Maxsus komissiya faqat komissiya tashkil etilgan tegishli o‘quv yili bitiruvchilarining arizalarini
ko‘rib chiqadi.
9. Arizaga mazkur Nizomning
15-bandida
ko‘rsatilgan yo‘llanma olish uchun minimal
talablarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar maxsus onlayn platformaga har bir o‘quvchi va
texnikumning mas’ul xodimlari tomonidan butun o‘qish davrida yuklab boriladi hamda
o‘quvchining portfoliosi shakllantiriladi. Onlayn platformada mavjud bo‘lmagan hujjatlarni arizaga
ilova qilish man etiladi.
Onlayn platformani yuritish reglamenti Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Maxsus komissiya har yili 20-iyundan 30-iyunga
qadar yuridik texnikumlar
bitiruvchilarining arizalarini ko‘rib chiqadi.
Arizalar Maxsus komissiya majlislarida ko‘rib chiqiladi.
11. Maxsus komissiyaning majlislar o‘tkazish jadvali hududiy adliya organlari boshliqlari
buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Majlisga taklif etilgan yuridik texnikumlar bitiruvchilari ro‘yxati buyruqqa
ilova qilinadi.
12. Majlislar o‘tkazish jadvali yuridik texnikumning rasmiy veb-saytida, qoida tariqasida, majlis
boshlanishiga kamida bir hafta qolganda e’lon qilinadi.
13. Maxsus komissiya majlisi, qoida tariqasida, yuridik texnikum binolarida o‘tkaziladi. Maxsus
komissiya majlisi komissiya a’zolarining barchasi ishtirok etgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
14. Maxsus komissiya majlisida yuridik texnikum bitiruvchisi yuksak huquqiy ongi va huquqiy
madaniyatini,
shuningdek, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini aniqlash uchun tanlovdan o‘tadi. Bunda,
komissiya taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha qo‘shimcha savollar berishi mumkin. Tanlovni o‘tkazish
tartibi hamda baholash mezonlari Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Tanlov jarayoni real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borilishini ta’minlaydigan xonada
o‘tkaziladi.
15. Yo‘llanma berish masalasi ko‘rib chiqilayotganda, maxsus
komissiya quyidagi asosiy
minimal talablarni hisobga oladi:
a) o‘quvchi kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiganda:
yuridik texnikum bitiruvchisining har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi reyting natijalari
bo‘yicha 71 va undan ortiq foizni tashkil qilishi kerak;
bitiruvchining chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini
tasdiqlovchi amaldagi davlat
malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi;
yuridik texnikum bitiruvchisining ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda
faol
ishtirok etishi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi (tegishli tashkilotning birinchi rahbari, birinchi
navbatda yuridik texnikum direktori tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida);
yuridik texnikum bitiruvchisining yuridik texnikumda o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalarga,
odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi;
b) o‘quvchi sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakllarida o‘qiganda:
yuridik texnikum bitiruvchisining umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi reyting natijalari bo‘yicha
85 va undan ortiq foizni tashkil qilishi kerak;
bitiruvchining chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi davlat
malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi;
yuridik texnikum bitiruvchisining yuridik texnikumda o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalarga,
odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan asosiy minimal talablarga tegishli masalalarni ko‘rib chiqishda
bitiruvchining yuridik texnikumdagi butun o‘qish davri hisobga olinadi.
Ushbu asosiy minimal talablarga javob bermagan bitiruvchilar tanlovda ishtirok etmaydi.
16. Tanlovda ishtirok etgan bitiruvchilar jami 150 ball bilan quyidagicha baholanadi:
taqdim etilgan hujjatlar uchun — 100 ballgacha;
huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini, shuningdek, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini aniqlash
uchun — 50 ballgacha.
17. Tanlov natijasi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega yuridik texnikum bitiruvchisi o‘zi
birinchi tanlagan oliy ta’lim tashkilotiga yo‘llanma olishga da’vogar bo‘ladi.
Qolgan bitiruvchilar mazkur Nizomga
2-ilovada
belgilangan oliy ta’lim tashkilotlari bo‘yicha
maxsus elektron dastur orqali o‘zi tanlagan oliy ta’lim tashkilotlaridan biriga ustuvorligi bo‘yicha
ballar ketma-ketligida taqsimlanadi.
18. Maxsus komissiyaning yuridik texnikum bitiruvchisiga yo‘llanma berish yoki yo‘llanma
berishni rad etish haqidagi qarori majlisda ishtirok etgan komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi
bilan qabul qilinadi hamda ularning har bir nomzod bo‘yicha xulosasi komissiya majlisi
bayonnomasida aks ettiriladi.
Maxsus komissiya majlisi bayonnomasi majlisda ishtirok etgan barcha a’zolar
tomonidan
imzolanib, rais tomonidan tasdiqlanadi.
19. Maxsus komissiyaning qarori asosida yo‘llanma oladigan yuridik texnikum bitiruvchilari
ro‘yxatini ko‘rsatgan holda hududiy adliya organi boshlig‘i buyrug‘i rasmiylashtiriladi.
Bunda, yuridik texnikum bitiruvchisiga yo‘llanma berish haqida qabul qilingan qaror xolisligi
uchun shaxsiy javobgarlik hududiy adliya organi boshlig‘i zimmasiga yuklanadi.
20. Yuridik texnikumlarning bitiruvchilariga beriladigan yo‘llanmalar “yurisprudensiya”
mutaxassisligida yuridik kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim tashkilotlari bo‘yicha mazkur Nizomga
2-
ilovaga
muvofiq taqsimlanadi.
21. Yo‘llanma berish haqidagi buyruqlar bir kun ichida feldyegerlik xizmati orqali Yo‘llanmalar
yagona reyestriga tegishli ma’lumotlarni kiritish uchun Adliya vazirligiga yuboriladi.
Adliya vazirligi Yo‘llanmalar yagona reyestrini yuritishga mas’ul hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: