O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik



Download 1,8 Mb.
bet25/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

2.12. Haqiqatni aniqlash prinsipi


Mazkur prinsipning mazmuni shundan iboratki, sodir etilgan jinoyatni to‘la ochish, uni sodir etganlarning aybdorlik darajasini to‘g‘ri belgilash hamda aybdorga adolatli jazo tayinlash, jinoyatning sodir etilishi sabablari va unga imkon bergan sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish, aybi bo‘lmagan hech bir shaxsning javobgarlikka tortilishi va hukm qilinishining oldini olish maqsadida jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar ishning barcha holatlarini to‘liq va xolisona aniqlashlari shart.


Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda to‘plangan, tekshirilgan va baholangan ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, guvohdan va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan zo‘rlash, qo‘rqitish, huquqlarini cheklash va o‘zga noqonuniy choralar bilan ko‘rsatuvlar olishga harakat qilish man qilinadi.


2.13. Aybsizlik prezumpsiyasi


O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasiga binoan “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.


Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas.
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak”.

2.14. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan ta’minlash prinsipi


Jinoyat-protsessual kodeksining 24-moddasiga muvofiq, gumon qilinuvchi va ayblanuvchining himoyalanish huquqi quyidagi qoidalardan iborat:


gumon qilinuvchi va ayblanuvchi o‘z huquqlarini shaxsan hamda o‘z vakolatlaridan to‘liq foydalanadigan himoyachi yordamida amalga oshirishlari;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari har bir ayblanuvchi o‘zining himoyalanishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirishi uchun tegishli sharoitlar yaratish bo‘yicha majburiyatlarini bajarishlari.



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish