Savol va topshiriqlar:
Tovushlarning qanday vazifalari ajratiladi?
Fonologik zidlanishlar yuzasidan fikr yuriting.
Fonologik zidlanishlarning tasnifi haqida gapiring.
Praga tilshunoslari fonemaga qanday yondashadi?
Fonema va uning varianti qanday qoidalar asosida ajratiladi?
Fonema mundarijasi deganda nima tushuniladi?
AAaSueTAap
CTenaHOB IO.C. MeTOflbi h npHHUHnbi coBpeMeHHofl AHHrBHCTHKH. - M., 1975.
06mee H3bIK03HaHHe. MeTOflM AHHrBHCTHHeCKHX HCCAeflOBaHHft. - M., 1973.
HypMOHOB A. CrpyKTyp THAmynocAHK: HA,n;H3AapH Ba iiyHaAHHiAapH. - Toihkcht, 2009.
HypMOHOB A., HcKaH/japoBa III. THAlliyHOCAHK Ha3apHHCH. - Toihkcht: aH, 2008.
BpeH/taAt B. CTpyKTypaAbHaa AHHTBHcTHKa. B kh.: 3BerHHHeB B.A. HcropHH H3biK03HaHHfl XIX h XX BeKOB b onepKax H H3BAeHeHHHX. H.II. - M., 1960.
Tpy6euKOH H.C. Ochobw (Jjohoaothh. - M., 1960.
XULOSA
Har qanday izlanuvchi ilmiy tadqiqot ishini olib bo- rish jarayonida ma’lum metodologiyaga tayanadi va fanning muayyan metodlari asosida ish ko'radi. Shunday ekan, ilmiy tadqiqot olib borishni o'z oldiga maqsad qilib olgan har bir yosh izlanuvchi metodologiya va metod masalalari- ni yaxshi o'zlashtirmog'i lozim.
Ilmiy tadqiqot metodlari tushunchasi nihoyatda keng tushuncha bo'lib, falsafiy metodlarni ham o'z ichiga oladi. Har bir falsafiy metod xususiy fanlar bo'yicha olib borila- yotgan ilmiy tadqiqotlar uchun metodologik asos bolib xizmat qiladi. Falsafiy metodlardan xoli bolgan ilmiy tadqiqotlar mavjud emas.
Ilmiy tadqiqot metodlari shajaraviy, ko'p bosqichli tabiatga ega bolib, falsafiy metodlar, xususiy ilmiy metodlar, dissiplinar metodlarga bo'linadi. Ayni paytda, har bir xususiy ilmiy metod ilmiy tadqiqot aspektlari va ilmiy tadqiqot tamoyillariga ega boladi. Har bir metod boshqasidan ilmiy tadqiqot tamoyillari bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham xususiy ilmiy tadqiqot metodlarining asoschilari u yoki bu metodga asos solar ekan, ushbu metodga xos tamoyil- larni ham ishlab chiqadi.
Ilmiy tadqiqotning xilma-xil metodlari bir-biridan ajralgan holda emas, balki o'zaro bogliq, bir-biri bilan hamkorlikda funksiyalashadi. Masalan, struktur metodlar tavsifiy metod bergan materiallarga suyanadi. Struktur metodning tarmoqlari bolgan distributiv metod ham oppozitiv metod bilan uzviy aloqadordir. Lingvistik oppozitsiyalar distributiv munosabatlarga tayanib ish ko'radi.
Falsafiy metodlar xususiy ilmiy metoddan ajralgan holda alohida yashamaydi. U xususiy ilmiy metodlarga sing- gan holda, metodologik asos rolini o'ynaydi. Shuning uchun ham umumfalsafiy metoddan ajralgan xususiy ilmiy metod mavjud bolmaydi. Falsafiy metodlar xususiy ilmiy metodlar orqali yuzaga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |