning yuzaga chiqishidir. Normativ-huquqiy 
aktlarning harakatlanish ko’lamlari amaliyot uchun bevosita ahamiyat kasb etadi. Bu 
masala quyidagi to’rt yo’nalishni qamrab oladi: 
1) mazkur akt qanday ijtimoiy munosabatlarga tadbiq etiladi (harakatlanish 
mavzusi); 
2) normativ akt qachondan boshlab va qaysi vaqtgacha amal qiladi (vaqt bo’yicha 
harakatlanishi); 
3) u qaysi hududga o’z ta’sirini o’tkazadi (hududda, makonda harakatlanishi); 
4) normativ akt kimlarga taalluqli (shaxslarga nisbatan amal qilishi). 
1. Aktning harakatlanish mavzusi
Normativ-huquqiy aktlar turli mazmundagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. 
Masalan, ma’muriy qonunchilik sohasidagi normativ aktlar davlat boshqaruvi bilan bog’liq 
munosabatlarni tartibga soladi; fuqaroviy qonunchilik aktlari mulkiy va mulkiy bo’lmagan 
shaxsiy munosabatlarni huquqiy tartibga soladi. Bu sohalarga oid aktlarning hech biri 
o’zgasining mavzusiga, ko’lamiga oid munosabatlarni tartibga sola olmaydi. 
Huquqiy tartibga solish mavzusi predmetini irodaviy ijtimoiy munosabatlar tashkil 
etadi. Bu hol huquqiy aktlarning inson irodasi ishtirok etmaydigan hodisa yoki boshqa 
vaziyatlarga ta’sir etishini istisno qiladi. Bunday holatlar faqat yuridik faktlar sifatida 
maydonga chiqishi mumkin. Ya’ni, qonun bu faktlar tufayli kelib chiqadigan yuridik 
oqibatlarni belgilay oladi, ammo ularning mazmuniga, ichki harakatlanishiga ta’sir eta 
olmaydi. 
Shunday qilib, normativ-huquqiy aktlar muayyan turdagi va mazmundagi ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soladi. 
2. Normativ aktlarning vaqt bo’yicha amalda bo’lishi 
qonun yoki boshqa 
huquqiy hujjatning yuridik kuchga kirish va uni yo’qotish vaqtini anglatadi. Har bir davlatda 
qonun va boshqa normativ aktlarning matbuotda e’lon qilinishi va kuchga kirishi tartibi 
to’g’risidagi normalar amal qiladi. 
O’zbekistonda qonunlarni matbuotda e’lon qilish va yuridik kuchga kiritish tartibi 
maxsus qonun hujjatlari bilan belgilangan. Xususan, O’zbekiston Respublikasining 
qonunlari, davlat hokimiyati oliy organlarining huquqiy aktlari qabul qilinginidan 
(imzolanginidan) so’ng o’n kundan kechiktirmasdan o’zbek, rus va qoraqalpoq tillarida 
nashr etiladi, ayni vaqtda radio va televideniye orqali e’lon qilinishi ham mumkin. Qonunlar 
O’zbekiston Prezidentining imzosi bilan e’lon qilinadi. Qonunlarni kuchga kiritish 
to’g’risidagi parlament qarori esa Oliy Majlis Raisining imzosi bilan e’lon qilinadi. 


146 
Qonunlar, Oliy Majlisning boshqa qarorlari «Axborotnoma»da nashr etilgandan so’ng 
10 kun o’tgach, butun respublika hududida kuchga kiradi. Xuddi mana shu hujjatlar rasmiy 
matbuot organlari («Xalq so’zi», «Narodnoe slovo», «Erkin Qaraqalpaqstan» va «Vesti 
Karakalpakstana» gazetalari) da bosilib chiqqanidan keyin 10 kun o’tgach yuridik kuchga 
kiradi. Normativ mazmunga ega bo’lmagan hujjatlar ular qabul qilinib, matbuotda e’lon 
qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Albatta, bu umumiy qoidadir. Biroq, qonun 
chiqaruvchi idora vaziyatga qarab boshqa muddatlarni belgilashi ham mumkin. 
Agar Oliy Majlisning muayyan qonunni kuchga kiritish tartibi to’g’risidagi qarorida 
boshqacha muddatlar belgilangan bo’lsa, qonun nashr etilgach, yuqoridagi 10 kunlik 
muddatda emas, balki parlament qarorida ko’rsatilgan muddatda kuchga kiradi. Masalan, 
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi 
1994 yil 24 sentyabrda qabul qilinib, 1995 yil 1 apreldan boshlab kuchga kiritilgan; 
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 1997 yil 24 aprelda qabul qilinib, 1998 yil 1 
yanvardan e’tiboran kuchga kiritilgan; Respublikaning Bojxona kodeksi 1997 yil 26 
dekabrda qabul qilinib, 1998 yil 1 martdan kuchga kiritilgan. 
Odatda kodekslar va boshqa katta qonunlar qabul qilingandan to kuchga kirguncha 
bir necha oy vaqt o’tadi. Bunday muddat belgilanishiga sabab tegishli ijtimoiy-iqtisodiy 
shart-sharoitni vujudga keltirish, tashkiliy-tayyorgarchilik ishlarini amalga oshirish uchun 
vaqt-imkoniyat zarur bo’lishidir. Bu davr ichida qonunni hayotga joriy etish mexanizmi 
tarkibiga kiruvchi qonunosti aktlar (farmon, hukumat qarori, nizom va yo’riqnomalar) 
ishlab chiqilib qabul qilinadi. Zarur bo’lsa, tashkiliy-institutsional tuzilmalar tizimi vujudga 
keltiriladi va hokazo. 
Ba’zi normativ-huquqiy aktlar matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga 
kiradi. Bu hakda tegishli ko’rsatma qonunni kuchga kiritish tartibi to’g’risidagi qarorda 
nazarda tutilgan bo’ladi. 
Amaliyotda qonun hujjatlarini bosqichma-bosqich qabul qilib, shu zayilda kuchga 
kiritish hollari ham uchrab turadi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
birinchi qismi 1995 yil 25 dekabrda qabul qilindi, Fuqarolik kodeksining ikkinchi qismi esa 
1996 yil 29 avgustda qabul qilinib, har ikkala qism 1997 yil 1 martdan boshlab kuchga 
kirdi. 
Prezident Farmonlarida ularni kuchga kiritishning turli shakllari qo’llaniladi. Masalan, 
Farmonlar matnida shunday qoidalar uchraydi: «Farmon imzolangan vaqtdan kuchga 
kiritilsin», «Farmon matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiritilsin», «Farmon 
qabul qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiritilsin». Kuchga kiritishning bunday shakllari 
boshqa turdagi normativ-huquqiy aktlarga ham xosdir. 
Refyerendumda qabul qilingan qonunni e’lon qilish va kuchga kiritish tartibi 
«Refyerendum to’g’risida»gi qonunning 27-moddasida belgilangan: 
«Refyerendum natijalarini refyerendum o’tkazuvchi Markaziy Komissiya ovoz byerish 
tugaginidan keyin o’n kundan kechiktirmay ommaviy axborot vositalari orqali O’zbekiston 
Respublikasining aholisiga ma’lum qiladi. Refyerendum o’tkazuvchi Markaziy Komissiyaning 
qarorlari ustidan bu qarorlar qabul qilingan kundan boshlab bir hafta ichida O’zbekiston 
Respublikasining Oliy Sudiga shikoyat qilinishi mumkin». 
Refyerendumda qabul qilingan qaror (qonun) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Kengashi tomonidan refyerendum natijalari haqida rasman xabar qilinginidan keyin kechi 
bilan yetti kun ichida matbuotda bosib chiqariladi va agar refyerendum qarorining o’zida 
boshqa muddat nazarda tutilgan bo’lmasa, e’lon qilingan kunidan kuchga kiradi. 
Normativ aktlarning kuchga kirish va amalda bo’lish vaqtini aniq belgilash muhim 
ahamiyatga ega. Chunki ular belgilangan vaqtdan boshlab so’zsiz bajarilishi lozim. Bu 
qonun ustuvorligi prinsipini hayotga joriy etish bilan bog’liq. Qonun orqaga qaytish kuchiga 
ega emas, degan talab qonun chiqarilgunga qadar vujudga kelgan hamda mavjud bo’lgan 


147 
harakat va munosabatlarga tadbiq etilmaydi, degan ma’noni anglatadi. Biroq, bu umumiy 
yuridik aksiomadan ikki holatda istisno bor: 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish