56
Endilikda biz ushbu farazlarning aksariyati tagi puch uydirmalardan boshqa narsa
emasligini aniq tushunib oldik. Hatto, SSSRda 70 yil mobaynida sotsialistik davlatning
yashaganligining o’zi mazkur nazariyalarning utopiyadan iborat ekanligini rad
etolmaydigina emas, balki ularning bema’niligi, hatto halokatliligini
butun kuch bilan
isbotlab turibdi.
1917 yil Oktyabr to’ntarishidan keyin Rossiyada barcha ishlab chiqarish vositalari va
yer davlat ixtiyoriga o’tkazilginidan so’ng mamlakat o’zining haqiqiy xo’jayinlaridan
mahrum bo’ldi, mehnatga haq to’lashdagi tekischilik unumli mehnatni besamar qilib qo’ydi.
Natijada mehnat majburiy yukka aylandi. Davlatda hokimiyat so’zdagina vakillikka
asoslangan bo’lib, xalq nomidan ish yuritayotgandek ko’rinsada, amalda bir to’da
fitnachilar qo’lida edi. Ular shafqatsiz terror - «prolyetariat diktaturasi» yordamidagina
hokimiyatni qo’llarida ushlab tura olardilar.
Lekin, ma’lumki, hokimiyatni egallab olishning o’zi kifoya qilmaydi, uni ushlab qolish
Yana ham qiyin va muhimroqdir. Davlat hokimiyatining butun keyingi tarixi -jinoyatlarning
qonli zanjiridan iborat. 30-50-yillar «sotsializmi»ning modeli, S.A.Komarov to’g’ri
ta’kidlaginidek, asosiy ishlab chiqarish vositalarini to’liq davlatlashtirish, ijtimoiy hayotning
barcha sohalariga davlatning aralashuvi, ijtimoiy manfaatlarning
shaxs manfaatlaridan
ustuvorligi va fuqarolarning qator huquq va erkinliklarini inkor yetish asosiga qurilgandi.
Shu munosabat bilan V.V.Lazarevning: «Oqibat-natijada amalda yagona davlat
mulkchiligiga asoslangan jamiyat va davlat shakllandi. Shuning uchun ham ular ko’p
jihatdan sharq tipidagi jamiyat va davlatlarga o’xshab kyetardi. Partiya-davlat mahkamasi,
to’g’rirog’i, uning rahbar doiralari ishlab chiqarish vositalarining haqiqiy egalariga aylan-di.
Natijada ular cheklanmagan hokimiyatga ega bo’ldilar»
12
, - degan fikriga qo’shilmay
bo’lmaydi. “Sotsializm” qurishga kirishgan boshqa mamlakatlarda ham o’ziga xos
xususiyatlarga ega bo’lsa-da, yuqoridagiga o’xshash jarayonlar sodir bo’layotgandi.
Shunday qilib, sotsialistik davlat g’oyasi amalda yuzaga chiqmay qoldi -
utopiyaligicha qolib ketdi. Biroq, bu sotsializm g’oyalarini butunlay inkor yetish degan gap
emas. Darvoqe, urushdan keyingi ko’pgina burjua davlatlari ilmiy sotsializmning ba’zi qoida
va g’oyalaridan foydalandilar hamda kommunistlardan farqli o’laroq ularni hayotga tatbiq
ham etdilar. Bular - umumiy teng huquqlilik to’g’risidagi,
mehnatkashlarni ijtimoiy
himoyalash haqidagi, aholining yuksak turmush darajasini ta’minlash maqsadida davlat
nazoratini yo’lga qo’yish to’g’risidagi g’oyalar edi. Qolaversa, bu g’oyalarni zo’r-bazo’rgana
sof «sotsialistik g’oyalar» deb atash mumkin. Masalan, Qur’on K.Marksdan 1100 yil
oldinroq tenglik, qardoshlik va ijtimoiy adolat g’oyalarini e’lon qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: