Xalqaro iqtisodiy integratsiya jahon iqtisodiyotining uzoq tarixiy
taraqqiyoti natijasi bo’lib, bir nechta bosqichlarda rivojlandi:
Birinchi bosqichda turli mamlakatlar o’rtasida erkin savdo munosabatlari
shakllangan va bojxona cheklovlari, eksport kvotalari bekor qilingan bo’lsa;
Ikkinchi bosqichda erkin iqtisodiy zonalar shakllantirilib, bunga bir nechta
davlatlar a’zo bo’lganlar. Erkin iqtisodiy zonalarda nafaqat tovar va xizmatlar,
balki sanoat ishlab chiqarishi, bank, sug’urta xizmati va texnologiyalar savdo
sotig’ida ham erkin munosabatlarga shart-sharoit yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |