O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining



Download 319,62 Kb.
bet8/11
Sana16.06.2022
Hajmi319,62 Kb.
#677358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2848 20.12.2016

A’ZOLAR:
________________________________
________________________________
________________________________
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrug‘iga
10-ILOVA

______________________________
(ro‘yxatga oluvchi organning nomi)
tomonidan 20___ yil “___” ________ da
________________-son reyestr
raqami bilan
“RO‘YXATGA OLINGAN”

M.O‘.


“_____________________” kommandit
shirkati ishtirokchilarining ___yil
“___” _________dagi ___-son umumiy
yig‘ilishi bayonnomasi bilan
“TASDIQLANGAN”

M.O‘.


“______________________”

KOMMANDIT SNIRKATINING



TA’SIS ShARTNOMASI
Bundan buyon birgalikda quyidagilar:
To‘liq sheriklar:
“_____________” (yuridik shaxs) pochta va elektron manzili, ro‘yxatdan o‘tkazgan organ nomi, reyestr raqami va sanasi;
“______________” (jismoniy shaxs) yashash manzili va fuqaroning pasporti ma’lumotlari (fuqaroning tug‘ilgan sanasi, pasport seriyasi va raqami, pasportning qaysi organ tomonidan va qachon berilganligi);
Hissa qo‘shuvchi (kommanditchi):
“_____________” (yuridik shaxs) pochta va elektron manzili, ro‘yxatdan o‘tkazgan organ nomi, reyestr raqami va sanasi;
“______________” (jismoniy shaxs) yashash manzili va fuqaroning pasporti ma’lumotlari (tug‘ilgan sanasi, pasport seriyasi va raqami, qaysi organ tomonidan va qachon berilganligi) ushbu ta’sis shartnomasini (bundan buyon matnda “shartnoma” deb yuritiladi) quyidagilar to‘g‘risida imzoladilar:
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Kommandit shirkat (bundan buyon matnda “shirkat” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (keyingi o‘rinlarda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlari asosida tashkil etilgan.
1.2. Shirkatning to‘liq firma nomi:
Davlat tilida — “___________” kommandit shirkati, qisqacha nomlanishi — “____________” KSh;
Rus tilida — kommanditnoye tovariщestvo “__________”, kratkoye naimenovaniye — KT “_________”.
1.3. Shirkatning pochta va elektron manzili: O‘zbekiston Respublikasi, __________ sh., _______ ko‘chasi, ___ uy, ___@_____.
1.4. Shirkat cheklanmagan muddatga tashkil etiladi.
II. ShIRKATNING FAOLIYAT TURLARI
2.1. Shirkat quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
–_____________________________________;
–_____________________________________;
–_____________________________________;
Shirkatni tashkil etishdan asosiy maqsad _____________.
2.2. Shirkat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday turdagi faoliyatni amalga oshirishi mumkin.
2.3. Ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilanadigan faoliyatning ayrim turlari bilan shirkat faqat litsenziya asosida shug‘ullanishi mumkin.
2.4. Shirkat o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo‘ladi hamda o‘z nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega bo‘lishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
2.5. Shirkat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi, vakolatxonalar va filiallar tashkil etishi mumkin.
2.6. Shirkat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs sifatida tuzilgan deb hisoblanadi.
2.7. Shirkatning to‘liq nomi davlat tilida ifodalangan va shirkatning joylashgan manzili ko‘rsatilgan dumaloq muhrga ega. Xo‘jalik shirkatining muhrida uning firma nomi xo‘jalik shirkatining ixtiyoriga ko‘ra boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin.
2.8. Shirkat o‘zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o‘z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi o‘zga vositalarga ega bo‘lishga haqli.
III. ShIRKATNING USTAV FONDI
3.1. Shirkatning ustav fondi (ustav kapitali) uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatidan tarkib topadi.
3.2. Shirkatning ustav fondi ________ so‘mni tashkil etadi. Hissa qo‘shuvchilarning umumiy birgalikdagi ulushi ________ so‘mni tashkil etadi.
Jumladan:
To‘liq sheriklar:
1. To‘liq sherik nomi ____ so‘m, ya’ni ___%,
2. To‘liq sherik nomi ____ so‘m, ya’ni ___%,
Hissa qo‘shuvchi (kommanditchi) ishtirokchilar:
1. Hissa qo‘shuvchining nomi ____ so‘m, ya’ni ___%,
2. Hissa qo‘shuvchining nomi ____ so‘m, ya’ni ___%.
3.3. Pul, qimmatli qog‘ozlar, boshqa ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega bo‘lgan boshqa shaxsga o‘tkaziladigan o‘zga huquqlar ishtirokchilarning shirkat ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shadigan hamda shirkatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari bo‘lishi mumkin.
3.4. Shirkatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pulsiz hissasining pul hisobidagi bahosi shirkatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan shirkat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan tasdiqlanadi.
3.5. Shirkatga tegishli mol-mulk unga ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida foydalanishga berilgan muddat o‘tguniga qadar mol-mulkdan foydalanish huquqi tugatilgan taqdirda, shirkatning mol-mulkni bergan ishtirokchisi shirkatning talabiga binoan unga shunday mol-mulkdan shunga o‘xshash sharoitlarda qolgan muddat mobaynida foydalanganlik uchun to‘lanadigan haqqa teng pul tovoni to‘lashi shart. Pul tovoni shirkat tomonidan uni berish talabnomasi taqdim etilganidan e’tiboran, agar shirkat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan tovon to‘lashning boshqacha tartibi belgilangan bo‘lmasa, bir oy ichida bir yo‘la to‘lanishi kerak. Bunday qaror shirkatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida mol-mulkdan foydalanish huquqini bergan va bu huquq muddatidan ilgari tugatilgan shirkat ishtirokchisining ovozini hisobga olmagan holda shirkat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Shirkatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan ishtirokchi tomonidan shirkatga ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida foydalanishga berilgan mol-mulk, agar mazkur shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, u qancha muddatga berilgan bo‘lsa, shuncha muddat davomida shirkatning foydalanishida qolaveradi.
IV. ShIRKAT USTAV FONDINI KO‘PAYTIRISh VA KAMAYTIRISh
4.1. Shirkat ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirishga u to‘liq to‘langanidan keyingina yo‘l qo‘yiladi.
4.2. Shirkat ustav fondining (ustav kapitalining) ko‘paytirilishi shirkat mol-mulki hisobiga va (yoki) shirkat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalari hisobiga, shirkatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga yoki Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Ustav fondining (ustav kapitalining) ko‘paytirilishi shirkat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining bir ovozdan qabul qilingan qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
4.3. Shirkat ustav fondini (ustav kapitalini) shirkatning mol-mulki hisobiga ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror shunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun shirkatning buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosidagina qabul qilinishi mumkin.
4.4. Shirkat ustav fondi (ustav kapitali) shirkatning mol-mulki hisobiga ko‘paytiriladigan summa shirkat sof aktivlarining qiymati bilan ustav fondi (ustav kapitali) summasi o‘rtasidagi farqdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
4.5. Shirkat barcha ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha hissalar qo‘shish hisobiga shirkatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan amalga oshiriladi, qarorda qo‘shimcha hissalarning umumiy qiymati, shirkat har bir ishtirokchisining qo‘shimcha hissasi qiymatining miqdori, ishtirokchilar tomonidan qo‘shimcha hissalarni qo‘shish muddati belgilanishi kerak.
4.6. Ushbu shartnomaning 4.5-bandida nazarda tutilgan hollarda, agar hissalar qo‘shishning shirkat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilangan muddati o‘tganidan keyin, belgilangan qo‘shimcha hissa bir yoki bir necha ishtirokchi tomonidan to‘liq yoki qisman qo‘shilgan bo‘lmasa, umumiy yig‘ilish:
qo‘shimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini shirkat ishtirokchilarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini tegishlicha o‘zgartirgan holda amalda qo‘shilgan hissasi miqdoriga qadar ular amalda qo‘shgan qo‘shimcha hissalarni hisobga olgan holda kamaytirish to‘g‘risida;
qo‘shimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini shirkat ishtirokchilarining shirkat ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risidagi oldingi yig‘ilishi qarori bilan belgilangan ulushini saqlab qolish imkoniyatini beradigan miqdorgacha kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Bu holda shirkat o‘n kunlik muddat ichida oldingi yig‘ilish qarori bilan belgilangan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) shirkat ishtirokchilarining ulushlari oshib ketishiga olib kelgan o‘sha qo‘shgan pul hissalarini shirkat ishtirokchilariga qaytarishi shart.
4.7. Shirkat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga haqli. Shirkat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish shirkat ishtirokchilarining shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish va (yoki) shirkatga tegishli ulushlarning haqini to‘lash orqali amalga oshirilishi mumkin.
4.8. Shirkat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yo‘li bilan shirkatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish shirkat barcha ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari saqlab qolingan holda amalga oshirilmog‘i lozim.
4.9. Shirkat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida shirkatning ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilgani va uning yangi miqdori haqida shirkatning o‘ziga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida xabar e’lon qilishi shart. Bunda shirkat kreditorlari o‘zlariga xabarnoma yo‘llangan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yoki qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida shirkat tegishli majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini hamda o‘zlari ko‘rgan zararning o‘rnini qoplashni yozma ravishda talab qilishga haqlidirlar.
V. TO‘LIQ ShERIKLARNING HUQUQLARI
5.1. Shirkat ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
shirkatning ishlarini boshqarishda qatnashish, Qonunning 29-moddasi, ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
shirkatning faoliyati to‘g‘risida axborot olish, ushbu shartnomada belgilangan tartibda buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlar bilan tanishish;
foydani taqsimlashda ishtirok etish;
shirkat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olish.
5.2. Shirkatning ishtirokchilari qonun hujjatlarida va shirkatning ushbu shartnomada nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
VI. TO‘LIQ ShERIKLARNING MAJBURIYATLARI
6.1. Shirkatning ishtirokchilari:
Qonun va ushbu shartnomada nazarda tutilgan tartibda, miqdorlarda, usullarda va muddatlarda hissa qo‘shishlari;
shirkatning faoliyati to‘g‘risidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmasliklari shart.
shirkatning ishtirokchilari zimmasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
shirkat ishtirokchisi Qonunda va ushbu shartnomada nazarda tutilgan o‘z majburiyatlarini bajarmagani oqibatida shirkatga yoki uning ishtirokchilariga zarar yetkazgan taqdirda boshqa ishtirokchilar zararning o‘rni qoplanishini talab qilishga haqlidirlar.
VII. HISSA QO‘ShUVChILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
7.1. Shirkat hissa qo‘shuvchisi quyidagi huquqlarga ega:
shartnomada nazarda tutilgan tartibda shirkatning foydasidan ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shgan hissasiga mutanosib qismini olish;
shirkatning yillik hisobotlari va balanslari bilan tanishish;
moliya yili tugaganidan keyin shirkatdan chiqish va ushbu shartnomada nazarda tutilgan tartibda o‘z hissasini olish;
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushini yoki uning bir qismini boshqa hissa qo‘shuvchiga yoki uchinchi shaxsga berish. Hissa qo‘shuvchilar ulushni (uning bir qismini) uchinchi shaxsga taklif qilingan bahoda sotib olishda uchinchi shaxslar oldida imtiyozli huquqdan foydalanadilar. Hissa qo‘shuvchi tomonidan butun ulushining o‘zga shaxsga o‘tkazilishi uning shirkatdagi ishtirokini tugatadi.
7.2. Shirkatning hissa qo‘shuvchisi shirkatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissani ushbu shartnomada belgilangan muddatda qo‘shishi shart.
Hissaning qo‘shilganligi hissa qo‘shuvchiga shirkat tomonidan beriladigan ishtirok etish to‘g‘risidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
VIII. IShTIROKChINING USTAV FONDIDAGI ULUShINING O‘ZGA ShAXSGA BERILIShI
8.1. Shirkat ishtirokchisi qolgan ishtirokchilarning roziligi bilan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushini yoki uning bir qismini shirkatning boshqa ishtirokchisiga yoxud uchinchi shaxsga berishga haqli.
8.2. Ulush (ulushning bir qismi) boshqa shaxsga berilganda ulushni (ulushning bir qismini) bergan ishtirokchining huquqi to‘laligicha yoki huquqning tegishli qismi unga o‘tadi. Ulush (ulushning bir qismi) berilgan shaxs shirkatning majburiyatlari bo‘yicha Qonunning 21-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
IX. USTAV FONDIDAGI ULUShNING ShIRKAT TOMONIDAN OLINIShI
9.1. Shirkat o‘zining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olishga haqli emas, Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
9.2. Shirkatning shartnomasida shirkat ishtirokchisining ulushidan (ulushining bir qismidan) uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish taqiqlangan, shirkatning boshqa ishtirokchilari uni olishdan voz kechgan taqdirda, shuningdek ulushdan (ulushning bir qismidan) shirkatning ishtirokchisi yoki uchinchi shaxs foydasiga voz kechishga rozilik berilmagan taqdirda, agar bunday rozilik olish zarurligi ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, shirkat ishtirokchisining talabiga binoan unga qarashli ulushni (ulushning bir qismini) shirkat olishga majburdir. Bunda shirkat shirkatning ishtirokchisiga bu ulushning (ulush bir qismining) shirkat ishtirokchisining shunday talab bilan murojaat etgan kundan oldingi hisobot davri uchun shirkatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadigan haqiqiy qiymatini to‘lashga yoki shirkat ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni berishga majburdir.
9.3. Ulush (ulushning bir qismi) shirkat ishtirokchisi uni shirkat olsin deb talab qo‘ygan paytdan e’tiboran shirkatga o‘tadi.
9.4. Shirkat ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymatini to‘lashga yoki, agar shirkatning shartnomasida kamroq muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni ulush (ulushning bir qismi) shirkatga o‘tgan paytdan e’tiboran bir yil ichida berishga majburdir.
9.5. Ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymati shirkat sof aktivlarining qiymati bilan shirkat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdor o‘rtasidagi farq hisobiga to‘lanadi. Agar bunday farq yetarli bo‘lmasa, shirkat o‘z ustav (ustav kapitalini) yetishmayotgan summaga kamaytirishi shart.
9.6. Shirkatga qarashli ulushlar shirkat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishidagi ovoz berish natijalarini aniqlashda, shuningdek shirkat tugatilgan taqdirda uning foydasi va mol-mulki taqsimlanayotganda hisobga olinmaydi.
9.7. Shirkatga qarashli ulush shirkatga o‘tgan kundan e’tiboran bir yil ichida shirkat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan shirkatning barcha ishtirokchilari o‘rtasida ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanishi yoxud shirkatning barcha yoki ayrim ishtirokchilariga va (yoki), agar bu shirkatning shartnomasida taqiqlangan bo‘lmasa, uchinchi shaxslarga sotilishi va haqi to‘liq to‘lanishi lozim. Ulushning taqsimlanmagan yoki sotilmagan qismining haqi shirkatning ustav fondi (ustav kapitali) tegishlicha kamaytirilgan holda to‘lanishi kerak. Ulushni shirkat ishtirokchilari ulushlari miqdorlari o‘zgaradigan tarzda jamiyat ishtirokchilariga sotish, ulushni uchinchi shaxslarga sotish, shuningdek ulushni sotish bilan bog‘liq o‘zgarishlarni shirkatning shartnomasiga kiritish shirkat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining shirkatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaroriga binoan amalga oshiriladi.
X. UNDIRUVNI IShTIROKChINING ShIRKAT USTAV FONDIDAGI ULUShIGA QARATISh
10.1. Ishtirokchining o‘z qarzlari bo‘yicha undiruvni uning shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga qaratishga ishtirokchining boshqa mol-mulki qarzlarini qoplash uchun yetishmagan taqdirda faqat sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi. Bunday ishtirokchining kreditorlari shirkat mol-mulkining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) qarzdorning ulushiga to‘g‘ri keladigan qismini, undiruvni ana shu mol-mulkka qaratish maqsadida, ajratishni talab qilishga haqlidirlar. Shirkat mol-mulkning ajratilishi lozim bo‘lgan qismi yoki uning qiymati kreditorlar tomonidan ajratish to‘g‘risidagi talabnoma taqdim etilgan paytdagi holatga ko‘ra tuzilgan balans bo‘yicha aniqlanadi.
10.2. Shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ishtirokchining ulushiga to‘g‘ri keladigan mol-mulkka undiruvni qaratish uning shirkatdagi ishtirokini tugatadi va Qonunning 21-moddasi to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqaradi.
XI. ShIRKAT BOShQARUVI
11.1 Ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi shirkatning oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Shirkat faoliyatini boshqarish to‘liq sheriklar tomonidan amalga oshiriladi.
11.2. Shirkat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
shirkat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
shirkatni qayta tashkil etish va tugatish;
shartnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish;
shirkat foydasini (zararlarini) uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilish;
shirkat ustav fondini (ustav kapitalini ) ko‘paytirish va kamaytirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
yillik hisobotlarni va yillik buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;
shirkatning shartnomasida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish.
Shirkat faoliyatini boshqarish uning barcha ishtirokchilarining umumiy kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Umumiy yig‘ilish qarori shirkat ishtirokchilarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
11.3. Hissa qo‘shuvchilar shirkatni boshqarishda va uning ishlarini yuritishda ishtirok etishga ishonchnomasiz boshqa har qanday tarzda uning nomidan ish ko‘rishga haqli emaslar. Hissa qo‘shuvchilar shirkatni boshqarish va uning ishlarini yuritish bo‘yicha to‘liq sheriklarning xatti-harakatlari xususida bahslashishga haqli emaslar.
XII. ShIRKATNING FOYDASI VA ZARARLARINI TAQSIMLASh
12.1. Shirkat foydasi va zararlari uning ishtirokchilari o‘rtasida, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Shirkatning biror-bir ishtirokchisini foyda yoki zararlarni taqsimlashda ishtirok etishdan chetlatish to‘g‘risidagi kelishuv haqiqiy emas.
Agar shirkat tomonidan ko‘rilgan zararlar oqibatida shirkat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi (ustav kapitali) miqdoridan kamayib ketsa, sof aktivlar qiymati ustav fondi (ustav kapitali) miqdoridan oshmagunga qadar shirkat tomonidan olingan foyda ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanmaydi.
XIII. ShIRKAT IShTIROKChILARINING UNING MAJBURIYATLARI YuZASIDAN JAVOBGARLIGI
13.1. Shirkat ishtirokchilari shirkatning majburiyatlari yuzasidan o‘z mol-mulklari bilan solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladilar.
13.2. Shirkat ta’sis etilganidan keyin ulushning o‘tkazilishi yoki huquqiy vorislik tartibida unga a’zo bo‘lib kirgan shirkat ishtirokchisi u shirkatga a’zo bo‘lib kirgunga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan boshqa ishtirokchilar bilan teng ravishda javobgar bo‘ladi.
13.3. Shirkat ta’sis etilganidan keyin yangi ishtirokchini qabul qilish tartibida shirkatga a’zo bo‘lib kirgan shirkat ishtirokchisi u shirkatga a’zo bo‘lib kirgandan keyin yuzaga kelgan majburiyatlar bo‘yichagina javobgar bo‘ladi.
13.4. Shirkatdan chiqib ketgan ishtirokchi shirkatning u chiqib ketgan paytga qadar yuzaga kelgan majburiyatlari yuzasidan, u shirkatdan chiqib ketgan yil uchun shirkatning faoliyati to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlangan kundan e’tiboran ikki yil mobaynida, qolgan ishtirokchilar bilan teng ravishda javobgar bo‘ladi.
13.5. Shirkat ishtirokchilarining ushbu moddada nazarda tutilgan javobgarlikni cheklash yoki bartaraf etish to‘g‘risidagi kelishuvi haqiqiy emas.
XIV. ShIRKATNI QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh
14.1. Shirkatni qayta tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
14.2. Barcha hissa qo‘shuvchilar shirkatdan chiqqan taqdirda to‘liq sheriklar shirkatni tugatish o‘rniga uni to‘liq shirkatga aylantirishga haqlidirlar.
Kommandit shirkat tugatilgan taqdirda, shu jumladan u bankrot bo‘lgan taqdirda, hissa qo‘shuvchilar shirkatning kreditorlarning talablari qondirilganidan keyin qoladigan mol-mulkidan hissalar olishda to‘liq sheriklar oldida imtiyozli huquqqa egadirlar. Shirkatning shundan keyin qolgan mol-mulki to‘liq sheriklar o‘rtasida, agar shartnomada yoki to‘liq sheriklar va hissa qo‘shuvchilarning kelishuvida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, ularning shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Agar shirkatning ta’sis shartnomasida yoki qolgan ishtirokchilarning kelishuvida shirkat o‘z faoliyatini davom ettirishi nazarda tutilgan bo‘lmasa, shirkat ushbu Qonun 22-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda ham tugatiladi.
XV. NIZOLARNI HAL QILISh TARTIBI
15.1. Nizo va kelishmovchiliklar ishtirokchilarning o‘zaro kelishuvi yo‘li bilan amaldagi qonun hujjatlari, ushbu shartnomaga asosan hal qilinadi.
15.2. Nizo va kelishmovchiliklarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda ular sud orqali hal qilinadi.
XVI. YAKUNIY QOIDA
16.1. Mazkur shartnoma shirkat O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.

Download 319,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish