O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Dastlabki tergovning alohida shakli sifatida surishtiruv oʻtkazishning xususiyatlari



Download 1,8 Mb.
bet114/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

20.4. Dastlabki tergovning alohida shakli sifatida surishtiruv oʻtkazishning xususiyatlari


Surishtiruv dastlabki tergovning barcha vazifalarini toʻliq amalga oshirgan holda jinoyat ishini sudda muhokama qilish uchun barcha harakatlarni toʻliq va xolis amalga oshirishga muddat yetarli boʻlgan holdagina oʻtkaziladi.


Jinoyat ishi koʻp mehnat talab etsa, juda murakkab yoki oʻta dolzarb boʻlsa, prokuror yoki surishtiruv boʻlinmasining boshligʻi shu ish boʻyicha surishtiruv ishlarini yuritishni dastlabki tergovdagi kabi doimiy yoki maxsus tuzilgan surishtiruvchilar guruhiga topshirishi mumkin. Bunda prokuror yoki surishtiruv boʻlinmasi boshligʻi tomonidan qaror qabul qilinadi, qarorda guruhning rahbari va a’zolari koʻrsatiladi. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror bilan bir vaqtda surishtiruv guruhini tuzish toʻgʻrisidagi qaror ham qabul qilinishi mumkin, bunda har ikkala masalada bir qarorda koʻrsatiladi. Surishtiruvchilar guruhi tarkibida oʻzgarish boʻlsa yoki uning rahbari oʻzgarsa ham alohida qaror bilan rasmiylashtiriladi.

20.5. Surishtiruvni toʻxtatish va tamomlash


Dastlabki tergovni toʻxtatish asoslari bilan surishtiruvni toʻxtatish asoslari bir xil boʻlib, buning uchun surishtiruvchi tomonidan qaror qabul qilinadi va qaror nusxasi nazorat qiluvchi prokurorga yuboriladi. Shuningdek, bu haqida jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari xabardor qilinadi. Qaror qonunga nomuvofiq boʻlganda, prokuror tomonidan bekor qilinadi va surishtiruv qayta tiklanadi. Surishtiruvni toʻxtatish uchun quyidagilar asos boʻladi:


– ish boʻyicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmagan;
– ayblanuvchining qayerda ekanligi noma’lum boʻlgan;
– ayblanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan, basharti, uning tergovga kelishini ta’minlash imkoniyati boʻlmasa;
– ayblanuvchi ishni yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan ogʻir va davomli, lekin davolab boʻladigan kasallikka chalingan hollarda toʻxtatiladi.
Surishtiruvchi jinoyat ishi boʻyicha surishtiruvni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishdan oldin ayblanuvchi yoʻqligida bajarish mumkin boʻlgan barcha tergov harakatlarini bajarishi shart.
Surishtiruvchi tomonidan faqat ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilinishi mumkin. Qidiruv surishtiruv oʻtkazilayotganida ham, shuningdek surishtiruv toʻxtatilganidan keyin ham e’lon qilinishi mumkin.



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish