O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik



Download 1,8 Mb.
bet58/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

7.9. Murdani eksgumatsiya qilish


Ko‘zdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chiqarib olish zarur bo‘lgan taqdirda prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur tergov harakatini o‘tkazish asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.


Tergovchining yoki surishtiruvchining murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Prokuror murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Sud murdani eksgumatsiya qilishni surishtiruv organlariga yoki tergovchiga topshiradi, bu haqida ajrim chiqaradi. Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, okrug, hududiy harbiy sudning sud`yasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi bo‘lmagan yoxud murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.


7.10. Eksperiment





Eksperiment tergov harakati deganda jinoyat ishi bo‘yicha ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lum voqeaning holatini qayta tiklash yo‘li bilan tajriba harakatlarini o‘tkazish, biror hodisaning sodir bo‘lish imkoniyatini tekshirish, shuningdek hodisaning voqelikda qanday yuz berishi va izlarning qolish yo‘sinlarini aniqlash, shaxsning qobiliyatlari (ko‘rish, eshitish yoki jismoniy) va tergov tusmollarini tekshirish maqsadida o‘tkaziladigan protsessual harakat tushuniladi.

Eksperiment so‘zi lotincha “exprimentum” so‘zidan olingan bo‘lib, “sinash”, “tekshirib ko‘rish” degan ma’nolarni anglatadi.


Ushbu ta’rif orqali eksperiment oddiy ko‘rinsa-da, uni chuqurroq mulohaza qiladigan bo‘lsak, ancha o‘ziga xos jihatlariga ega ekanligini anglash mumkin. Chunki jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan ba’zi dalillarni tekshirish orqali undagi ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligini aniqlashda samarali qo‘llanilishi mumkin. Ya’ni eksperiment shaxsning bergan ko‘rsatuvlaridagi voqea, holat, vaziyat va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarning haqiqatga qanchalik mosligini, o‘sha voqea, holat, vaziyat va jarayonlarni tajriba o‘tkazish orqali qayta tiklab o‘tkazishdan iboratdir.
Eksperiment o‘tkazishga prokurorning ruxsati talab etilmagan va qonun bo‘yicha uni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan holatlar bo‘lmagan taqdirda eksperiment o‘tkazishga faqat tergovchining qarori yetarli bo‘ladi.
Eksperiment natijasida fuqaro, korxona, muassasa va tashkilotlarga mulkiy zarar yetkazilishi, ishlab chiqarish tartibotining, transport vositalari harakati jadvalining buzilishi va boshqa noxush oqibatlarning kelib chiqishi ehtimoli bo‘lsa, surishtiruvchining, tergovchining bunday eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga prokuror sanksiya berishi lozim.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish