Texnik va texnologik jihatdan lokalizatsiya – iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida
mahalliy xom ashyoni ishlab chiqarishga jalb etish maqsadida yangi texnika va texnologiyalarni
joriy qilish kasbiy malakani oshirish imkoniyatini beradi.
Kasbiy jihatdan mamlakat hududlarida lokalizatsiya asosida yangi ishlab chiqarishni yo’lga
qo’yish, mahalliy ishchi kuchini kasbiy mahoratini oshirish, ularni ilg’or texnologiyalar bilan
ishlash
ko’nikmalarini
shakllantirish,
koorporativ
boshqaruv
buyicha
malaka
oshirish
imkoniyatini beradi
15
.
O’zbekistonda lokalizatsiyalashtirishni tashkil etishda 2012 yil uchun dastur ishlab
chiqilgan dastur bo’yicha 830 dan ortiq loyiha amalga oshirildi.
Mahalliylashtirish dasturi asosida amalga oshirilgan texnik va texnologik yangilanishlar tufayli
Jizzax
viloyatidagi
―Evroaziya Karpet‖korxonasi ishga tushdi. Mahalliy xom ashyodan
foydalanish darajasi 56,2% ga yetdi. Korxonada chetga sarflanayotgan valyutani tejash hisobiga
mahsulot
tannarxi
30%
gacha
kamaydi.
Germaniya,
Belьgiya
davlatlaridan
keltirilgan
texnologiyalar yordamida ishlab chiqariladigan gilamlar raqobatbardoshliligi bilan ajralib
turibdi. Ma’lumki, keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari davom etayotgan ayni paytda sifatli va
arzon qurilish materiallariga bo’lgan talab oshib bormoqda. Prezidentimizning 2009 yil 19
iyunda qabul qilgan ―Devorbop materiallar ishlab chiqarishni ko’paytirishni rag’batlantirish va
sifatini yaxshilash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida‖gi qaroriga ko’ra Navoiy
viloyati Xatirchi tumanida ―Navoiyqishloqqurilishservis‖ MCHJ tomonidan g’isht zavodi ishga
tushdi. Korxona zamonaviy texnologiya asosida yiliga 20 mln. dona pishiq g’isht ishlab
chiqarish quvvatiga ega. Korxonada 65 ish o’rni yaratildi.Ma’lum bo’lishicha hududdagi tuproq
pishiq g’isht tayyorlash uchun yaroqsiz hisoblanadi, lekin zamonaviy texnologiya yordamida bu
muammoni hal etish mumkin ekan. Tuproqdan namlik so’rib olinib, qattiq bosimda zichlanadi va
o’ta mustahkam, pishiq g’isht tayyorlanadi. Davlatimiz rahbarining 2010 yil 23 martda qabul
qilgan ―2010 yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va
materiallar
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi to’g’risida‖gi qaroriga ko’ra
―O’zkimyosanoat DAK tizimidagi ―Maksam-CHirchiq‖, ―Jizzax plastmassa‖,‖Navoiyazot‖
ochiq aktsiyadorlik jamiyati korxonalarida magniy sulьfat, kaliy nitrat, kaliy o’g’iti, diametri 630
mm bo’lgan polietilen quvurlarni o’lchovchi uskunalar, mahalliylashtirish dasturi asosida esa
147,7 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda
Dastur samaradorligini oshirish maqsadida turli xil imtiyozlar o’rnatilgan. Xususan,
lokalizatsiyalashtirish doirasida loyihalarni amalga oshirayotgan korxonalar:
-
daromad solig’i;
-
yagona soliq to’lovi;
-
mulk solig’idan, shuningdek ishlab chiqarishni lokalizatsiyalashtirish maqsadida keltirilayotgan
jihozlar, texnologiyalar boj to’lovlaridan ozod qilinadi.
15
Вазьянский А.М Локализация производство как одно из условий развитья социально – экономических
систем. avazyans@rambler.ru
42
Do'stlaringiz bilan baham: |