Valyuta kursi asosan quyidagi jarayonlarni amalga oshirish uchun: kapital va kredit harakatida, tovar va xizmatlar savdosida valyutalarni o’zaro ayirboshlash. Masalan, eksportyor chet el valyutasi olgan tushumini o’z milliy valyutasiga aylantiradi, chunki boshqa davlatning valyutasi uning o’z davlatida qonuniy ravishda xarid qilish va to’lash vositasi sifatida amal qila olmaydi. Importyor chetdan sotib olgan tovarlarni to’lovchini amalga oshirish uchun milliy valyutada olgan tushumini chet valyutasiga almashtiradi;
jahon bozori va milliy bozor narxlarni hamda turli mamlakatlarning milliy va chel el valyutasida ifodalangan qiymat ko’rsatkichlarini taqqoslash;
firma va banklarning chet el valyutasidagi mavjud bo’lgan davriy qayta baholash va boshqa jarayonlar uchun.
Valyuta kursi
Valyuta kursi - bu bir mamalakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro pul birliklarida (SDR, EKYu) ifodalagan bahosidir. Tashqi jihatdan valyuta kursi jahon bozoridagi talab va taklif asosida aniqlangan bir valyutani boshqa bir valyutaga nisbatan hisoblab chiqilgan koeffitsienti sifatda namoyon bo’ladi. Ammo valyuta kursining qiymat asosi valyutani xarid qilish qobiliyati hisoblanadi. Bu iqtisodiy kategoriya tovar ishlab chiqarishda ishtirok etadi va tovar ishlab chiqaruvchilar bilan jahon bozori o’rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
Valyuta kursia ta’sir qiluvchi omillar
Valyuta kursi boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan uzviy bog’liqdir. Valyuta kursini o’zgarishiga bir qancha omillar ta’sir etadi. Bu omillar iqtisodiy, siyosiy, struktura, huquqiy yoki psixologik xarakterga ega bo’lib, valyuta kursiga to’g’ri yoki teskari ta’sir ko’rsatadi. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin;
Valyuta kursini dinamikasini bevosita aniqlovchi yoki xalqaro iqtisodiy ayirboshlash jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan omillar:
- xalqaro ayirboshlashda qatnashuvchi mamlakatlarning yalpi milliy mahsuloti
(YaMM) to’lov balansi;
- pulni ichki va tashqi taklifi;
- foiz stavkalari.
Valyuta kursia ta’sir qiluvchi omillarA
2. (Uyushgan) sabab omillarning o’zgarishiga ta’sir etuvchi va valyuta kursini o’rnatish mexanizmida boshqaruvchi sifatida ta’sir etuvchi omillar.
Valyuta kursia ta’sir qiluvchi omillar
Iqtisodiy tizimni dinamik tizim tenglikdan chiqib ketishi natijasida yuzaga keladigan omillar:
Iqtisodiy tanglikning namoyon bo’lishi;
Davlat byudjeti defitsiti;
Nazoratsiz emissiya;
Inflyatsiya;
Ichki va tashqi baholar o’rtasidagi farq.
Monopol ishlab chiqarish;
Pullarni xorijiy valyuta funktsiyasini bajarishi;
Valyuta kursia ta’sir qiluvchi omillar
Investitsiyani qisqartirish;
Ishlab chiqarish hajmini pasayishi.
Resurslar oborotida qatnashmaslik;
Iste’molchilarning foydalarini pasayishi;
Valyuta birjasidagi uyin;
Tovarlarni «yuvilishi»;
Demping baholaridan foydalanish orqali ayrim firmalarning olib borayotgan tashqi savdo faoliyati.
Siyosiy omillar
Mamlakat pul tizimiga bevosita o’zgarish kirituvchi siyosiy qarorlar;
Davlat siyosatini muddatini aniqlovchi qarorlar;
Boshqaruv strukturasining barqarorlik darajasi;
Iqtisodiy tizimni boshqarishda ishonchlilik darajasi;
Iqtisodiy va siyosiy struktura vakillarini bir-birini tushuna olish darajasi;
O’onunlarni bajarilish darajasi;
Iqtisodiyotda davlat ulushining miqdori;
Mamlakatdagi siyosiy kuchlar o’rtasidagi kelishmovchiliklar darajasi;
Iqtisodiyotni ko’tarish bo’yicha aniq ishlangan dasturning yo’qligi;
Valyuta kurslarining turlari
Valyutaning eng muhim xarakteristikasi uning konvertirlanganligidir.
Konvvertirlanganlik - darajasiga ko’ra valyuta kursi 3 ga bo’linadi.
- erkin «suzib» yuruvchi
- cheklangan darajada «suzib»yuruvchi
- qayd etilgan valyuta kurslari.
Valyuta kursi tovar bahosi kabi shu guruhlarga bo’linadi.
Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi ma’lum valyutaga bo’lgan bozor talabi va taklifi ta’sirida o’zgarib turishi mumkin. Masalan. AO’Sh dollori, Yaponiya ienasi, Angliya funt sterlingi Shu bois bu valyutalar jahon valyuta ayirboshlashida keng ishtirok etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
§. Valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar, valyuta kurslarining turlari (hozir.org) §. Valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar, valyuta kurslarining turlari (hozir.org)
Pul, kredit va banklar. Darslik. (Sh. Abdullaeva) Toshkent, Toshkent Moliya instituti, 2003. 318 bet