O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Jinoyat ishlari yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlikni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaxslar



Download 1,8 Mb.
bet161/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

31.2. Jinoyat ishlari yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlikni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaxslar


1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat qidiruv politsiyasining xalqaro tashkiloti (Interpol)ga kirishi munosabati bilan va bu xalqaro tashkilotning ustavi talablariga muvofiq Ichki ishlar vazirligining tuzilmasida mustaqil boshqarma huquqi bilan Oʻzbekiston Respublikasida Interpolning Milliy markaziy byurosi tashkil etilgan.


Interpolning Milliy markaziy byurosi Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarining xalqaro darajadagi hamkorligining muvofiqlashtiruvchi markazi hisoblanadi. Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari boʻyicha rasmiy va maxfiy (tezkor-qidiruv) axborot almashishni ta’minlaydi, buning uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlari, xorijiy diplomatik vakolatxonalar xizmati va xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari, Interpolning Bosh kotibiyati va Interpolning boshqa mamlakatlar Milliy markaziy byurolari bilan, shuningdek zarur boʻlgan hollarda boshqa manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan aloqalarni amalga oshiradi.


31.3. Xalqaro hamkorlik shakllari va protsessual tartibi


Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokidagi xalqaro shartnoma va kelishuvlardan kelib chiqqan holda xalqaro huquqiy yordamning quyidagi shakllarini keltirib oʻtish mumkin:


– protsessual harakatlarni xorijiy davlat hududida bajarish toʻgʻrisida soʻrov yuborish;
– protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijro etish;
– Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan guvohni, jabrlanuvchi, ekspert, fuqaroviy da’vogarni, fuqaroviy javobgar va ularning vakillarini chaqirish;
– jinoyat ishi materiallarini xorijiy davlatning vakolatli organiga yuborish;
– jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi soʻrovni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijro etish va boshqalar.
Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrov va unga ilova qilinayotgan hujjatlar soʻrovni yuborayotgan organning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda ular yuborilayotgan xorijiy davlatning rasmiy tiliga yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boshqa tilga tarjima qilinadi.
Xorijiy davlat hududida jinoyat ishi boʻyicha protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni ijro etish davomida uning vakolatli organlari tomonidan olingan yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi soʻrovga ilova qilinib, Oʻzbekiston Respublikasiga yuborilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan va topshirilgan dalillar ushbu kodeks talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan dalillar singari yuridik kuchga ega boʻladi.
Xorijiy davlat hududida qamoqda saqlanayotgan shaxs, basharti bu shaxs ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni chaqirish toʻgʻrisidagi soʻrovda nazarda tutilgan protsessual harakatlar bajarilishi uchun xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha oʻtkazilgan boʻlsa, ushbu moddada belgilangan tartibda chaqiriladi. Bunday shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻladigan butun davrida qamoqda saqlanaveradi. Uni qamoqda saqlashga xorijiy davlat vakolatli organining tegishli qarori asos boʻladi. Mazkur shaxs soʻrovga berilgan javobda koʻrsatilgan muddatlarda tegishli xorijiy davlat hududiga qaytarilishi kerak.
Shaxsni oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida yoki oʻzarolik prinsipi asosida belgilanadi.
Chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan, keyinchalik uning hududidan chiqib ketgan hamda protsessual harakatlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida uning ishtirokida bajarishning imkoni boʻlmagan taqdirda, tergov qilinayotgan jinoyat ishining barcha materiallari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga topshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur materiallarni xorijiy davlatning vakolatli organiga tergov qilish uchun yuborish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi.
Jinoyat ishi materiallariga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ariza, shuningdek dalillar ilova qilinadi. Ishdagi har bir hujjat mazkur jinoyat ishini yuritayotgan organning gerbli muhri bilan tasdiqlangan va yuborilayotgan xorijiy davlatning rasmiy tiliga yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boshqa tilga tarjima qilingan boʻlishi kerak.



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish