O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Diversifikatsiyaning  maqsadi  –



Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/386
Sana29.12.2021
Hajmi3,8 Mb.
#137437
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   386
Bog'liq
milliy va jahon iqtisodiyoti

Diversifikatsiyaning  maqsadi  –  bozor  kon’yukturasi  o’zgarishini  o’z  vaqtida  anglay 
olish  va korxonaning  iqtisodiy  faoliyatini  barqarorlashtirishdan  iborat. 
Ushbu  ta’rifga  asosan:  konьyuktura  o’zgarishi  yangi  texnika  va  texnologiya,  fan  yutuqlarini  joriy 
qilish 
jarayonlarini 
inobatga 
olgan 
holda 
faoliyat 
ko’rsatishi 
lozimligi 
ta’kidlanadi. 
Diversifikatsiya 
–  ishlab  chiqariladigan  yoki  import  va  eksport  qilinadigan  tovarlar 
assortimentini  ko’paytirish,  turlarini  o’zgartirish,  shuningdek  ishlab  chiqarish  va  savdo-sotiq 
samaradorligini 
oshirish, 
har 
qanday 
bankrotliklarning 
oldini 
olish 
maqsadida 
ishlab 
chiqarishning  yangi  sohalarini  o’zlashtirishdir.  Diversifikatsiya  nafaqat  bir  turdagi  mahsulot 
ishlab  chiqarishga  yoki  yagona  xo’jalik  faoliyatiga  bog’liqlikning  oldini  olish  uchun,  balki 
an’anaviy  bozorlardagi  ulushini  oshirish,  yangi  bozorlarni  egallash,  kapital  oqimi  uchun  yangi 
sohalarni  izlab  topish  va boshqa maqsadlarda  ham  amalga  oshiriladi. 
 
Ba’zi 
iqtisodiy 
adabiyotlarda 
diversifikatsiya 
jarayonini 
yangi 
bozorlarga  chiqish 
maqsadida  korxonaning  asosiy  faoliyatidan  tashqari  marketing  strategiyasi  sifatida  talqin 
etadilar.  Ammo  bunday  ta’rifga  to’la  qo’shilib  bo’lmaydi.  CHunki  tashqi  savdo,  ya’ni  eksport  va 
import  ham  asosiy  ishlab  chiqarishning  natijasi  hisoblanadi.  Asosiy  ishlab  chiqarishni 
modernizatsiya  va  rekonstruktsiya  qilmasdan,  uning  xarakterini  o’zgartirmasdan  turib,  tashqi 
aloqalarda 
sezilarli 
natijalarga 
erishib 
bo’lmaydi.  Eksport  tarkibini  diversifikatsiyalash 
zaruratining  nafaqat  tashqi,  balki  ichki  imkoniyat  va  omillarga  ham  bevosita  bog’liqdir.  Masalan, 
O’zbekistonda  eksportning  muhim  komponentlaridan  hisoblanadigan  bir  qator  rangli  metallar 
tiklanmaydigan  resurslar  qatoriga  kiradi.  Mamlakatimizda  ularning  zahiralaridan  foydalanishni 
keskin  oshirish,  kelgusida  bu  tabiiy  resurslar  kamayib  ketishi  bilan  bog’liq  nohush  holatlarni 
keltirib  chiqarishi  mumkin. 
 
Yana  bir  misol.  O’zbekiston  eksportida  paxta  tolasi  katta  ulushni  egallab  keladi.  Uning 
hozirgi  ulushi  uncha  katta  bo’lmasa-da,  kelgusida  ham  saqlanib  qoladi,  albatta.  Lekin  paxta 
tolasi  eksporti  ob-havo  sharoitiga,  xalqaro  bozorlarda  xom-ashyo  narxlarining  tebranib  turishiga 
bog’liq.  Bu  esa,  o’z  navbatida,  uni  eksport  qilishdan  keladigan  daromadlarning  beqarorligiga 
olib  keladi.  Bundan  tashqari,  paxta  xom-ashyosini  ishlab  chiqarish  yer  va  suv  resurslariga 
bevosita  bog’liqligi  tufayli,  uni  ishlab  chiqarishni  ko’paytirib  borish  imkoniyatlari  cheklangan. 
Sanoat 
tarmoqlarining 
rivojlanishi, 
yo’l  va  boshqa  infrtuzilmaning,  uy-joy  qurilishining 
kengayishi  ham  paxta  ekini  maydonlarining  qisqarib  borishiga  olib  keladi.  SHunday  qilib  bir  xil 
turdagi  mahsulotni  katta  miqdorda  eksport  qilish,  iqtisodiy  jihatdan  noqulay  bo’lib,  mamlkat 


 
43 
iqtisodiyotining  bir  xil  turdagi  mahsulot  eksportiga  bog’lanib  qolishiga  olib  keladi.  Uni 
kamaytirib  borish  esa,  dastlab  ayrim  qiyinchiliklarni  keltirib  chiqaradi.  Bularning  barchasi 
diversifikatsiya  jarayoniga  rejali  va uzluksiz  yondashish  zarurligini  taqozo  etadi. 
O’zbekiston  iqtisodiyotida  2011–2015  yillardagi  eng  muhim  vazifa  –  makroiqtisodiy 
barqarorlik    va    izchil    yuqori    iqtisodiy    o’sish    sur’atlarini  ta’minlash,  uning  sifat 
ko’rsatkichlarini  iqtisodiyot  tarmoqlarini  yanada  diversifikatsiya  qilish,  ishlab  chiqarishni 
modernizatsiya  etish,  texnik  va  texnologik  yangilash,  mamlakatimizda  ishlab  chiqarilgan 
mahsulot  va  xizmatlarning  ichki  va  tashqi  bozorlardagi  raqobatdoshligini  oshirish  hisobiga 
yaxshilashdan  iborat. 
Yalpi  ichki  mahsulotning  yiliga  8  foizdan  ortiq    bo’lgan    darajadagi    barqaror    o’sish  
sur’atlarini    ta’minlash,    umuman    2011  –  2015    yillar    davomida    uning    hajmi  1,5  barobar, 
xarid  qobiliyati  pariteti  bo’yicha  esa  1,6  barobar  hisobidagi  o’sishga  erishish  ko’zda  tutilmoqda. 
Bunda  iqtisodiy  o’sish  barqarorligi  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlarning  mutanosibligi,  past 
inflyatsiya  ko’rsatkichlari  va milliy  valyuta  kursining  barqarorligi  orqali  ta’minlanadi. 
Kelgusi  yillarda  ichki  talabning  oshib  borishiga  muhim  ahamiyat  beriladi.  CHunki  jahon 
iqtisodiyoti  va  mahsulotlar  bozorlaridagi  beqarorlik  sharoitida  bunday  yondashuv  iqtisodiyotni 
izchil  rivojlantirishning  barqarorlashtiruvchi  va  rag’batlantiruvchi  omili  sifatida  muhim  o’rin 
tutadi. 
Raqobatdoshlikka  erishish,  dunyo  bozorlariga  chiqish  uchun  eng  avvalo  iqtisodisodiyotni 
izchil  isloh  etish,  tarkibiy  jihatdan  o’zgartirish  va  diversifikatsiya  qilishni  chuqurlashtirish, 
yuqori  texnologiyalarga  asoslangan  yangi  korxona  va  ishlab  chiqarish  tarmoqlarining  jadal 
rivojlanishini 
ta’minlash, 
faoliyat 
ko’rsatayotgan  quvvatlarni  modernizatsiya  qilish,  texnik 
yangilash  orqali  amalga  oshirilishi  mumkin.  2012-2016  yillarda  qiymati  6  mlrd.  200  mln.  dollar 
bo’lgan  270  dan  ortiq  investitsiya  loyihasini,ya’ni  ishlab  chiqarishni  modernizatsiya  qilish, 
texnik  va  texnologik  qayta  jihozlash  bo’yicha  ishlar  amalga  oshiriladi.  Jumladan,Surg’il  koni 
bazasida  Ustyurt  gaz-kimyo  kompleksi,  Dehqonobod  kaliyli  o’g’itlar,Qo’ng’irot  soda  zavodining 
ikkinchi  navbati  sintetik  suyuq  yoqilg’i  ishlab  chiqaradigan  zavodini  qurish  boshlanadi. 
SHuningdek,  Tollimarjon  IES  da  2  ta  bug’-gaz  qurilmasi,  Angren  IESda  yangi  energoblok 
qurish,  avtomobilь  shinalari,  transporter  tasmasi  ishlab  chiqariladi.   
Iqtisodiyotdagi  tarkibiy  o’zgarishlar  va  uni  yanada  diversifikatsiya  qilish  sanoatning 
yalpi  ichki  mahsulotdagi  ulushini  2010  yildagi  24%dan  2015  yilda  28  % ga,  qurilishda    –
6,4%dan  7,6%ga  oshirish  imkonini  beradi.  Natijada  2011  –  2015    yillarda    qishloq    xo’jaligi  
mahsulotlari    ishlab  chiqarish  hajmi  1,3  barobar  ortgani  holda,  uning  yalpi  ichki  mahsulotdagi 
ulushi  17,5% dan 13,5 %ga tushadi.   
Mamlakatimiz  va  uning  barcha  mintaqalarida  o’ta  qulay  ishchan  muhitni  yaratish, 
tabdirkorlikka    yanada  ko’proq  erkinliklar  berish,  asossiz  turli  byurokratik  to’siqlarni  barham 
toptirish  borasidagi  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  jadal 
sur’atlarda,  birinchi  navbatda  ishlab  chiqarish  va  yuqori  texnologiyali  tarmoqlarda  rivojlantirishni, 
mazkur  sohaning  yalpi  ichki  mahsulotdagi  ulushi  2010  yildagi  52,5%dan  2015  yilda 
rivojlangan  mamlakatlardagi  kabi,  60%dan yuqori  bo’lishini  ta’minlaydi
16


Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   386




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish