O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Ko‘char narsalarni tanib olish uchun ko‘rsatish



Download 1,8 Mb.
bet56/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

2. Ko‘char narsalarni tanib olish uchun ko‘rsatish. Tergov olib borilayotgan joyga, sudga yoki boshqa joyga olib borilishi mumkin bo‘lgan narsalar, narsalarning bo‘lagi va hayvonlar jinoyat ishiga aloqasi bo‘lmagan boshqa turdosh narsalar orasida tanib olish uchun ko‘rsatiladi.

Turdosh narsalar – bu tanib oluvchi so‘roq qilinganda tasvirlaganidan tashqi belgilari, alomatlari, xususiyatlari bo‘yicha jiddiy farq qilmaydigan narsalar tushuniladi.

o‘tkazish uchun asos - bu isbotlash uchun zaruriyat bo‘lib, unda ilgari taassurot qoldirgan obyektni tanib olishga taqdim qilingan obyekt taqqoslanadi. Agar obyekt isbotlashning boshqa uslub yoki vositalar orqali aniqlanadigan bo‘lsa, tanib olish uchun ko‘rsatishni o‘tkazishning zarurati yo‘q.


Ko‘char narsalarni tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati kamida ikki nafar xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.


3. Ko‘chmas obyektni tanib olish uchun ko‘rsatish. Jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi joy, bino, binodagi alohida xona yoki boshqa ko‘chmas obyekt nomini aytib va tasvirlab bersa-da, biroq uning joylashgan o‘rnini aniq aytib bera olmasa, biror aniq joydan obyektga borish yo‘lini ko‘rsatishga istak bildirsa, unga shu obyektni ko‘rsatishiga imkon beriladi.
Ko‘chmas obyektni tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati xolislar ishtirokida o‘tkaziladi.


7.6. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish





Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish mustaqil tergov harakati bo‘lib, surishtiruvchi, tergovchi va sud, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh hamda jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda muayyan holatlarni qayta tiklash yo‘li bilan tekshirib ko‘rishdan iboratdir.

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishdan maqsad esa, ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga ma’lum, ammo surishtiruvchi, tergovchi va sudga noma’lum bo‘lgan, jinoyat hodisasini aniqlash uchun ahamiyatga ega narsalar, hujjatlar, izlar va belgilarni topish, shaxsning tergov yoki sud muhokamasi davomida topilgan narsalar, hujjatlar, izlar qayerda bo‘lganligini ko‘rsatib berishi, bir necha shaxsning ayni bir hodisa to‘g‘risida bergan ko‘rsatuvlaridagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash uchun muhim bo‘lgan joy yoki yo‘nalishni shaxs ko‘rsatib berishi, holatlarni qayta tiklash voqea-hodisa sodir bo‘lgan joydagi sharoit bilan qiyoslash orqali ko‘rsatuvlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashdan iboratdir.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish