30
ta’riflanadi. Uning rivojlanishi, ko’rinishi, shakli va mazmuni iqtisodiy munosabatlar bilan
belgilanadi. Ammo shuni yodda saqlash kerakki, hokimiyat jamiyatda rahbarlik qilayotgan
kuchlar, sinflar, partiyalar va tabaqalar, ayniqsa ayrim shaxslarning erklariga, ularning
g’oyalari va maqsadlariga bog’liq bo’lib, jamiyatning rivojlanishida ijobiy Yoki salbiy rol
o’ynaydi. Agar g’oyalar, maqsadlar ilg’or, insoniy va ko’pchilik manfaatiga qaratilgan bo’lsa,
so’zsiz, ijobiydir, va aksincha, faqat alohida guruh, partiya, tabaqaning manfaatiga
qaratilgan bo’lsa, bunday hokimiyat totalitar, avtoritar, diktatorlik rejimlariga olib keladi.
Hokimiyatning to’g’ri, demoqratiya tamoyillari asosida tashkil etilishi - ulug’ ishdir.
Masalan, Yaponiya, Olmoniya kabi mamlakatlar xalqlari baxt-saodatlari, ularning tinchliklari
boisi tartib va qonunchilikning chinakam o’rnatilganligidadir. Rossiya, Afg’oniston kabi
mamlakatlarda, afsuski, to’qnashuvlar, urushlar bu hokimiyatning, tartib, qoidalarning
yaxshi shakllanmaginidan, kuchsizligidan, adashayotginidan dalolat beradi. O’zbekistonda
esa, bugun shunday hokimiyat tashkil topdiki, u o’tish davrining qiyinchiliklari va
injiqliklariga qaramasdan, mamlakatda tinchlikni ta’minladi. Jinoyatchilik, ayniqsa, o’ta
xavfli uyushgan jinoyatchilikka qarshi o’z kuchini qarshi qo’yishga muvaffaq bo’ldi.
Mamlakatda kuchli davlatchilikdan kuchli jamiyat sari rivojlanishni ta’minladi.
Hokimiyat masalasi, eng avvalo, qonun-qoidalar bilan bog’liq bo’ladi. Hokimiyat o’z-
o’zicha ishlay olmaydi. Uning o’zi, ichki tuzilishlari ham qonunlar va qoidalarga asoslangan
bo’lishi kerak. Jamiyat a’zolarining yurish-turishlari ham qonunlar va qoidalar bilan
belgilangan bo’lishi shart. Adabiyotlarda qonunlar va qoidalar (normalar) bir so’z bilan
sotsial normalar deb yuritiladi. Ular ikki asosiy turga: majburiy xaraktyerda bo’lmagan
(odob-axloq normalari) va hamma uchun majburiy (qonunlar)ga bo’linadi.
Jamiyatda sotsial normalar yaxshi ishlangan va hayotiy bo’lsa, ularning amaliyotda
qo’llanilishi yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, bunday jamiyatda adolat, tinchlik, farovonlik
mavjud bo’ladi. Jamiyatda sotsial normalar amal qilmasa, ular buzilsa, ayniqsa sohibi
qonunlar tomonidan e’tiborsizlik bilan qaralsa, bunday jamiyatlarda parokandalik,
tartibsizliklar bo’lishi muqarrardir.
Jamiyat a’zolarining kundalik turmushlarida, ularning o’zaro munosabatlarida
hukmronlik qiladigan va ularning dunyoqarashlarida ko’nikmalarga aylanib qolgan qoidalar
- ularning ota-bobolari tomonidan o’rnatilgan, joriy etilgan qonunlar muqaddasligidir.
Jamiyatda umumiy tinchlik, barqarorlik saqlashda hokimiyat ana shu qonuniyatlarga qatiy
rioya qilishi kerak.
Ijtimoiy tartibni o’rnatishda, muayyan tizimga solishda, boshqarishda, birinchi
navbatda, odamlarning xatti-harakatlarini, yurish-turishlari, ularning jamoalari,
tashkilotlari, organlarining faoliyatlari qoida va qonunlar asosida quriladi. Jamiyatdagi
ijtimoiy tartib quyidagi qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: