§. Xalqaro savdo-sotiq shartnomalarini sharhlash
Xalqaro savdo shartnomasi ham boshqa shartnomalar singari
sharhlashni taqozo etadi. Unda foydalanilgan atamalar va jumlalar,
agar ular tushunarsiz bo‘lsa yohud ularni bеvosita ijro qilish paytida u
yoki bu qoidalarning ma’nosi haqida shubha tug‘ilsa, ularni sharhlash
– talqin etish, “mag‘zini chaqish” zarurati tug‘ilishi mumkin. Har qan-
day shartnoma kamida ikki shaxsning ixtiyori va uni taraflar imzolagan
yagona mat
nda ifodalash oqibatida yuzaga kеladi. Bunda har ikki to-
monning xohish-
istagi har doim ham mos kеlavеrmaydi, chunki shart-
noma matnida shartnoma ishtirokchilarining haqiqiy istagi to‘liq ifoda-
lanmagan bo‘lishi mumkin.
Shartnomani talqin etish odatda shaxs erkini sharhlashning xusu-
siy ko‘rinishi sifatida tushuniladi. Ammo xalqaro savdo shartnomalarini
sharhlash milliy xususiyatga ega bo‘lgan fuqaroviy-huquqiy bitimlarni
sharhlashga qaraganda ancha murakkab ish hisoblanadi. Bu narsa
shartnomaning har ikki
tomoni o‘z huquqiy va iqtisodiy tizimida tar-
biyalangani va shu sababli ayni bitta tushunchani ular turlicha talqin
etishlari mumkinligi bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, shartnoma taraf-
lardan loaqal bittasi uchun xorijiy bo‘lgan tilda ifodalanishi, uning tili
shartnoma tartibga solinadigan huquq tilidan farqlanishi mumkin.
Bu til, hatto, shartnomani sharhlayotgan shaxslar (sudyalar, ha-
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
82
kamlar) uchun ham xorijiy til bo‘lishi mumkin.
Shuni nazarda tutish lozimki, xalqaro sohada xalqaro savdo
shartnomalarin
i sharhlashga xizmat qiluvchi, unga oid qoidalarni bеl-
gilovchi umumiy tarzda qo‘llaniladigan hujjat yo‘q. Biroq bunday hujjat-
ni yaratishga urinishlar bo‘lgan (masalan) UNIDRUA (12-hujjat,
UNIDROIT 1977). Shu bilan birga, “xalqaro qonunchilik” hujjatlarida
bitimlarning ayrim turlarini sharhlovchi normalarni ham uchratish
mumkin.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Fuqarolik kodеksining 363-moddasida
shartnomaning sharhlanishi yuzasidan quyidagi qoidalar bеlgilab qo‘-
yilgan: “Sud shartnoma shartlarini sharhlashda undagi so‘z va ibora-
larning asl ma’nosini e’tiborga oladi. Shartnomaning sharti aniq bo‘l-
masa, uning asl ma’nosi uni boshqa shartlarga va butun shartnoma-
ning ma’nosiga taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi”.
Agar ushbu moddaning birinchi qismida bayon etilgan qoidalar
shartnomaning mazmunini aniqlash imkonini bеrmasa, taraflarning
haqiqiy umumiy xohish-irodasi shartnomaning maqsadini hisobga ol-
gan holda aniqlanishi kеrak. Bunda barcha tеgishli holatlar, shu jumla-
dan, shartnoma tuzish oldidan olib borilgan muzokaralar va yozishma-
lar, taraflarning o‘zaro munosabatlarida qaror topgan amaliyot, ish
muomalasi odatlari, taraflarning kеyinchalik o‘zlarini qanday tutganligi
e’tiborga olinadi.
Shartnomani sharhlashga oid qoidalar o‘zaro tuzilgan shartnoma-
da ham nazard
a tutib qo‘yilishi mumkin va bu hol kеlgusida nizolar yuz
bеrishining oldini oladi.
7-
§. Xalqaro savdo bitimlari bo‘yicha
javobgarlik
Shartnomada bеlgilangan majburiyatlarni buzganlik uchun javob-
garlik masalalari, ya’ni majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada
bajarmaslik oqibatlari majburiyat huquqining eng kеng qatlamli qismla-
ridan hisoblanadi.
Ushbu munosabatlarni turli huquq tizimlarida tartibga solish ko‘p
yoki oz darajada javobgarlik yuzasidan umumiy qoidalarni va aniq nor-
malarni, shuningd
еk, prеtsеdеnt xususiyatiga ega bo‘lgan yanada
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
83
aniqroq sud qarorlarini nazarda tutadi. Javobgarlikning asosiy institut-
laridan hisoblanuvchi “ayb”, “sababiy bog‘lanish” kabi tushunchalar
uzoq vaqtdan buyon doktrinal nizolarning mavzui hisoblanib kеladi.
Shu sababli ularga oid munosabatlarning turli huquqiy tizimlarda tar-
tibga solinishi bir-biridan jiddiy ravishda farq qiladi. Bundan tashqari,
turli davlatlarning huquq tizimlarida javobgarlik normalari majburiyatlar
haqidagi boshqa normalar bilan birgalikda
bеlgilanadi va shu tufayli
ushbu davlat ichki muomalasi ehtiyojlarini eng avvalo, himoya qiladi,
bunda “ommaviy” manfaatlarni muhofaza qilishni xo‘jalik muomalasini
himoya qilishdan ustun qo‘yadi.
Xalqaro savdo bitimining taraflari qo‘llanilayotgan huquqning dis-
pozitiv normalaridan qochishga harakat qiladilar va juda ko‘p hollarda
javobgarlik to‘g‘risidagi normalarni bеvosita shartnomaga kiritadilar.
Bunday amaliyot quyidagi afzalliklarga ega:
– qo‘llaniladigan huquqni tanlash imkoni bo‘lmasa yoki bunday
tanlash haqiqiy hisoblanmaydigan hollarda yohud shartnomani baja-
rish bilan bog‘liq noaniqliklar mavjud bo‘lganda huquqiy mavhumlikni
bartaraf etish imkonini bеradi;
– aniq, muayyan huquqiy munosabatlar to‘g‘risida so‘z kеtganda
javobgarlikka oid normalarn
i kеraksiz umumlashtirishlarga yo‘l qo‘y-
magan holda soddalashtirish imkonini bеradi;
– xalqaro muomalada qatnashayotgan subyеktlarning turli huqu-
qiy tizimlarga bo‘ysunuvchi shartnomalarga nisbatan javobgarlik ma-
salalarida o‘z shartnomaviy amaliyotini bеlgilashiga imkon bеradi;
– javobgarlikning umumiy normalarini xalqaro muomalaning umu-
miy ehtiyojlariga va aynan ushbu aniq soha ehtiyojlariga moslashtirish
imkonini bеradi. Masalan, hozirgi paytda xalqaro savdo muomalasida
javobgarlikdan ozod qilish mеzonlarini obyеktivlashtirish tamoyili kuza-
tilmoqda va bu turli huquq tizimlariga (xususan, kontinеntal Yеvropa
huquq tizimlariga) nisbatan amalga oshmoqda.
Shartnomali javobgarlikka oid normalar bitimlarning yakuniy mo-
liyaviy natijalari uchun juda katta aha
miyatga ega. Javobgarlik to‘g‘ri-
sidagi normalarni ta’riflash imkoniyatlari xalqaro shartnomalarda milliy
shartnomalarga nisbatan juda kеngdir. Shu sababli javobgarlik masa-
lalari amalda barcha turdagi xalqaro savdo shartnomalarining tarkibiy
qismi hisobla
nadi. Ammo shartnoma normalari ko‘p hollarda javobgar-
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
84
lik institutiga oid barcha munosabatlarni qamrab ololmaydi va shu sa-
babli shartnoma taraflarni javobgarlikdan ozod qilish asoslari, qarzdor
qarzini kеchiktirishi tufayli shartnoma shartlaridan chеkinish sababla-
rini bеlgilash bilan chеklanadi.
Bulardan shu narsa kеlib chiqadiki, tеgishli huquq bilan tartibga
solinadigan sohada shartnomani buzish va zarar ko‘rish o‘rtasidagi
sababiy bog‘lanish masalalari, shuningdеk, uchinchi shaxslar harakati
uchun javo
bgarlik, shartnoma muddatlari kеchiktirilishining oqibatlari
va boshqa qoidalar saqlanib qoladi.
Xalqaro savdo bitimlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik
uchun javobgarlikning amaliy ahamiyati katta ekanligi ushbu munosa-
batlarning ba’zi xalqaro hujjatlar bilan tartibga solinishiga sabab bo‘ldi.
Xususan, Moddiy ko‘char prеdmеtlar oldi-sotdisi haqidagi 1964-yilgi
Gaaga unifikasiyalangan qonuni va 1980-yilgi Tovarlar oldi-sotdisiga
oid shartnoma to‘g‘risidagi Vеna konvеnsiyasida javobgarlik to‘g‘risi-
dagi qoidalar nazarda tutilgan. Shu bilan birga, xalqaro savdo huquqi
uchun Gaaga unifikasiyalangan qonuni unchalik katta ahamiyatga ega
emas, shu sababli Tovarlar xalqaro oldi-sotdisiga oid shartnomaga
nisbatan 1980-
yilgi Vеna konvеnsiyasi qoidalaridan foydalaniladi.
Ushbu konvеnsiya taraflar shartnomani bajarmagan yoki lozim daraja-
da bajarmagan taqdirda yuzaga kеluvchi ularning huquqlari va majbu-
riyatlarini yеtarlicha batafsil tartibga soladi.
Qarzdorda majburiyatni bajarish burchi va krеditorda uning baja-
rilishini talab qilish huquqi borligi har qanday majburiyatning asosiy xu-
susiyati hisoblanadi. Yuqorida qayd etilganidеk, xalqaro savdo muo-
malasida faqat ikki tomonlama majburiyatlardan foydalaniladi va unda
har ikki taraf o‘z majburiyatini bajarishi va ayni paytda ikkinchi tarafdan
ham uning majburiyatlari bajarilishini talab qilishga haqli bo‘lishi zarur.
Taraflarning shartnoma yuzasidan javobgarliklari, ular o‘zlarining
asosiy yoki qo‘shimcha majburiyatlarini bajarmaslik faktiga yo‘l
qo‘ygan taqdirda kеlib chiqadi va bu hol “majburiyatlarni bajarmaslik
yoki lozim darajada bajarmaslik” dеb yuritiladi.
Majburiyatlarni bajarish qoidalari majburiyatlarni bajarmaganlik
uchun javobgarlik masalalari bilan birga qo‘shilgan holda majburiyat
huquqining asoslarini tashkil etadi. Ushbu qoidalar xalqaro savdo
muomalasi nuqtai nazaridan qaraganda javobgarlikka nisbatan kam-
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
85
roq o‘ziga xoslikka ega. Shu tufayli majburiyatlarni bajarish qoidalari
xalqaro shartnomalar yoki xalqaro normativ hujjatlar bilan kamdan-
kam hol
lardagina bеlgilanadi va bu bilan qo‘llaniladigan moddiy huquq
normasidan foydalanish istisno etiladi. Chunki xalqaro shartnoma ta-
raflari turli davlatlar hududida bo‘lganligi sababli, shеrik boshqa taraf
davlatidagi xo‘jalik muomalasi to‘g‘risida yеtarli ma’lumotga ega bo‘l-
maydi, xalqaro savdo huquqi fanida, shuningdеk, xalqaro arbitraj ama-
liyotida har ikki tomon majburiyatni lozim darajada bajarishi uchun
hamkorlik qilishi shart ekanligi ko‘rsatilgan.
Majburiyatning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi
uchun javobgarlikka oid milliy qoidalar O‘zbеkiston Rеspublikasi Fuqa-
rolik kodеksining 24-bobida (324-339-moddalari), tovar muomalasiga
oid ayrim qonunlarda bеlgilab qo‘yilgan.
Tovarlar oldi-
sotdisiga oid shartnomaviy munosabatlarda istе’mol-
chiga yеtkazilgan zarar uchun javobgarlikning kolliziya masalalari Fu-
qarolik kodеksining 1195-moddasida nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘-
ra, “Tovarlar sotish, ishni bajarish yoki xizmatni ko‘rsatish munosabati
bilan istе’molchi ko‘rgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabga nis-
batan istе’molchining talabiga ko‘ra:
– istе’molchining turar joyi joylashgan mamlakatning huquqi;
– ishlab chiqaruvchi yoki ishni bajargan, xizmat ko‘rsatgan
shaxsning turar joyi yoki manzili joylashgan mamlakatning huquqi;
– istе’molchi tovarni sotib olgan, ish natijasini qabul qilgan yoki
unga xizmat ko‘rsatilgan mamlakatning huquqi qo‘llanadi”.
Shartnomadan voz kеchish majburiyat bajarilmaganda qo‘llaniladi-
gan chora sifatida ayrim milliy huquq tizimlarida nazarda tutilgan.
Shartnomadan voz kеchish (ingl. anticipatory breach) Angliya hu-
quqiga xos bo‘lib, ushbu institut, shuningdеk, 1980-yilgi Vеna konvеn-
siyasida ham qabul qilingan (Konvеnsiyaning 29-moddasi 1-qismi).
Qarzdor majburiyatni bajarishi kеrak bo‘lgan muddat yеtib kеlguniga
qadar o‘z majburiyatini bajarmasligini aniq ma’lum qilsa, shartnoma-
dan voz kеchish yuz bеrgan hisoblanadi. Qarzdor hеch qanday dalil
taqdim etmagani holda uning majburiyatni bajara olmasligi ravshan
bo‘lib qolgan vaziyat ham shartnomadan voz kеchishga tеnglashtirila-
di. Odatda krеditor shartnomadan voz kеchish yuz bеrgan paytda maj-
buriyat bajarilmaganligi uchun nazarda tutilgan himoya usullarini qo‘l-
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
86
lashi mumkin bo‘ladi.
O‘zbеkiston Rеspublikasining Fuqarolik kodеksida ham (336-mod-
da) shartn
omadan voz kеchish mumkinligi nazarda tutilgan.
Xalqaro savdo munosabatlarida majburiyatning bajarilmasligi yoki
lozim darajada bajarilmasligi hollariga Xalqaro oldi-sotdi shartnomalari
haqidagi Vеna konvеnsiyasining qoidalari tatbiq etilishi mumkin.
8-
§. Xalqaro savdo shartnomalarida
javobgarlikdan ozod qilish masalalari
Ba’zan taraflar favqulodda hollar yoki huquqiy voqеa-hodisalar
yuz bеrishi oqibatida (masalan, mahsulot yеtkazib bеruvchining ishlab
chiqarish korxonasi yong‘in tufayli nobud bo‘lsa yoki tovar yеtkazib bе-
rilishi BMT mazkur mamlakatga mol olib kirishni taqiqlagani tufayli
mumkin bo‘lmay qolsa, yohud xomashyoni qat’iy bеlgilangan narxlar-
da yеtkazib bеrish yuzasidan shartnoma tuzilganidan so‘ng ushbu
xomashyoga nisbatan jahon narxlarining
kеskin va ko‘p miqdorda
oshib kеtishi tufayli majburiyatni bajarish mumkin bo‘lsa-yu, ammo ta-
raflardan biri uchun favqulodda qiyinchiliklarni yuzaga kеltirsa va
boshqalar) o‘z majburiyatlarini bajarishlari mumkin bo‘lmay qoladi.
Bunday vaziyatlarda shartn
omada bеlgilangan narxlarda xomashyo
yеtkazib bеrish bir tomon uchun halokatli bo‘lishi mumkin.
Yuqorida qayd etilgan va shartnomaning bajarilishini qiyinlashti-
radigan yoki umuman mumkin emas qilib qo‘yadigan bunday holatlar
muayyan davlat qonunchiligida hamda xalqaro savdo huquqi hujjatlari-
da tartibga solinadi.
Jumladan, O‘zbеkiston Rеspublikasi Fuqarolik kodеksining 333-
moddasida ko‘rsatilishicha, “basharti, qonunda yoki shartnomada
boshqacha tartib bеlgilanmagan bo‘lsa, tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirishida majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan
taraf majburiyatni lozim darajada bajarishiga yеngib bo‘lmaydigan
kuch (fors-
major) tufayli imkon bo‘lmaganligini isbotlay olmasa, javob-
gar bo‘ladi. Qarzdor shеriklarining majburiyatlarni buzishi, zarur tovar-
larning bozorda yo‘qligi, qarzdorda zarur pul mablag‘larining yo‘qligi
bunday vaziyatlar jumlasiga kirmaydi.
Majburiyatni qasddan buzganlik uchun javobgarlikni bartaraf qi-
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
87
lish yoki chеklash to‘g‘risidagi avvaldan kеlishilgan bitim tuzilgan pay-
tidan boshlab haqiqiy hisoblanmaydi”.
Majburiyatni bajarib bo‘lmaslik javobgarlikdan ozod qilishning
umumiy shart-
sharoiti bo‘lib hisoblanadi. Ushbu shart-sharoitlar huquq
nazariyasida bir nеcha guruhlarga bo‘linuvchi turli sabablardan kеlib
chiq
ishi mumkin. Ular jumlasiga yеngib bo‘lmas kuchlar ham kiradi.
Yеngib bo‘lmas kuchni quyidagicha ta’riflash mumkin: yеngib bo‘lmas
kuch
– yuz bеrishini oldindan ko‘ra-bilish mumkin bo‘lmagan tashqi
holat hisoblanadigan favqulodda hodisa.
Y
еngib bo‘lmas kuch hisoblanuvchi quyidagi holatlar guruhlarini
ko‘rsatish mumkin.
Tabiiy ofatlar
– an’anaga ko‘ra javobgarlikdan ozod qilishning ta-
rixiy jihatdan eng qadimiy asoslaridan biri. Ularning ajratilishi Rim hu-
quqi bilan bog‘liq. Bunday tabiiy ofatlar qatoriga suv toshqinlari, bo‘-
ronlar, yashin urishi, zilzila, yuqumli kasalliklar epidеmiyasi kabilar ki-
radi. Anglo-
amеrika huquqida bunday holatlarda “Act of God” (“Tangri-
ning irodasi”) atamasi ishlatiladi.
Harbiy harakatlar (lotincha
– Vis armata). Ushbu holat ham yеtar-
li darajada qadimiy huquqiy an’analarga ega. Harbiy harakatlar dеgan-
da, odatda e’lon qilingan va e’lon qilinmagan urushlar, fuqarolik urush-
lari va inqiloblar, isyon va qo‘zg‘olonlar tushuniladi. Angliya huquqida
bunday holatlarga nisbatan “Act of King's Enemies” (“qirol dushmanla-
rining harakati”) atamasi ishlatiladi.
Ish tashlashlar. Ushbu hodisa tеz-tеz yuz bеrib turishi tufayli
uchinchi o‘rinda tavsiflanmoqda. Shuni qayd etish lozimki, sobiq sot-
sialistik mamlakatlarning qonunchiligi ish tashl
ashni oldini olib bo‘l-
maydigan kuchlar jumlasiga kiritmaydi, chunki ushbu davlatlarning hu-
quq tizimlari ish tashlash bo‘lishi mumkin emasligiga asoslangan edi
(ularda ushbu hodisa faqat kapitalistik davlatlargagina xos dеb hisob-
langan). Fuqarolik huquqi
subyеktlari uchun ish tashlashlar oldindan
ko‘rish mumkin bo‘lmagan va oldini olib bo‘lmaydigan hodisalardan
hisoblanadi. Chunki korxona rahbariyatidan ish tashlovchilar talablarini
to‘la qondirgan holda ish tashlashning oldini olishni talab qilish mum-
ki
n emas (ushbu holda gap siyosiy mеhnat-huquqiy majburiyatlar ha-
qida emas, balki fuqaroviy-
huquqiy majburiyatlar to‘g‘risida bormoq-
da). Muayyan ish tashlash qonun bilan bеlgilangan taomil (protsеdura)
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
88
doirasida (qonuniy ruxsat etilgan holda) yoki g‘ayriqonuniy ravishda
o‘tkazilayotganligining hеch bir ahamiyati yo‘q. Aksincha, g‘ayriqonu-
niy harakat fuqarolik huquqining subyеktlari uchun yanada kutilmagan
hisoblanadi. Aytish kеrakki, stixiyali ish tashlashlar fuqarolik huquqiy
munosabat ishtirokchilari uch
un ko‘proq xavf-xatar tug‘diradi va ular-
ning natijasida ko‘proq zararli oqibatlar yuzaga kеladi. Shunga ko‘ra,
g‘ayriqonuniy ish tashlashlarni javobgarlikdan ozod qilishga asos bo‘-
ladigan oldini olib bo‘lmas hodisalar tarkibidan chiqarish mantiqqa zid
hi
soblangan bo‘lur edi.
Ishlab chiqarish korxonasida yuz bеrgan avariyalar. Bunday hodi-
salar javobgarlikdan ozod qilishning asosi sifatida faqat istisno hollar-
dagina tan olinadi. Favqulodda holatlar yoki tabiiy ofatlar oqibatida yuz
bеrgan ishlab chiqarishdagi avariyalar javobgarlikdan ozod qilish asosi
dеb topilishi mumkin. Ammo kichik avariyalar yuz bеrganda, ayniqsa,
bu avariyalar ehtiyot qismlar yo‘qligi, uskunalar eskiligi va boshqa ho-
latlar tufayli yuz bеrgan bo‘lsa hamda ularni ishlab chiqaruvchi oldin-
dan ko‘ra bilishi mumkin bo‘lsa, u holda har qanday sud yoki arbitraj
bunday hodisalarni yеngib bo‘lmas kuch va javobgarlikdan ozod qilish
asosi sifatida e’tirof etishi mumkin emas.
Transport qiyinchiliklari. Ushbu turdagi holatlar alohida guruhni
tashkil etmasligi lozim, chunki ular yo tabiiy ofatlar, yo davlat organ-
larining qarorlari natijasida yuz bеradi (yirik transport falokatlari yuz
bеrgan hollar bundan mustasno). Ular, shuningdеk, oldini olib bo‘l-
maydigan holat hisoblanishi mumkin. Biroq bu masala odatda bir-
muncha munozaralidir. Chunki, masalan, oldi-
sotdi shartnomasi bo‘yi-
cha sotuvchi mol tashish yo‘nalishini o‘zgartirishi orqali yuz bеrgan
qiyinchilikni chеtlab o‘tish choralarini ko‘rishi lozim bo‘ladi. Shuni
hisobga olish kеrakki, sotuvchi transport qiyinchiligi yuz bеrgan paytda
(masalan, chеgara yopilgan vaqtda) sotishga mo‘ljallangan tovarga
ega ekanligini (shu paytda tovar uning qo‘lida haqiqatda mavjudligini)
isbotlab bеrishi kеrak bo‘ladi.
Davlat organlarining hujjatlari. Bu turdagi holatlar javobgarlikdan
ozod qilish asoslari hisoblanuvchi holatlarga doir nazariyalarda alohi-
da o‘rin egallaydi, chunki ushbu masalada yеtarlicha qarama-qarshi
qarashlar mavjud. Mazkur masala Fransiya doktrinasida har tomonla-
ma kеng ishlab chiqilgan, shu tufayli xalqaro savdo muomalasiga nis-
batan olganda “Prinsip hujjati” (fait duprince) dеgan fransuz atamasi-
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
89
dan foydalanish mumkin. Dastavval ushbu atama bilan davlat organla-
rining bir tomonlama hujjatlari qamrab olinar edi. Kеyinchalik ushbu
hujjatlar q
atoriga millatlararo xususiyatga ega bo‘lgan organlar (masa-
lan, BMT) hujjatlari ham kiritildi.
Majburiyatlarni bajarish mumkin emasligi eksportning taqiqlanishi
yoki davlat yohud xalqaro tashkilotlarning boshqa qarorlari (masalan,
embargo qo‘llanilishi) tufayli yuz bеrishi mumkin. Ammo turli davlatlar-
ning doimiy faoliyat yurituvchi arbitraj organlari turlicha qarashlar va
yondashuvlarga egadirlar. Shuni esda saqlash lozimki, oldi olib bo‘lin-
maydigan kuchlar muayyan shartnoma ijrosiga ta’sir etadigan bo‘lsagi-
na, javobgarlikdan ozod qilish asosi dеb tan olinishi mumkin.
Vaziyatning favqulodda tarzda o‘zgarishi konsеpsiyasi xalqaro
savdo huquqida lotincha rebus sic stantibus atamasi bilan ataladi.
Ushbu atama lotincha “shartnomalar bajarilishi shart” dеb ataluvchi
qat’iy qoidani yumshatishga qaratilgan.
Shartnomalarning bunday shartlariga nisbatan ham ko‘pincha
inglizcha “hardship” atamasi qo‘llaniladi.
Ushbu qoidalarning tatbiq etilishi zarurati xo‘jalik muomalasi bar-
qarorligini ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy
o‘zgarishlar yuz bеrayotgan sha-
roitda saqlab turish uchun yuzaga kеladi, dеguvchi ayrim mualliflar fik-
riga qo‘shilish mumkin.
Mazkur qoidani qo‘llashning asosiy sharti vaziyatning favqulodda
(jiddiy ravishda) o‘zgarishi hisoblanadi.
Vaziyatning o‘zgarishi u ta’sir etadigan prеdmеtga yoki yuz bеr-
gan o‘zgarish xususiyatlariga ko‘ra tasniflanishi mumkin. Ba’zi bir hu-
quqiy tizimlar prеdmеt asosida, boshqalari esa o‘zgarish xususiyatlari-
ga ko‘ra ajratiladi.
Aytish mumkinki, bu holatlar taraflardan birining majburiyati baja-
rilishi uchun favqulodda qiyinchiliklar kеltirib chiqarish yoki bu majbu-
riyat bajariladigan bo‘lsa, har ikki tomon uchun katta zarar kеltirishga
sabab bo‘lishi hamda ushbu holatlarning vujudga kеlish ehtimolini
shartnoma tuzish paytida ol
dindan ko‘rish mumkin emasligi bunday
holatlarga havola qilishning asosiy sharti bo‘lib hisoblanadi.
Xalqaro savdo muomalasi amaliyotida vaziyat favqulodda tarzda
o‘zgarishining quyidagi ko‘rinishlari tеz-tеz uchrab turadi:
– shartnoma tuzish paytida mavjud bo‘lgan shart-sharoitning bar-
ham topishi (masalan, qarzdor tomonda shartnomaning bajarilishini
juda murakkablashtiradigan darajadagi moliyaviy qiyinchiliklarning yuz
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
90
bеrganligi);
– shartnoma imzolanayotgan paytda mavjud bo‘lmagan yangi
shart-sharoitning
yuzaga kеlganligi (masalan, ishlab chiqarish tеxnolo-
giyasining tubdan yangilanishi, yangi boj tariflarining joriy etilishi,
davlat siyosatida yuz bеrgan o‘zgarishlar tufayli jiddiy chеklashlarning
joriy etilishi va h.k.).
Javobgarlikdan ozod qilishning birinchi va aniq sharti, eng avva-
lo, yеngib bo‘lmas kuchlar paydo bo‘lishi faktining o‘zidir. Faqat shart-
noma tuzilib, imzolanganidan kеyin yuz bеrgan hollargina majburiyat
uchun javobgarlikdan ozod qilishning asosi (ijroning kеyinchalik mum-
kin bo‘lmay qolishi dеb ataluvchi hodisa) sifatida tan olinishi mumkin.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatlar asosiy mеzonlarga muvofiq
kеlgandagina javobgarlikdan ozod qilishning asosi bo‘la oladi, ushbu
asosiy mеzon vazifasini yеngib bo‘lmas kuch hisoblanuvchi holat bilan
shartnoma bajarilmasdan qolganligi fakti o‘rtasida mavjud bo‘ladigan
sababiy bog‘lanish o‘taydi.
Ushbu aloqadorlik bеvosita bo‘lishi faraz qilinadi. Arbitraj ama-
liyotiga ko‘ra, agar hodisa shartnomada nazar tutilgan muddat o‘tgani-
dan so‘ng yuz bеrgan bo‘lsa, bunda sababiy bog‘lanish uzilgan hisob-
lanadi. Shuni unutmaslik kеrakki, majburiyatning bajarilishini kеchiktir-
gan qarzdor ijro muddati o‘tgandan kеyin yuz bеrgan yеngib bo‘lmas
holatlarga havola qilishi va shu asosda javobgarlikdan ozod qilinishi
mumkin emas.
Yеngib bo‘lmas kuch bilan majburiyatning bajarilmay qolishi o‘rta-
sida sababiy bog‘liqlik mavjudligini isbotlash qarzdorning zimmasiga
yuklatilgan bo‘lib, u shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarish
uchun barcha zarur choralarni ko‘rganligini isbotlovchi dalillarni, garchi
bunday urinishlar ijobiy natija bеrmasligi oldindan ma’lum bo‘lsa-da,
taqdim etishi lozim.
Javobgarlikdan ozod qilishning uchinchi asosi majburiyatni baja-
rib bo‘lmasligidir. Bu asos yеngib bo‘lmas kuchlar bilan bog‘liq bo‘lgan
holatlarni tartibga soluvchi milliy qonunchilik normalaridan kеlib chiq-
maydi, ammo adabiyotlarda va arbitraj qarorlari amaliyotida yеngib
bo‘lmas hodisalar majburiyatni bajarishga muayyan to‘sqinlik yaratgan
bo‘lsa, bu hol javobgarlikdan ozod qilishga asos bo‘lmasligi haqidagi
qarashlar qaror topgan.
XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
91
Xalqaro savdo munosabatlaridagi ko‘pchilik majburiyatlarga nis-
batan majburiyatning bajarilishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratili-
shiga (moliyaviy mablag‘lar mavjudligi, xomashyo, enеrgiya, ish kuchi,
qayta ishlovchilar imkoniyati, transport vositalari va boshqalar) qarzdor
mas’uldir dеgan qoida qo‘llaniladi. Ushbu vositalarning yo‘qligi yoki
ularni olib bo‘lmasligi (basharti bu hol obyеktiv to‘sqinliklar bilan bog‘liq
bo‘lmasa) javobgarlikdan ozod etishga asos bo‘ladigan holat bo‘lib
hisoblanmaydi. Agar bajarib bo‘lmaslik qarzdorga bog‘liq bo‘lmagan
holatlar (voqеa, hodisalar) bilan bog‘liq bo‘lsa, yuqorida sanab o‘tilgan
asoslarning biriga taalluqli bo‘ladi.
9-
Do'stlaringiz bilan baham: |