O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilarini



Download 250,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/26
Sana10.02.2022
Hajmi250,32 Kb.
#440860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
705-сон 22.11.2021. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilarini
“yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi
oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom hududiy adliya organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
yuridik texnikumlari (keyingi o‘rinlarda — yuridik texnikumlar) bitiruvchilariga yo‘llanmalar berish,
abituriyentlarni “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga
oshiruvchi davlat oliy ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — oliy ta’lim tashkilotlari) bakalavriatiga
test sinovlarisiz yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik
dasturi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish hamda o‘qish tugagandan so‘ng oliy ta’lim tashkilotlari
bakalavriati bitiruvchilarining taqsimotga muvofiq uzluksiz ishlab berishini amalga oshirish tartibini
belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
abituriyent — oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga test sinovlarisiz yakka tartibda suhbat
o‘tkazish orqali bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi asosida hududiy adliya organi
yo‘llanmasi bo‘yicha kirayotgan yuridik texnikum bitiruvchisi;
mas’ul vazirliklar va idoralar — bo‘ysinuvida oliy ta’lim tashkilotlari bo‘lgan tegishli vazirliklar va
idoralar;
maxsus komissiya — har yili hududiy adliya organi boshlig‘ining buyrug‘i bilan tashkil
etiladigan yuridik texnikumlar bitiruvchilariga yo‘llanmalar berish masalasini ko‘rib chiquvchi
komissiya;
oliy ta’lim tashkilotlari qabul komissiyasi — har yili oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari buyrug‘i
bilan tashkil etiladigan oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga qabulni tashkil etishni, shu jumladan,
abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish va ularga maslahat xizmatlari ko‘rsatishni amalga oshiruvchi
komissiya;
suhbat komissiyasi — oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga qabul qilish uchun abituriyentlar
bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazish maqsadida oliy ta’lim tashkilotlari taqdimotiga asosan mas’ul
vazirliklar va idoralar rahbarining buyrug‘i bilan tashkil etiladigan komissiya;
taqsimot komissiyasi — bitiruvchilarning uzluksiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, uzluksiz
ishlash jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish maqsadida tegishli vazirliklar va idoralar
rahbarlarining buyrug‘i bilan ularning mas’ul xodimlari, hududiy adliya organlari va oliy ta’lim
tashkilotlari rahbar xodimlaridan iborat tarkibda tashkil etiladigan komissiya;


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilariga hududiy adliya
organlari tomonidan berilgan yo‘llanmalarning yagona reyestri (Yo‘llanmalar yagona reyestri) —
hududiy 
adliya 
organlari 
tomonidan 
berilgan 
yo‘llanmalar 
haqidagi 
ma’lumotlarni
avtomatlashtirilgan tarzda yig‘ish (kiritish), qayta ishlash, yangilash, saqlash va tahlil qilishga
mo‘ljallangan axborot tizimi;
hududiy adliya organlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va
Toshkent shahar adliya boshqarmalari.
3. Oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish
mazkur Nizomga 
1-ilovada 
keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Yuridik texnikumlardagi ta’lim shaklidan qat’i nazar, oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining
kunduzgi, sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakllariga abituriyentlarni qabul qilish qabul
parametrlaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunda, har bir oliy ta’lim
tashkiloti bo‘yicha o‘rinlar soni ushbu Nizomga 
2-ilovaga 
muvofiq yuridik texnikumlar
bitiruvchilariga beriladigan yo‘llanmalar taqsimotiga mos ravishda belgilanadi.
5. Oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish belgilangan tartibda
o‘tkaziladigan yakka tartibdagi suhbat natijalariga ko‘ra oliy ta’lim tashkilotlari rektorining buyrug‘i
asosida amalga oshiriladi.
6. Yakka tartibdagi suhbatda quyidagilar aniqlanadi:
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyatini
tushunish (davlat va jamiyat qurilishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotni rivojlantirish va
liberallashtirish, shuningdek, ijtimoiy soha va boshqa sohalardagi islohotlar haqida tasavvur va
fikrlash qobiliyatining mavjudligi);
ixtisoslikni tanlashda motivatsiya (huquqshunos kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini
tushunish, unga doimiy qiziqish bildirish);
shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (o‘qishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat,
intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shuningdek, o‘z
ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari);
yurisprudensiya sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi (professional ta’limi
darajasida yurisprudensiya sohasida o‘z fikrini bayon qilish va tahlil qilish ko‘nikmalarining
mavjudligi).

Download 250,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish