O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik



Download 1,8 Mb.
bet162/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

31.4. Xalqaro jinoyat huquqiy munosabatlarni, jumladan, xorijiy davlatning shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovi, ushlab berilgan shaxsning javobgarlik doirasi, xorijiy davlatga shaxsni ushlab berishni rad etish kabi munosabatlarni tartibga solish


Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda hamda tartibda yoki oʻzarolik prinsipi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organiga xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish uchun ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov yuborishi mumkin.


Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida oʻzarolik prinsipi asosida soʻrov yuborish, agar soʻrov yuborilishiga sabab boʻlgan qilmish har ikkala davlat qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy jazolanadigan qilmish boʻlsa va shaxs jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berilgan taqdirda – uni sodir etganlik uchun bir yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo yoki ogʻirroq jazo nazarda tutilganda yoxud shaxs hukmni ijro etish uchun ushlab berilgan taqdirda — u olti oydan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga yoki ogʻirroq jazoga hukm qilinganida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxs oʻzi ushlab berilguniga qadar sodir etgan va ushlab berilishiga sabab boʻlmagan jinoyati uchun uni ushlab bergan davlatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, jazolanishi, shuningdek uchinchi bir davlatga topshirilishi mumkin emas. Quyidagi hollarda xorijiy davlatning roziligi talab qilinmaydi, agar:
u ushlab bergan shaxs jinoyat ishi tugatilgan kundan e’tiboran, hukm qilingan taqdirda esa jazo oʻtalgan yoki har qanday qonuniy asosga koʻra jazodan ozod qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etmagan boʻlsa. Ushlab berilgan shaxs oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etish imkoniyatiga ega boʻlmagan vaqt bu muddatga qoʻshib hisoblanmaydi;
u ushlab bergan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etgan, ammo keyin ixtiyoriy ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelgan boʻlsa.
Xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qaror qabul qilgan organ uning koʻchirma nusxasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi. Ayni bir shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida bir necha davlatning soʻrovi mavjud boʻlganda, shaxsni qaysi davlatga ushlab berish kerakligi toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori qabul qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsni yigirma toʻrt soat ichida yozma ravishda xabardor qiladi va unga mazkur qaror ustidan JPKning 602-moddasiga muvofiq shikoyat qilish huquqini tushuntiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarori ustidan soʻralayotgan shaxs qamoqda saqlanayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat yoki Toshkent shahar sudlariga mazkur shaxs yoxud uning himoyachisi tomonidan xabarnoma olingan paytdan e’tiboran oʻn sutka ichida shikoyat qilinishi mumkin.
Soʻralayotgan shaxs qamoqda saqlanayotgan joyning ma’muriyati shikoyatni olishi bilan uni darhol sudga yuboradi va bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda xabardor qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabarnoma olingan kundan e’tiboran uch sutkadan kechiktirmay sudga Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarorning qonuniyligi va asosliligini tasdiqlovchi materiallarni yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish shikoyat sud tomonidan olingan kundan e’tiboran oʻn sutka ichida uch nafar sudyadan iborat tarkibda, ochiq sud majlisida prokuror, oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan shaxs va agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, uning himoyachisi ishtirokida amalga oshiriladi.
Oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov kelib tushgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boshqa jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilayotgan yoki jazoni oʻtayotgan boʻlsa, uni ushlab berish jinoyat ishi tugatilguniga, hukm ijro etilguniga yoki har qanday qonuniy asosga koʻra jazodan ozod qilinguniga qadar kechiktirilishi mumkin.
Agar jazoni oʻtayotgan shaxsni ushlab berishni kechiktirish jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketishiga sabab boʻlishi yoki jinoyatni tergov qilishga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, soʻralayotgan shaxs, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari tomonidan belgilangan shartlarga rioya etish majburiyati mavjud boʻlgan taqdirda, vaqtincha ushlab berilishi mumkin.
Vaqtincha ushlab berilgan shaxs jinoyat ishi boʻyicha qaysi protsessual harakatlar bajarilishi uchun ushlab berilgan boʻlsa, oʻsha protsessual harakatlar bajarilganidan keyin, biroq shaxs topshirilgan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay qaytarib berilishi kerak. Har ikkala davlat vakolatli organlarining oʻzaro ahdlashuviga koʻra bu muddat shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyat uchun hukm qilingan yoki qonunga muvofiq hukm qilinishi mumkin boʻlgan jazo muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida xorijiy davlatning vakolatli organidan tegishli tarzda rasmiylashtirilgan soʻrov olinganda va mazkur shaxsni ushlab berish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, ushbu shaxs ushlab turilishi va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin.
Xorijiy davlat vakolatli organining iltimosnomasiga binoan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov olinguniga qadar ham ushlab turilishi mumkin. Iltimosnomada qamoqqa olish toʻgʻrisidagi qarorga yoki qonuniy kuchga kirgan hukmga havola va mazkur soʻrov qoʻshimcha ravishda taqdim etilishi koʻrsatilishi kerak. Shaxsni qamoqqa olish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ushbu soʻrov yuborilguniga qadar pochta, telegraf, teleks, faks yoki boshqa aloqa vositalari orqali yetkazilishi mumkin.
Shaxs, agar u boshqa davlat hududida uni ushlab berishga sabab boʻladigan jinoyat sodir etgan deb gumon qilish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan iltimosnomasiz ham yetmish ikki soatgacha ushlab turilishi mumkin.
Shaxs ushlanganidan keyin ichki ishlar organlarining yoki boshqa surishtiruv organlarining xodimi olingan materiallarni prokurorga taqdim etadi, u materiallarni oʻrganib chiqadi va ushlab turilgan shaxsning qidiruv e’lon qilingan shaxs ekanligi toʻgʻrisida yetarli asoslar mavjud boʻlgan, shuningdek JPKning 603-moddasida bayon qilingan asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi va uni sudga yuboradi.
Prokurorning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi, uning sudya tomonidan koʻrib chiqilishi, ajrim chiqarilishi, shuningdek sudyaning ajrimi ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish JPKning 241 va 243-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Shaxs qamoqqa olinganligi toʻgʻrisida prokuror Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni qamoqqa olish haqida iltimosnoma yoki ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov yuborgan yoxud yuborishi mumkin boʻlgan xorijiy davlatning vakolatli organini darhol yozma ravishda xabardor qiladi.
Oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisidagi masala koʻrilayotgan shaxsni qamoqda saqlab turish muddati koʻpi bilan uch oyni tashkil etadi. Mazkur muddat ushlab beriladigan shaxsning topshirilishini ta’minlash maqsadida, shuningdek xorijiy davlatning vakolatli organidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov yuzasidan qoʻshimcha ma’lumotlar talab qilingan hollarda JPKning 245-moddasi ikkinchi qismida va 247-moddasida nazarda tutilgan tartibda uzaytirilishi mumkin.
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnoma talablariga rioya etilganligini hisobga oladi.
Xorijiy davlatning vakolatli organi ushlab berilishi lozim boʻlgan shaxsni oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli qabul qilib olishi mumkin boʻlmay qolgan va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda xabardor qilgan taqdirda, topshirish sanasi koʻchirilishi mumkin. Agar Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi ushlab berilishi lozim boʻlgan shaxsni oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli topshirishi mumkin boʻlmay qolsa, topshirish sanasi oʻsha tartibda koʻchirilishi mumkin.
Xorijiy davlat vakolatli organining uchinchi davlat tomonidan mazkur organga ushlab berilgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi JPKning 601 va 603-moddalari talablariga rioya etilgan holda koʻrib chiqiladi.
Shaxsni xorijiy davlatning vakolatli organiga ushlab berishda jinoyat quroli boʻlgan ashyolar, shuningdek jinoyat izlarini oʻzida aks ettirgan yoki jinoiy yoʻl bilan topilgan ashyolar topshiriladi. Bu ashyolar shaxsni ushlab berish uning vafot etganligi yoki boshqa sabablar tufayli amalga oshirilishi mumkin boʻlmay qolgan taqdirda ham mazkur organning iltimosiga binoan topshiriladi.



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish