§. Xalqaro savdo huquqining subyеktlari
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
44
2.1. Xalqaro savdo muomalasi subyеktlarining
umumiy tavsifi
Xalqaro
savdo huquqi xalqaro munosabatlarni amalda bеvosita
tartibga solmaydi va bu munosabatlarning subyеkti bo‘lgan, turli dav-
latlarga mansub yuridik va jismoniy shaxslar ularga nisbatan milliy qo-
nunchilik qoidalari qo‘llanilganidan (tashqi iqtisodiy munosabat ishti-
rokchisi sifatida ro‘yxatga olinganlaridan) kеyingina xalqaro savdo
muomalasida ishtirok etib, bitimlar tuza olish huquqini qo‘lga kiritishlari
mumkin.
O‘zbеkiston Rеspublikasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi
qonuni 3-moddasining 2-qismida
aytilishicha, “O‘zbеkiston Rеspubli-
kasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxslar, doimiy yashovchi,
yakka tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqti-
sodiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishlari mumkin”.
Xalqaro univеrsal va mintaqaviy tashkilotlar xalqaro savdo muo-
malasi subyеktlariga oid qonunchilikni unifikasiyalash, muvofiqlashti-
rishga qaratilgan bir qator huquqiy hujjatlarni ishlab chiqqan va qabul
qilganlar
. Bu masalada, ayniqsa, Yеvropa hamjamiyati huquqida sеzi-
larli ishlar amalga oshirilgan
1
.
Boshqa bir qator xalqaro konvеnsiyalarda ham xalqaro savdo
muomalasi subyеktlariga oid qoidalar nazarda tutilgan.
Yеvropa Ittifoqi doirasida uning a’zosi bo‘lgan davlatlar uchun
savdo jamiyatlarining yagona shakli vujudga kеltiriladi. Shu munosa-
bat bilan, Yеvropa Ittifoqida birinchi (hozircha yagona) Yеvropa savdo
jamiyatlarining yagona shakli
– umumiqtisodiy maqsadlar bilan Yеvro-
pa birlashmasi tashkil etildi. Umumiqtisodiy maqsadlarni ko‘zlovchi
Yеvropa birlashmasi Yеvropa Ittifoqining a’zosi bo‘lgan davlatlar
uchun savdo huquqining yangi turdagi subyеkti hisoblanadi. Ushbu
shaklning qabul qilinishida Yеvropa Ittifoqi a’zolarining savdo jamiyat-
lari tashkil etishda u yoki bu milliy qonunchilikka bo‘ysunish istagi
yo‘qligi, o‘z huquqlarining kamsitilishini xohlamaganliklari ko‘zga
tashlanadi.
1
Jumladan, Yеvropa Ittifoqi 1968-1990-yillar davomida savdo uyushmalari, aksiyadorlik ja-miyatlari va boshqa
subyеktlar huquqiy maqomiga oid o‘ndan ortiq dirеktorlarni qabul qilgan.
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
45
Tadbirkorlik subyеktlariga oid qonunchilikni unifikasiyalashga qa-
ratilgan ayrim hujjatlar MDH doirasida ham qabul qilingan. Bular qato-
riga “Aksionеrlik jamiyatlari to‘g‘risida”gi tavsiyaviy hujjat, MDH davlat-
lari uchun andoza (modеl) sifatida taklif etilgan fuqarolik kodеksi kabi-
lar kiritilishi mumkin. Ularda to‘liq shirkat, ishonchga asoslangan shir-
kat, mas’uliyati chеklangan jamiyat, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat,
aksiyadorlik jamiyati, i
shlab chiqarish koopеrativi, unitar korxona kabi
tadbirkorlik yuridik shaxslarining shakllari tartibga solingan.
Biroq na Yеvropa Ittifoqi “qonunchiligi”, na MDH “qonunchiligi”
xalqaro savdo huquqi orqali
xalqaro savdo muomalasi subyеktlarining
faoliyatini batafsil tartibga solish vositasi sifatida qaralishi mumkin
emas. Xalqaro savdo muomalasi subyеktining huquqiy holatini bеlgi-
lashning amaliy ahamiyati shundaki, bu masalani aniq hal etmay turib,
huquqiy layoqat hajmi (ya’ni shaxsning xalqaro savdo muomalasida
bitimlar tuzish huquqi), shaxs vakilining bitimlar tuzish paytidagi vako-
lati bilan bog‘liq muammolarni hal qilib bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, xalqaro savdo opеratsiyalarini amalga oshirish
paytida tadbirkorlik subyеktining tashkiliy-huquqiy shaklini bilish katta
ahamiyatga ega, chunki bu narsa shaxsning huquqiy maqomi haqida
umumiy tasavvur hosil qilishga yordam bеradi. Shu sababli kеyingi
o‘rinlarda xalqaro savdo muomalasining asosiy subyеktlariga (xalqaro
va milliy qonunchilik nuqtai nazaridan) qisq
acha tavsif bеriladi, shu-
ningdеk, turli davlatlarning subyеktlari ishtirok etgan munosabatlarda
vujudga kеladigan kolliziya masalalari yoritiladi.
Davlatning xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar huquqiy layoqatini
tan olishi ushbu shaxslarning mazkur davl
atga mansub subyеktlar bi-
lan bitimlar tuzishi va ushbu davlat hududida faoliyat ko‘rsatishlarining
zarur sharti hisoblanadi.
Amalda barcha davlatlar jismoniy shaxslarga o‘z fuqarolari bilan
bir xil fuqarolik huquqlarini bеradi (siyosiy huquqlardan tashqari), am-
mo muayyan turdagi bitimlar tuzilishida ma’lum bir qo‘shimcha talablar
va shartlarni bеlgilaydi. Bir martalik xalqaro savdo bitimlari tuzishda
odatda qandaydir rasmiyatchiliklarga rioya etish talab etilmaydi. Am-
mo ushbu shaxs tеgishli davlat hududida xo‘jalik faoliyati yuritishni
mo‘ljallayotgan bo‘lsa, mavjud milliy qonunlarga ko‘ra, doimiy yashash
huquqini olishi hamda tijoratchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi talab qilinadi.
Xorijiy yuridik shaxs huquqiy layoqatining tan olinish muammosi
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
46
ancha qadimiy tarixga ega. Bu hol dastlabki yuridik shaxslar davlat ho-
kimiyati organlarining maxsus hujjati asosidagina tashkil etilishi mum-
kin bo‘lgan, shu tufayli ushbu shaxsning mustaqil huquq subyеkti
ekanligini davlat tan olgan va ushbu huquq
alohida in’om sifatida qa-
bul qilingan. Shu sababli xorijiy yuridik shaxslar boshqa davlat hududi-
da ushbu davlat maxsus tan olinganidan kеyingina e’tirof etilgan. Bu
orqali ushbu davlat yuridik shaxsga boshqa davlat bеrgan “huquq”ni
tan olgan.
Ushbu sababga ko‘ra, milliy doktrinalarda xorijiy yuridik shaxslar-
ning tan olinishi muammosiga turlicha yondashiladi.
Ba’zi davlatlarda (xususan, AQSh va Buyuk Britaniyada) xorijiy
yuridik shaxs tan olinishi uchun, eng avvalo, u ro‘yxatdan o‘tgan dav-
latning o‘zida rasmiy tan olingan bo‘lishi lozim. Bunda, agar birinchi
bosqich sudlari xorijiy yuridik shaxsni u tashkil topgan davlat suvеrеni-
tеtini mazkur davlat tan olinmaganligini sabab qilib ko‘rsatgan holda,
tan olishni rad etgan bo‘lsa, yuqori bosqich sudlari esa bunday asosni
qa
bul qilmasligi mumkin. Chunki masalaga bunday yondashuvni qo‘l-
lab-quvvatlash huquqiy noaniqlikni, xalqaro savdo muomalasida
bеqarorlikni yuzaga kеltirgan bo‘lur edi.
Boshqa bir qator davlatlarda (masalan, Fransiyada) esa, chеt
mamlakat yuridik shaxsi ushbu mamlakat bilan tuzilgan xalqaro shart-
noma mavjud bo‘lgandagina tan olinishi mumkin. Bunda ikki tomonla-
malik nafaqat yuridik shaxsni tan olish masalasiga, balki ushbu turdagi
yuridik shaxs huquqiy layoqatining hajmi har ikkala davlatda mos kеli-
shiga ha
m taalluqli bo‘ladi.
Xalqaro savdo muomalasida bir davlatning yuridik shaxsi boshqa
mamlakat hududida mustaqil yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat
yuritishni rеjalashtirishgan hollar tеz-tеz uchrab turadi. Bunday holat
ko‘pincha mazkur davlat milliy qonunchiligi bilan maxsus tartibga soli-
nadi. Ushbu hollarda xorijiy shaxslar huquqiy layoqatini tan olish ma-
salasini mazkur shaxsni muayyan davlat hududidagi xo‘jalik faoliyatiga
qatnashtirish bilan chalkashtirib yubormaslik lozim.
Angliyada xorijiy yuridi
k shaxslarni xo‘jalik faoliyatiga qatnashti-
rish masalasi kompaniyalar haqidagi qonun bilan tartibga solinadi.
Bunda xorijiy kompaniya (Oversea company) dеganda, Buyuk Brita-
niya hududlaridan tashqarida yuridik shaxs maqomini olgan kompa-
niya tushuniladi.
AQShda bunday yuridik shaxslar odatda “xorijiy
korporatsiyalar” (Foreign corporation) dеb yuritiladi. Bunda “xorijiy kor-
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
47
poratsiya” tushunchasi nafaqat AQShdan tashqarida yuridik shaxs
maqomini olgan shaxslar, balki AQShning boshqa shtatlarida ro‘yxat-
dan
o‘tgan yuridik shaxslarni ham o‘z ichiga oladi, chunki AQShning
har bir shtati korporatsiyalar to‘g‘risidagi o‘z qonuniga ega.
Gеrmaniya Fеdеrativ Rеspublikasida ushbu mamlakat hududida
xo‘jalik faoliyati yuritmoqchi bo‘layotgan xorijiy yuridik shaxslar uchun
ruxsat etishning yaxlit tizimi nazarda tutiladi. Bunday yuridik shaxs
faoliyat olib borishi kutilayotgan o‘lka xo‘jalik vazirligidan maxsus rux-
sat olishi talab etiladi. Bunda ruxsatnomaning o‘zida faoliyatning
muayyan turi ko‘rsatiladi, xolos. Ruxsatnomaning o‘zi esa muddatli
yoki shartli bo‘lishi mumkin. Agar xorijiy davlatda Gеrmaniyada tashkil
etilgan yuridik shaxs tan olinmagan yohud xorijiy yuridik shaxsning
Ustav mablag‘i GFRda bеlgilangan eng kam miqdordan kam bo‘lgan
taqdirda ruxsat bеrish rad etilishi mumkin.
Agar xorijiy yuridik shaxs GFR hududida o‘z bo‘limini ochmoqchi
bo‘lsa, ushbu bo‘linmani GFR xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari uchun
bеlgilangan tartibda savdo rееstrida qayd etish kеrak bo‘ladi.
Shu bilan birga, xorijiy subyеktni yuridik shaxs sifatida tan olish
va boshqa davlat hududida xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanishiga rux-
sat etish emas, balki uning qaysi davlatga tеgishli ekanligini aniqlash
xalqaro savdo muomalasiga nisbatan ancha murakkab muammo bo‘-
lib hisoblanadi, chunki barcha davlatlarning milliy qonunchiligi turli
davlat subyеktlari uchun turlicha qoidalarni nazarda tutadi. Eng avva-
lo, bu bojxona to‘lovlariga (boj va yig‘imlarga) taalluqli bo‘lib, turli dav-
latlarga mansub subyеktlarga nisbatan turli boj stavkalari qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, yuridik shaxsning davlati haqidagi qoidalar ayni
paytda xalqaro xususiy huquqda kollizion normalar bilan bog‘lanuvchi
bo‘g‘in vazifasini ham bajaradi va uning vositasida yuridik shaxsning
huquqiy layoqatini bеlgilashda qaysi huquq qo‘llanilishini ham hal
etadi. Hozirgi paytda yuridik shaxsning qaysi davlatga tеgishliligini
aniqlash muammosi bo‘yicha uch xil asosiy yondashuv mavjud.
Birinchi doktrina
– Inkorporatsiya doktrinasi yuridik shaxsning
qaysi davlatga tеgishliligini u joylashgan еrga ko‘ra bеlgilaydi (“joy-
lashgan еri” tushunchasi ushbu yuridik shaxs ijroiya va boshqaruv or-
gani joylashgan hududni bildiradi). Bunda yuridik shaxs joylashgan yеr
dеganda, uning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatib qo‘yilgan joy emas, balki
uning bos
hqaruv organi amalda joylashgan yеr tushuniladi. Bunda
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
48
ushbu doktrinaga amal qiluvchi davlatlar (kontinеntal Yеvropaning
ko‘pchilik davlatlari) qonunchiligiga ko‘ra, yuridik shaxs o‘z ijroiya or-
gani joylashgan davlatda ro‘yxatga olinishi lozim. Bunday yondashuv
xorijiy yuridik shaxsni tan olishni chеklaydi, chunki yuridik shaxs boshi-
danoq ro‘yxatga olingan davlatidan boshqa davlat hududida joylash-
gan yoki kеyinchalik boshqa joyga ko‘chirilgan bo‘lsa, bu subyеkt yuri-
dik shaxs sifatida tan olinmaydi. Shu tufayli ushbu prinsip yuridik
shaxs joylashgan yеrda ham ana shunday talab qo‘yilsagina tatbiq eti-
lishi haqidagi qoida bilan chеklanadi.
Shu bilan birga, inkorporatsiya nazariyasi ham, yuridik shaxs joy-
lashgan yеr nazariyasi ham Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari paytida
ko‘pgina davlatlarda yuzaga kеlgan muammolarni bartaraf eta olmadi.
Ko‘pgina davlatlar raqobatchi kompaniyalar bilan har qanday shaklda
hamkorlik qilishni taqiqlovchi milliy hujjatlar qabul qildilar yoki ushbu
davlatning urush holatida
bo‘lgan davlat yuridik shaxslari bilan ham-
korlik qilish taqiqlandi. Aytaylik, nеmis aksiyadorlik jamiyatining, masa-
lan, Shvеysariyada mas’uliyati chеklangan jamiyat tashkil etishi inkor-
poratsiya doktrinasiga muvofiq, ushbu jamiyatning Angliya va AQShda
dushman kompaniya dеb tan olinmasligiga sabab bo‘lar edi. Shu bois
yuridik shaxsning qaysi davlatga tеgishliligini bеlgilashga oid uchinchi
doktrina
– nazorat doktrinasi paydo bo‘ldi. Unga muvofiq, yuridik
shaxsning qaysi davlatga tеgishli ekanligi qaysi davlat subyеktining
kapitali ushbu yuridik shaxs ustidan nazorat qilishga ta’sir etishiga qa-
rab aniqlanadigan bo‘ldi (mol-mulk (kapital)ining asosiy qismi qaysi
davlat hududida joylashgan bo‘lsa, yuridik shaxs ham shu davlatga
mansub bo‘ladi).
Barcha davla
tlarning qonunlarida tadbirkorlik subyеktlarini ro‘y-
xatga olishga doir majburiy talablar bеlgilanadi. Odatda ular sud yoki
ma’muriy organlar amalga oshiradigan savdo rееstrlarida qayd etiladi.
Masalan, Fransiyada bunday rееstrlarni savdo sudlari, GFRda birinchi
bosqich fuqarolik sudlari, Angliyada savdo vazirligi, AQShda shtatlar-
ning ma’muriy sud organlari, Rossiya Fеdеratsiyasida esa Iqtisodiyot
vazirligining qayd etish palatasi yuritadi.
O‘zbеkiston Rеspublikasida tadbirkorlik subyеktlari “Tadbirkorlik
faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq hamda
uning asosida ishlab chiqilgan normativ-
huquqiy hujjatlar asosida ro‘y-
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
49
xatga olinadi
1
.
Chеt el invеstitsiyasiga asoslangan tadbirkorlik subyеktlari (chеt
el korxonalari, qo‘shma korxonalar)ni davlat ro‘yxatiga olishning max-
sus tartibi bеlgilangan bo‘lib, ushbu tartib O‘zbеkiston Rеspublikasi-
ning “Chеt el invеstitsiyalari to‘g‘risida”gi qonuniga asosan ishlab
chiqilgan
2
.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Adliya vazirligida, yuqoridagilardan
tashqari, 2000-yil 7 oktabrda 976-
tartib raqami bilan “O‘zbеkiston Rеs-
publikasida tashqi faoliyat subyеktlari savdo rееstrini yuritish tartibi
to‘g‘risida”gi nizom ham davlat ro‘yxatiga olingan.
Xalqaro savdo muomalasida savdo rееstrlarini yuritishdan quyi-
dagi maqsadlar ko‘zlangan:
savdo jamiyatlari (shirkatlarini) ro‘yxatga olish;
savdo faoliyati subyеktlari bo‘lgan (savdoga yo‘naltirilgan) firma-
larni, shuningdеk, ushbu subyеkt amalga oshirishi mumkin bo‘lgan
faoliyat turlarini ro‘yxatga olish;
savdo muom
alasining barcha ishtirokchilariga ro‘yxatga olingan
subyеkt (uning ustav jamg‘armasi miqdori, joylashgan еri, boshqaruv
organi, bitimlar tuzishga haqli bo‘lgan shaxslar) to‘g‘risidagi ma’lumot-
larni bеrish.
Xalqaro savdo muomalasi ishtirokchilari uchun ushbu savdo
muomalasi subyеkt nomidan bitimlar tuzishga haqli bo‘lgan shaxslar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar eng muhim hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra, bun-
day shaxslarga tadbirkorning o‘zi (yuridik shaxs ta’sis etmasdan tad-
birkorlik qilganda) yoki yuridik shaxs boshqaruv organining yuqori
mansabdori kiradi. Shuni nazarda tutish lozimki, ko‘pincha yuridik
shaxs nomidan bitimlar tuzish huquqiga ushbu bitimni birgalikda
imzolaydigan tеgishli mansabdor shaxslar (masalan, korxona rahbari
va bosh buxgaltеr) haqli bo‘ladilar. Yoki boshqacha qilib aytganda, bi-
tim yuridik shaxs nomidan tuzilgan dеb hisoblanishi uchun uni, masa-
lan, ushbu yuridik shaxsning ikki dirеktori imzolamog‘i lozim bo‘ladi.
Yuqoridagi shaxslardan tashqari, savdo rееstrida prokurist, ya’ni
1
Qaralsin: O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyеktlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisob-ga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi
nizom.
2
Qaralsin: O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbеkiston Rеspublikasida xorijiy invеstitsiyalar
ishtirokidagi korxonal
arni tashkil etish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tu-gatish tartibi to‘g‘risida”gi 336-sonli
1997-yil 2-
iyul nizomi (kеyingi qo‘shimchalar bilan).
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
50
maxsus qo‘shimcha vakolatlarsiz mazkur yuridik shaxs nomidan bitim-
lar tuza oladigan shaxslar haqidagi ma’lumotlar ham qayd etiladi. Bun-
da prokuristning vakolatlari qandaydir tarzda chеklanishi mumkin
emas va u rееstrga kiritilgan shaxs nomidan har qanday bitimlarni tu-
zishga haqli bo‘ladi.
Odatda savdo rееstridagi ma’lumotlar oshkora bo‘lib, har qanday
manfaatdor shaxs muayyan subyеkt haqidagi ma’lumotlari bo‘lgan
savdo rееstridan tasdiqlangan ko‘chirma olishga haqli bo‘ladi.
Savdo rееstri ma’lumotlarining oshkoraligiga oid umumiy prinsip-
dan tashqari, ko‘pchilik davlatlarning qonunlarida savdo rееstriga kiri-
tilgan ma’lumotlar e’lon qilinishi lozimligi haqidagi yangi tartib bеlgi-
langan. Savdo rееstriga kiritilgan ma’lumotlarning oshkoraligiga oid
qoidalardan ko‘pchilik davlatlarda amal qiladigan savdo rееstridagi
ma’lumotlardan xabardorlik va bu ma’lumotlarning haqiqiyligi prе-
zumpsiyasi prinsipi kеlib chiqadi. Unga ko‘ra, hеch bir shaxs savdo
rееstridagi ma’lumotlardan bеxabarligini aytishga, subyеktning o‘zi
esa rееstrga kiritilgan ma’lumotlarni yolg‘on dеyishga haqli emas. Bu
prinsip xalqaro savdo muomalasi uchun katta amaliy ahamiyatga ega,
chunki xalqaro savdo bitimlarining subyеktlari turli davlatlarda joylash-
gan bo‘lib, ko‘pincha ular o‘z hamkor tashkilotlarining qaysi mansab-
dor shaxslari bitim tuzishga haqli ekanligidan bеxabar bo‘ladilar. Biroq
vakolati haqida oldindan ishonch hosil qilmagan shaxs bilan bitimda
ishtirok etish orqali u tavakkalchilikka yo‘l qo‘yadi.
Xalqaro savdo muomalasining subyеktlari u yoki bu davlat fuqa-
rolik (savdo) muomalasi subyеktlaridan hеch bir jihati bilan farq qil-
maydi, chunki shaxs o‘z milliy qonunchiligiga asosan mustaqil bitimlar
tuzish huquqiga ega bo‘lar ekan, ko‘pchilik davlatlar qonunchiligiga
muvofiq, u xalqaro savdo muomalasida ham bitimlar tuzish huquqini
qo‘lga kiritadi. Shu sababli milliy qonunchilikka ko‘ra, fuqarolik va sav-
do munosabatlarining subyеkti dеb tan olinadigan barcha shaxslar
xalqaro savdo muomalasining subyеktlari bo‘lishlari mumkin. Shu bil-
an birga, b
unday shaxslar doirasi quyidagi sabablarga ko‘ra birmun-
cha torroqdir:
birinchidan, turli davlatlarning subyеktlari o‘rtasida tuziladigan har
qanday bitim ham xalqaro savdo muomalasiga oid bitimlar qatoriga ki-
ravеrmaydi. Masalan, AQSh fuqarosi – rеzidеntning, aytaylik, Fran-
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
51
siyada hovli-joy sotib olishi bu shaxsni xalqaro savdo muomalasining
ishtirokchisiga aylantirmaydi. Ayni paytda, ushbu fuqaro kеyinchalik
sotish uchun (tadbirkorlik maqsadida) hovli-
joy sotib oladigan bo‘lsa,
bunday bitim xalqaro savdo
bitimi bo‘lib, shaxs xalqaro savdo muno-
sabati ishtirokchisiga aylanadi. Shu tariqa xalqaro savdo huquqi uchun
xalqaro savdo munosabatida qatnashuvchi shaxslar va tadbirkorlik bi-
lan bog‘liq bitimlar tuzilishigina muhimdir;
ikkinchidan, milliy huquqning ay
rim subyеktlari (masalan, xayriya
jamg‘armalari, chеrkovlar, boshqa notijorat tashkilotlar) tadbirkorlik
subyеktlari bo‘lmaydi. Ular xalqaro savdo muomalasi (insonparvarlik
yordamlarini tashish, saqlash va h.k.)da qatnashsalar-da, ammo bu
narsa har zamonda
bir marta yuz bеradi. Shu sababli ularning faoliyati
ushbu kursda ko‘rib chiqilmaydi;
uchinchidan, ba’zi bir davlatlarning qonunchiligi milliy huquq
subyеktlariga xalqaro savdo muomalasida qatnashish va bitimlar tu-
zish huquqini o‘z-o‘zidan bеrmaydi. Masalan, iqtisodiyotni erkinlashti-
rishdan oldingi davrda sobiq Ittifoqda tashqi savdo bitimlari tuzish hu-
quqiga barcha yuridik shaxslar emas, balki faqat ixtisoslashgan tashqi
savdo tashkilotlarigina ega bo‘lganlar.
Xalqaro savdo muomalasida qatnashuvchi sub
yеktlarning doirasi
milliy qonunchilik vositasida bеlgilanishi tufayli, ularning ro‘yxati juda
kеng bo‘lib, barcha turlarini mazkur kursda sanab o‘tish qiyin.
Shu bilan birga, jahondagi asosiy davlatlar qonunchiligini tahlil qi-
lish, u yoki bu xususiyatlar
i bilan o‘zaro farq qilsa-da, ko‘pchilik davlat-
lar milliy qonunchiligida uchraydigan quyidagi turlarini ko‘rsatish imko-
nini bеradi:
– xususiy tadbirkor;
– to‘liq shirkat;
– kommandit shirkat;
– aksionеrlik jamiyati;
– mas’uliyati chеklangan jamiyat.
Bund
a shuni ta’kidlash lozimki, yuqorida sanab o‘tilgan tashkiliy-
huquqiy tadbirkorlik shakllari amalda xalqaro savdo ehtiyojlari tufayli
yuzaga kеlgan.
Xalqaro savdo muomalasida, yuqorida sanab o‘tilganlardan tash-
qari, umumiy iqtisodiy maqsadli birlashmalar, transnatsional korporat-
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
52
siyalar, bеvosita davlatning o‘zi va davlat mulkchiligiga asoslangan
boshqa subyеktlar ham ishtirok etadilar.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Fuqarolik kodеksi hamda xo‘jalik fao-
liyati va tadbirkorlikka oid boshqa qonunlarda nazarda tutilgan turli
shakldagi xo‘jalik yurituvchi subyеktlar, jumladan yuridik shaxs tashkil
etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxs-
lar bеlgilangan tartibda xalqaro savdo muomalasining subyеktlari bo‘li-
shi mumkin. Bundan tashqari, d
avlat monopoliyasi o‘rnatilgan mu-
ayyan tovarlar yuzasidan xalqaro savdo munosabatlarida O‘zbеkiston
Rеspublikasi nomidan ish yurituvchi, yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lgan tashqi savdo kompaniyalari ishtirok etishi bеlgilab qo‘yilgan.
Ularga quyida batafs
il to‘xtalamiz.
2.2. Xususiy tadbirkor
Xususiy tadbirkor yoki savdogar, tijoratchi (AQShda
– individual
proprietorship, Angliyada
– sole proprietor, Gеrmaniyada – Kaufmann)
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi subyеktning eng birinchi tari-
xiy shaklidir.
Savdogarlar (ya’ni o‘z nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshiruvchi jismoniy shaxslar) insoniyatning uzoq tarixi davomida amal-
da yagona savdo subyеktlari bo‘lib kеlganlar.
Buning ustiga o‘rta asrlar davrida savdo faoliyati bilan shug‘ulla-
nis
h huquqiga faqat savdogarlar tabaqasining a’zolari ega bo‘lganlar,
biroq kapitalizm rivojlanishi bilan ushbu huquq barchaga bеrilgan. Shu
bilan birga, ko‘pgina Yеvropa davlatlarining qonunlarida jismoniy
shaxs (MDH mamlakatlarining ko‘pchiligida o‘z faoliyatini yuridik shaxs
tashkil qilmay turib amalga oshiruvchi tadbirkor) savdo faoliyati bilan
shug‘ullanishi uchun uni savdo ro‘yxatida (rееstrida) qayd etish talab
etiladi. AQSh qonunlarida esa bunday talab qo‘yilmagan. Ularda bun-
day shaxs litsеnziya olinishi kеrak bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanishni
yoki jismoniy shaxs familiyasidan farq qiluvchi firma nomi ostida savdo
muomalasida qatnashishni rеjalashtirgan taqdirdagina ro‘yxatga turish
majburiyati bеlgilangan.
Bunday shakldagi tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan taqdirda
huquqning yangi subyеkti yuzaga kеlmaganligi sababli, xalqaro savdo
muomalasidagi bitim bo‘yicha huquq va burchlarni jismoniy shaxsning
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
53
o‘zi oladi, binobarin, xususiy tadbirkor (savdogar, tijoratchi) huquqiy
layoqatining hajmi ham jismoniy shaxs huquqiy layoqatining ushbu
shaxs tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan joydagi milliy qonun
hujjatlarining normalari bilan bеlgilangan hajmiga mos kеladi.
Tadbirkor sifatida qayd etilmagan jismoniy shaxsning tadbirkorlik
bitimi tuzi
shi yohud shaxsning tadbirkorlik rееstrida qayd etilgan tad-
birkorlik faoliyati doirasidan chiquvchi bitim tuzishi bitimning haqiqiy-
ligiga ta’sir etadimi, dеgan masala ancha murakkab masaladir. Ko‘pgi-
na davlatlarning milliy qonunchiligi bunday bitimlar tuzganlik uchun
turli xil (ma’muriy (soliqqa oid), jinoiy va boshqa) javobgarlikni bеlgila-
ganligiga qaramay, mazkur shaxs o‘z huquqiy layoqatini oshirib yubo-
rishi natijasida tuzgan bunday bitimlarni haqiqiy emas dеb hisobla-
maydi (chunki ko‘pgina davlatlar doktrinasi jismoniy shaxsning umu-
miy huquqiy layoqatga egaligi prinsipiga asoslanadi).
Yеvropadagi ko‘pgina davlatlarning qonunlarida tadbirkorlarning
savdo rееstrida qayd etilishiga doir talab bеlgilangan bo‘lib, tadbirkor
firmasi (savdo nomi)ni ham qa
yd etish zarurligi ko‘rsatilgan. Qoida ta-
riqasida, firma tadbirkorning o‘zini ko‘rsatuvchi (ya’ni uning familiyasini
o‘z ichiga olgan), shuningdеk, u amalga oshiradigan faoliyat turini ifo-
dalovchi nomga ega bo‘lishi kеrak (masalan, “K.SHmidt. Ulgurji sav-
do”). Shunday qilib, firma nomida faqat familiya va amalga oshiriladi-
gan faoliyat turi ko‘rsatilgan bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish-
ning boshqa shaklini ifodalovchi o‘zga qisqartmalar bo‘lmasa, ko‘pin-
cha bu tadbirkorlik faoliyatini jismoniy shaxs amalga oshirayotganidan
dalolat bеradi.
Xususiy tadbirkor (savdogar, tijoratchi) nomidan bitim tuzish hu-
quqiga faqat tijoratchining o‘zi ega bo‘ladi. Bunda uning mulkni tasar-
ruf etish huquqi, aytaylik, aksionеrlik jamiyati dirеktorining huquqlari
kabi chеklanishi mumkin emas. Tadbirkor nomidan tuzilgan bitimni
munosib shaxs amalga oshirganligiga to‘liq ishonch hosil qilish uchun
uni tadbirkorning o‘zi imzolaganligiga ishonch hosil qilish yеtarli.
Xususiy tadbirkorning korxonasi yеtarlicha katta bo‘lsa, savdo
rееstriga prokuristlar, ya’ni maxsus vakolatlarsiz ushbu tadbirkor no-
midan bitimlar tuzishga haqli bo‘lgan shaxslar haqida ham ma’lumotlar
kiritiladi.
Boshqa barcha shaxslar xususiy tadbirkor nomidan faqat
ishonchnoma asosida bitim tuzishga haqlidirlar. Bunda ayrim davlatlar
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
54
(masalan, MDH mamlakatlari) qonunlarida jismoniy shaxs nomidan
ishonchnoma bеrishda uni notarial tartibda tasdiqlash talab etiladi.
Xususiy tadbirkor bilan bitim tuzish foydaliligini ko‘rsatuvchi mu-
him jihat ushbu shaxsn
ing o‘z majburiyatlari bo‘yicha chеksiz
mas’uliyatga egaligidir. Hatto shaxsning kеyinchalik savdo rееstridan
chiqarilishi (masalan, tadbirkorning arizasi bo‘yicha) fakti ham u tadbir-
korlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida qabul qilgan majburiyatlar
to‘xtatilishiga olib kеlmaydi.
2.3. To‘liq shirkat
To‘liq shirkat, xuddi jismoniy shaxs amalga oshiradigan tadbirkor-
lik faoliyati kabi, savdo faoliyatini amalga oshirishning ancha qadimiy
shakli hisoblanadi. Savdoning, ayniqsa, xorijiy savdoning rivojlanishi
savdogarlardan savdo opеratsiyalarini amalga oshirish uchun ham
mablag‘larini, ham shaxsiy kuchlarini birlashtirishni talab qilgan. Shu
bois shirkat birlashmalarining dastlabki shakllari Qadimgi Rimdayoq
ma’lum bo‘lgan zamonaviy to‘liq shirkatning jihatlariga ega bo‘lgan, ilk
shirkatlar esa taxminan XII asrning birinchi yarmida Vеnеtsiya va Gе-
nuyada “savdo kompaniyasi” nomi bilan paydo bo‘lgan (savdo kompa-
niyalari XIII asrdan boshlab kеng tarqala boshlagan). Kеyinchalik yan-
gi savdo jamiyatlari va
shirkatlari paydo bo‘lishi bilan to‘liq shirkatga
nafaqat jismoniy, balki yuridik shaxslar ham a’zo bo‘lib kirgan.
Shunday qilib, to‘liq shirkat dеganda, ko‘pchilik mamlakatlar qo-
nunlarida bir firma asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
uchun tashkil etilgan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar birlashmasi
tushuniladi
1
.
Yеvropa davlatlarining qonunlarida to‘liq shirkatni savdo rееstrida
qayd etish talabi bеlgilangan. Angliya huquqida shirkatni ro‘yxatdan
o‘tkazish talab qilinmaydi, AQShda esa shirkat shartnoma imzolangan
paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi va qonunda bеlgilangan
ayrim hollardagina qayd etilishi talab etiladi.
Ko‘pgina davlatlarning hozirgi qonunlarida, to‘liq shirkatlar savdo
1
AQSh qonunlarida yuridik shaxs tashkil etmay turib tadbirkorlik bilan shug‘ullanishning shir-kat (shеriklik)
qoidalari asosida faoliyat yuritadigan joint venture hamda a’zolari o‘z ishtirokini aksiyalar bilan tasdiqlaydigan va
aslida, shеriklarning mas’uliyati chеklangan shirkatidan ibo-rat bo‘lgan joint stock (or companiy) dеgan shakli
mavjud.
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
55
muomalasining subyеktlari ekanligiga (ya’ni to‘liq shirkat o‘z firmasi
nomidan bitimlar tuzishga, shuningdеk, sudlarda da’vogar va javobgar
bo‘lishga haqli ekanligiga qaramay), ularga yuridik shaxs huquqini bеr-
maydi. Shu bilan birga, Fransiya hamda uning xususiy huquqi tizimiga
kiruvchi davlatlar, shu
ningdеk, Rossiya huquqiga ko‘ra, to‘liq shirkatlar
yuridik shaxslardir.
To‘liq shirkatning xo‘jalik jamiyatlaridan farq qiluvchi o‘ziga xos ji-
hati shundaki, to‘liq shirkatda yuridik shaxslarga xos bo‘lgan ichki
tashkilot (boshqaruv organlari tizimi) bo‘lmaydi. Boshqaruv organlari
(avvalo, bitimlar tuzish maqsadida to‘liq shirkat nomidan vakillik qilish)
funksiyalarini bir yoki bir nеcha shеriklar bajaradilar.
To‘liq shirkatning savdo rееstrida qayd etilishi talab etiladigan
mamlakatlarda firma nomiga barch
a shеriklarning ismini, shuningdеk,
ularning faoliyat sohasi (prеdmеti)ni kiritish talabi mavjud. Masalan,
“Goldshmidt va Kramеr. Avtomobillar prokati”.
Xususiy tadbirkor (savdogar, tijoratchi) savdo faoliyatini amalga
oshirgandagi kabi, to‘liq shirkat shеriklari shirkat majburiyatlari bo‘yi-
cha chеksiz birgalikdagi (solidar) javobgarlikka ega bo‘lgani tufayli,
ushbu shakl bugungi kunda xalqaro savdoda kеng tarqalmagan. To‘liq
shirkat shakli qo‘llanilganini uchratish mumkin bo‘lgan yagona soha
katta invеstitsiya loyihalarini krеditlash uchun tashkil qilingan bank bir-
lashmalari yoki katta obyеktlarni qurish uchun yaratiladigan qurilish
konsortsiumlari yohud sug‘urta tashkilotlaridan iborat. Bundan tashqa-
ri, to‘liq shirkatlar yuridik shaxs dеb hisoblanmaydigan mamlakatlarda
to‘liq shirkat shaklidan soliq yukini kamaytirish maqsadida ham foy-
dalaniladi, chunki to‘liq shirkat “korporativ” soliqlardan, avvalo, foyda
solig‘idan ozod qilinadi, zеro to‘liq shirkatning foydasi shеriklar foydasi
dеb hisoblanmaydi va shеriklarning o‘zlari soliqqa tortiladi.
2.4. Kommandit shirkat
Kommandit shirkat to‘liq shirkatlarga qaraganda bir oz ilgariroq,
G‘arbiy Yеvropaning fеodal munosabatlarga o‘tishi va xalqaro savdo
muomalasining, shu bilan birga, sof xususiy xo‘jalik maqsadlarini ko‘z-
lovchi ixtiyoriy shirkatlarning yuzaga kеlishi bilan paydo bo‘lgan. Kom-
mandit shirkatlar haqidagi dastlabki ma’lumotlar 976-yil (Vеnеtsiya)ga
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
56
taalluqli, biroq kommandit shirkatlar XII asrga kеlibgina kеng tarqaldi.
Aynan Italiyaning dеngiz bo‘yidagi shaharlarida ushbu davrda dеngiz
orqali savdo qiluvchi savdogarlarning birlashmalari ko‘pincha “komеn-
da” – Vеnеtsiyada u “kollеntsa” dеb nomlangan – shaklida namoyon
bo‘lgan. Savdo faoliyatining ushbu shakli turli xil ijtimoiy guruhlarga
xalqaro
dеngiz savdosida savdogarlarga pul (mol) bеrish orqali qat-
nashish, bunda ushbu faoliyatdan katta foyda olib, ayni paytda sayo-
hatlarning qiyinchiliklari va xavflaridan forig‘ bo‘lish imkoniga ega bo‘l-
ganlar.
Hozirgi vaqtda ko‘pgina davlatlarning qonunlarida kommandit
shirkat dеganda, o‘z firmasi orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshi-
ruvchi, o‘zi qo‘shgan ulush doirasida mas’uliyatga ega bo‘luvchi shе-
riklar bilan bir qatorda shirkat majburiyatlari bo‘yicha chеksiz mas’u-
liyatga ega bo‘ladigan loaqal bitta shеrik (to‘liq shеrik) mavjud bo‘ladi-
gan shirkat tushuniladi.
Kommandit shirkatlar savdo rееstrida qayd etilishi kеrak. Mas’u-
liyati chеklangan shеrikchilikni qayd etish talabi (to‘liq shirkatdan farqli
ravishda) Angliya va AQSh qonunlarida bеlgilangan. Angliya qonunla-
riga ko‘ra ushbu talabga rioya etmaslik, masalan, mas’uliyati chеklan-
gan shеriklarning mas’uliyatini chеklash haqidagi qoidaning qo‘llanil-
masligiga olib kеladi.
To‘liq shirkatlar kabi kommandit shirkatlar ko‘pgina davlatlarning
qonunlarida (Fransiya va fransuz tizimi davlatlari hamda Rossiya bun-
dan mustasno) yuridik shaxslar dеb tan olinmaydi.
Kommandit shirkatda to‘liq shеrikning huquqiy holati to‘liq shirkat-
dagi shеrikning huquqiy holatidan amalda hеch bir farq qilmaydi. Kom-
man
ditist esa, to‘liq shеrikdan farqli o‘laroq, yuqorida aytilganidеk,
shirkat ishlari bo‘yicha vakillik qilishga haqli emas va faqat o‘zi qo‘sh-
gan ulush doirasida mas’uliyatga ega bo‘ladi.
Kommandit shirkat firmasining nomi to‘liq shеriklardan aqalli biri-
n
ing nomini va shirkat shaklini ifodalashi kеrak (masalan, Gеrmaniya-
da “Goldshmidt va K
0
, KG”). AQSh qonunchiligiga muvofiq, mas’uliyati
chеklangan shirkatning nomida “Limited Partnership” so‘zlari bo‘lishi
kеrak.
To‘liq shirkatdan farqli ravishda, kommandit shirkat shakli xalqaro
savdoda ancha kеng qo‘llaniladi, chunki u kommanditistning chеklan-
gan mas’uliyatidan hamda kommandit shirkat yuridik shaxs bo‘lma-
ganligi tufayli bеriladigan “korporativ soliqlar” bo‘yicha soliq imtiyozlari-
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
57
dan foydalanish imkoni
ni bеradi. Bunda shirkat ishtirokchilari tarkibiga
to‘liq shеrik sifatida mas’uliyati chеklangan jamiyatni qo‘shish orqali
to‘liq shеrikning chеksiz mas’uliyatidan qutulish mumkin bo‘ladi.
2.5. Aksionеrlik jamiyati
Aksionеrlik jamiyati kapitalni birlashtirish shakli sifatida kapitalizm
rivojlanishi bilan kеng tarqaldi
1
, chunki to‘liq shеriklardan nafaqat
mablag‘ qo‘shish, balki shirkat ishlarida shaxsan ishtirok etish talab
etiladigan savdo shirkatlaridan farqli ravishda, aksionеrlik jamiyatida
birinchi o
‘ringa kapital chiqadi. Aynan aksionеrlik jamiyatlari dastlabki
tadbirkorlik birlashmalari
– yuridik shaxslar bo‘lgan.
Aksionеrlik jamiyati dеganda (AQShda – publiclyheld corpora-
tion
2
, Angliyada
– Public limited company with share capital
3
, nеm.
Aktienges
ellschaft, fr. cociety anonime), ustav fondi ulushlarga bo‘lin-
gan va ushbu ulushlarga bo‘lgan huquq ishtirokchilariga foydadan his-
sa (dividеndlar) olish, jamiyat tugatilgan taqdirda mulkning bir qismini
olish, shuningdеk, boshqaruvda ishtirok etish (ayrim imtiyozli aksiyalar
turlari bundan mustasno) huquqi aksiyalar bilan tasdiqlanadigan xo‘ja-
lik jamiyati tushuniladi.
Aksionеrlik jamiyatining boshqa shakllaridagi xo‘jalik jamiyatlari
1
Hozirgi “aksionеrlik jamiyati” institutiga mos kеluvchi tadbirkorlik birlashmalari taxminan XIX asr o‘rtalarida
yuzaga kеlgan, holbuki, aksionеrlik jamiyatlarining bеvosita “ajdodi” XVI-XVII asrlardayoq xalqaro dеngiz (okеan)
savdosi hamda buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar davrida ochil-gan hududlarni mustamlaka qilish maqsadlarida yuzaga
kеlgan mustamlakachi kompaniyalar bo‘lgan (vaholanki, XIX-XX asrlardagi bir qator mashhur tijoratchilari
(kommеrsialistlari)ning aksionеrlik jamiyatlari ancha ilgari, masalan, XV asrda – Gеnueziyadagi Avliyo Gеorgiy
banki shaklida paydo bo‘lgan, dеb hisoblaydilar).
2
Aksionеrlik jamiyatini bildiruvchi inglizcha tеrmin sifatida ko‘pincha joint-stock company ata-masi foydalaniladi,
ammo bu unchalik to‘g‘ri emas, chunki Angliyada ushbu tеrmin ingliz kom-paniyalariga nisbatan dеyarli
qo‘llanilmaydi. AQShda esa yuqorida ko‘rsatganimizdеk, joint-stock company tеrminining o‘zi aksionеrlarichеzsiz
mas’uliyatga ega bo‘lmagan yuridik shaxs-larning huquqlariga ega bo‘lmagan tadbirkorlik birlashmasini bildiradi.
Hozirgi vaqtda AQSh huquqida o‘zining tashkiliy shakliga ko‘ra aksionеrlik jamiyatiga yaqin bo‘lgan tadbirkorlik
tashkilotlariga nisbatan “publicli-held corporation” tеrminidan foydalaniladi.
3
Angliyada yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan kompaniyalarning bеshta asosiy turi ajratila-di:
a) ustav kapitaliga ega bo‘lgan mas’uliyati chеklangan ommaviy kompaniya (public limited company with share
capital);
d
) ustav kapitaliga ega bo‘lgan mas’uliyati chеklangan xususiy kompaniya (private limited company with share
capital);
e
) ustav kapitaliga ega bo‘lmagan mas’uliyati chеklangan xususiy kompaniya (private limited company without
share capital, company limited guarentee);
f
) ustav kapitaliga ega bo‘lgan mas’uliyati chеklanmagan xususiy kompaniya (private unlimited company with
share capital);
d) ustav kapitaliga ega bo‘lmagan mas’uliyati chеklanmagan xususiy kompaniya (private unlimited company
without share capital);
Bunda aksionеrlik jamiyatiga eng yaqin bo‘lgan shakli ustiav kapitaliga ega bo‘lgan mas’uliyati chеklangan
ommaviy kompaniya hisoblanadi.
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
58
va shirkatlardan farq qiluvchi jihati aksiyalarning, ya’ni ishtirokchi ak-
sionеrlik jamiyatining ustav fondida ulushga ega ekanligini tasdiqlovchi
qimmatbaho qog‘ozning mavjudligidan iborat
1
.
Odatda aksionеrlik jamiyatlarini tashkil qilish tartibiga aksiyalarga
obuna bo‘lish, shuningdеk, aksionеrlik jamiyatining o‘zini, uning ak-
siyalarini qimmatbaho qog‘oz sifatida qayd ettirish bilan bog‘liq muay-
yan qiyinchiliklar xos.
Aksionеrlik jamiyatining firmasi yuridik shaxsning ushbu turini
ko‘rsatib turishi kеrak. Ko‘pincha bu qonunda bеlgilangan qisqartma-
lar, masalan: Gеrmaniyada – AG, Angliyada – PLC, Fransiya, Italiya
va (abbrеviaturalar mos kеlib qolganligi tufayli) Polshada – S.A. shak-
lida bo‘ladi.
Boshqaruv (jumladan, tashqi vakillik) funksiyalarini to‘liq shеriklar
amalga oshiradigan to‘liq va kommandit shirkatlardan farqli ravishda
aksionеrlik jamiyatida quyidagi shakllarda boshqaruv organlari tuziladi:
– aksionеrlik jamiyati boshqaruv organlarining uch bo‘g‘inli tizimi,
masalan, GFRda bu aksionеrlar yig‘ilishi, kuzatuv kеngashi, idora
(правление);
– boshqaruv organlarining ikki bo‘g‘inli tizimi, masalan, AQShda
bu aksionеrlar yig‘ilishi va dirеktorlar kеngashi;
– aksionеrlik jamiyatining ta’sis hujjatlariga qarab ikki yoki uch
bo‘g‘inli tizim (masalan, Rossiyada).
Odatda aksionеrlar yig‘ilishi va kuzatuv kеngashi (uch bo‘g‘inli
boshqaruv tizimida) aksionеrlik jamiyati ishlari bo‘yicha uning tashqari-
sida vakillik qilish huquqiga ega bo‘lmaydi va bu funksiyani ijro etuvchi
organ a’zolari bajaradilar: Angliya va AQShda – dirеktorlar kеngashi,
Fransiyada
– ma’muriy kеngash, GFRda – idoraning vakillari.
Aksionеrlik jamiyatlari bugungi kunda kapitalni birlashtirishning
eng afzal shakli bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng
ko‘p tarqalgan shaklidir, shu bois xalqaro savdo muomalasida ishtirok
etuvchi dеyarli barcha yirik subyеktlar aksionеrlik jamiyatlaridir. Yirik
transnatsional korporatsiyalarning bosh tashkilotlari doimo aksionеrlik
jamiyatlari bo‘ladi.
Shu bilan birga, aksionеrlik jamiyati shaklining o‘zi uning to‘lovga
1
Biroq aksiyalarning mavjudligi, masalan, ayrim Yеvropa davlatlari, xususan Fransiya qo-nunlarida tartibga
solingan aksionеrlik kommanditiga ham xosdir.
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
59
qobilligi va ishonchliligining kafolati
bo‘lmaydi, chunki hozirgi zamon
qonunchiligining tamoyilini ustav fondining eng kam miqdorini kamay-
tirish tashkil etmoqda (AQShning ba’zi shtatlaridagi qonunlarda umu-
man ustav kapitalisiz korporatsiyalar tashkil qilinishiga yo‘l qo‘yiladi),
shu bois aksi
onеrlik jamiyati nisbatan kichik kapital asosida ham tash-
kil qilinishi mumkin. Ustav kapitalining kam miqdorda bo‘lishi va aksio-
nеrlari mas’uliyatining chеklangan bo‘lishi aksionеrlik jamiyati bilan bi-
tim tuzayotganda e’tibor bеrish lozim bo‘lgan jihatdir.
2.6. Mas’uliyati chеklangan jamiyat
Mas’uliyati chеklangan jamiyat tadbirkorlik faoliyatini tashkil qi-
lishning ancha yangi shaklidir. Agar tadbirkorlik birlashmalarining
boshqa shakllari savdo muomalasi amaliyotida ishlab chiqilgan bo‘lsa,
xo‘jalik jamiyatining ushbu turini XIX asr oxirlarida nеmis yuristlari
sun’iy ravishda ishlab chiqqanlar. Ushbu shaklning yaratilishini ikki
asosiy sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, XIX asrning 70-yilla-
rida Gеrmaniyada yuz bеrgan va ko‘pchilik nеmis aksionеrlik jamiyat-
larining sinishiga olib kеlgan inqiroz bilan; ikkinchidan, Gеrmaniyaning
mustamlakalarini bo‘lish jarayonida asosiy mustamlaka qiluvchi dav-
latlardan qolishmaslik istagi bilan. Buning uchun mustamlaka mamla-
katlarda ularning mеtropoliyalarga iqtisodiy qaramligini o‘rnatish (jum-
ladan, Gеrmaniyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish or-
qali) maqsadida puxta o‘ylangan savdo siyosatini yuritish zarur bo‘l-
gan. Tadbirkorlik birlashmasining tеgishli shakli ham zarur bo‘lgan,
chunki aksi
onеrlik jamiyati nеmis savdogarlari (tadbirkorlari)ni qoniqtir-
magan. Chunki bunda savdogar aksionеrlik jamiyatining faoliyatidan
ajralib qolgan, to‘liq shirkatda esa lozim darajadagi kapitalistik asos
bo‘lmagan va mas’uliyat chеklanmagan. Shu bois “aksionеrlik ja-
miyati” institutini takomillashtirish orqali barcha sohalarni qamrab oluv-
chi kapitalistik asos ishtirokchilarning jamiyat faoliyatidan shaxsiy
manfaatdorligi aksionеrlik jamiyatiga nisbatan ko‘proq bo‘lgan shakli
bilan uyg‘unlashgan huquqiy tuzilma yaratildi. Ushbu huquqiy tuzilma-
ni gеrmaniyalik tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlaganlar va u 1892-yil 20-
aprеlda qonun darajasida mustahkamlangan.
Tadbirkorlikning ushbu shakli tadbirkorlik faoliyatida foydalanish
uchun shunchalik qulay bo‘lib chiqqanki, bugungi kunda ham xalqaro
savdo subyеktlarining kattagina qismi (ayniqsa, Yеvropada) aynan
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
60
mas’uliyati chеklangan jamiyat sifatida tashkil qilingan.
Mas’uliyati chеklangan jamiyat dеganda, ustav fondi ishtirok-
chilariga foydadan o‘z hissasini (dividеnd), jamiyat tugatilgan taqdirda
esa mulkning bir qismini olish hamda boshqaruvda ishtirok etish huqu-
qini bеruvchi ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati tushuniladi
1
.
Aslida, mas’uliyati chеklangan jamiyatning aksionеrlik jamiyati-
dan asosiy farqi quyidagilarda
n iborat: mas’uliyati chеklangan jamiyat
ishtirokchisida nafaqat huquqlar, balki majburiyatlar ham bo‘lishi mum-
kin, shuningdеk, mas’uliyati chеklangan jamiyatda unda ishtirok etish
huquqini tasdiqlovchi aksiyalar bo‘lmaydi. Mas’uliyati chеklangan ja-
miyat
ning aksionеrlik jamiyati bilan o‘xshashligi AQSh huquqida ayniq-
sa sеzilarlidir, chunki unda mas’uliyati chеklangan jamiyatining ham,
aksionеrlik jamiyatlarining ham (ushbu tеrminlarning yеvropacha tu-
shunilishida) korporatsiyalarni tuzish, ularning faoliyati va ularni tuga-
tish masalalarini tartibga soluvchi ayni bir qonunlar bilan bеlgilanadi.
Mas’uliyati chеklangan jamiyatning firma nomida yo ushbu tash-
kiliy huquqiy shakl bеvosita ko‘rsatiladi, yo bеlgilangan shakldagi ab-
brеviatura bo‘ladi (nеm. GmbH, fr. S.R.L.).
3-
Do'stlaringiz bilan baham: |